Qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari


Mobil WiMAX (Mobile WiMAX)



Yüklə 47,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü47,28 Kb.
#167235
1   2   3
15-MA\'RUZA (1)

Mobil WiMAX (Mobile WiMAX).
19.2-rasmda mobil xizmat g„oyasi 
ko„rsatilgan. Bunda abonentlar bir joydan boshqa joyga ko„chib o„tuvchi mobil 
stansiya hisoblanishini hisobga olmasak, u huddi turg„un xizmat kabidir. Bu yerda 
ham sotali telefon tizimlarida mavjud bo„lgan muammolar bor, maslan roumingda. 
19.3-rasm. Mobil WiMAX. 
WiMAX katta imkoniyatlarni, yuqori aloqa sifatini va xavfsiz ulanishni 
taqdim etishga qodir simsiz keng polosali ulanishning to„laqonli vakili hisoblanadi. 
Bularning barchasi bu standartning keyingi rivojlanishini va uning amalda keng 
tarqalishini ko„zda tutishga asos bo„ladi. LTE standartining rivojlanish tarixi. 
3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE, ingl. “3GPPning uzoq muddatli 


rivojlanish loyihasi”) - mobil aloqa protokoli bo„lib, kelajakda ma‟lumotlar uzatish 
tezligiga bo„ladigan ehtiyojni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish 
bo„yicha 3GPP loyihasi hisoblanadi. Ushbu takomillashtirish natijasida, misol 
uchun, aloqa samaradorligini oshirish, tarmoqlarni tashkil etishdagi xarajatlarni 
kamaytirish, taqdim etiladigan xizmatlar darajasini mukammallashtirish va 
kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil va keng polosali aloqa protokollari bilan 
o„zaro hamkorlikni ta‟minlab berish imkoniyatlari paydo bo„ladi. 3GPP LTE 
standartida ma‟lumot olishning nazariy tezligi 326,4 Mbit/sek., uzatishning tezligi 
esa, 172,8 Mbit/sek. gacha yetishi mumkin. 
LTE standartiga 2004 yilda asos solingan. Asosiy maqsad UTRA 
radioulanish 
(UMTS 
standartida 
foydalaniladigan) 
arxitekturasini 
optimizatsiyalash hamda 3GPP loyihasidagi uchinchi avlod tizimlaridan to„rtinchi 
avlod tomon rivojlanishni ta‟minlab berishga qaratilgan edi. Tadqiqotlarning 
boshlang„ich bosqichidagi asosiy maqsadi ma‟lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni 
ta‟minlab bera oladigan fizik darajadagi texnologiyani belgilab olish edi. Asosiy 
variant sifatida ikki yo„nalish taklif etildi: yo mavjud W-CDMA texnologiyasi 
asosidagi radiointerfeysni rivojlantirish, yoki OFDM texnologiyasi asosida 
ishlaydigan butunlay yangi radiointerfeysdan foydalanish. Olib borilgan 
tadqiqotlar natijasida ushbu masalaning yagona yechimi OFDM texnologiyasidan 
foydalanish bo„ldi. LTE ning ilk spetsifikatsiyalari “3GPP yettinchi relizi” 
doirasida yaratilgan edi (ingl. 3GPP Release 7). 2008 yilning dekabr oyiga kelib
LTE tizimlariga qo„yiladigan arxitekturaviy hamda funksional talablarni belgilab 
beradigan 3GPP standartlarining 8-relizi (ingl. 3GPP Release 8) tasdiqlangan edi 
(19.4-rasm). 
19.4-rasm. LTE texnologiyasi rivojlanishining asosiy bosqichlari. 
LTE standarti haqida umumiy ma‟lumotlar.Kengpolosali mobilaloqa turi tez 
suratlarda hayotimizga kirib kelmoqda. Ericsson kompaniyasining hisobigako„ra, 
2011 yilda kengpolosali aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 1,5 mlrd. ga 
yetgan va ularning yarmidan ko„pi aloqaning mobil variantidan foydalanishmoqda. 
Bugungi kunda mobil tizimlar xizmatlari foydalanuvchilari: 
- veb-resurslardan foydalanish yoki HSPAni qo„llab quvvatlaydigan 
telefonlar va noutbuklar yordamida elektron xatlar jo„natish; 
- DSL modemlar o„rniga HSPA modemlaridan foydalanish; 
- 3G-telefonlar yordamida katta hajmdagi video hamda audio fayllarni 
jo„natish kabi bir qator imkoniyatlardan foydalanmoqdalar. 3GPP loyihasi 8-relizi 
sifatida kirib kelayotgan LTE standarti mobil aloqa tizimining rivojlanishi uchun 
sezilarli qadam bo„lishi lozim. Ishlab chiquvchilarning fikricha, foydalanuvchilar 
bu afzalliklarni katta resurslar talab qiladigan xizmatlar va ilovalar (interaktiv TV, 
foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan videokliplar, murakkab o„yinlar va 
professional xizmatlar) dan foydalanganlarida yaqqol xis qilishadi (19.5-rasm). 


19.5-rasm. LTE tarmoqlarida mavjud bo„lgan kengpolosali xizmatlar va yangi 
ilovalar. 
3GPP loyihasida keyingi avlod tizimlariga qo„yiladigan asosiy talablardan 
ayrimlari quyida keltirilgan: 
- “pastga” yo„nalishda ma‟lumotlar uzatish tezligining eng yuqori qiymati – 100 
Mbit/sek. dan kam bo„lmasligi, radioulanish tarmog„idagi javobkechikish vaqti esa 
10 ms dan oshmasligi kerak; 
- turli eltuvchi chastota polosalaridan foydalanish qulayligi, ya‟ni bir eltuvchidan 
boshqa eltuvchi chastotalar polosasiga o„tishning silliqligi va turli eltuvchi 
chastotalarni qo„llab-quvvatlashi – 5 MGs va undan past chastotalar polosalaridan 
20 MGs gacha bo„lgan ko„plab mavjud va yangi chastota diapazonlarida; 
- chastota (FDD) va vaqt (TDD) asosida dupleks rejimlarini qo„llab quvvatlash; 
- qo„shni bazaviy stansiyalarga abonentga xizmat ko„rsatishnioshirishning yangi 
imkoniyatlari va mavjud mobil tarmoqlar bilan o„zaro roumingni amalga oshirish. 
LTE tizimlari funksionalligiga qo„yiladigan talablar. E-UTRA radioulanish 
texnologiyasi turli xil xizmatlarni amalga oshirish, shuningdek, Internetda ishlash, 
FTP fayllari bilan o„zaro almashish, videoaloqa, IP bo„yicha ovoz (VoIP), tarmoq 
o„yinlari, “jonli” video, “push-to-talk” hamda “push-to-view” kabi bir qator 
xizmatlarni qo„llab quvvatlaydi. Shu sababli, LTE bazaviy stansiyalari va abonent 
qurilmalarida ma‟lumot uzatish tezligi yetarli darajada yuqori bo„lishi kerak 
hamdafunksionallikning asosiy mezoni sifatida javob kechikish vaqti qisqa bo„lishi 
zarur. 19.2-jadvalda LTE texnologiyasiga qo„yilgan bir qator talablar keltirilgan: 
19.2-jadval. LTE tizimlari funksionalligiga qo„yiladigan talablar. 

Yüklə 47,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə