R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.7-jadval 
Tovarlar aylanishining tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar va ularni 
aniqlash tartibi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 

Tovarlarning aylanish 
koeffitsiyenti 
K
a
= TA / TZ 
bunda: TA – tovar aylanma 
hajmi, TZ – tovar zaxiralari 
o‘rtacha qoldig‘i 

Tovarlarning aylanish davri 
K
d
= TZ × D / TA 
bunda: D – hisobot davridagi 
kunlar soni 

Tovarlar aylanmasining tovar 
zaxiralari bilan ta’minlanish 
koeffitsiyenti 
K
s
= TZ / TA 

17.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tovarlar aylanishini ifodalovchi 
barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar ekan: 
-
tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishi; 
-
tovar zaxiralari o‘rtacha qoldig‘ining o‘zgarishi. 
Yuqoridagi omillarning tovarlar aylanishi ko‘rsatkichlariga, jumladan 
tovarlarni 
aylanish 
koeffitsiyentining 
o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib 
o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (17.8-jadval). 
17.8-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ tovar aylanishi ko‘rsatkichlarining 
taqqoslama tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Reja 
bo‘yicha 
Haqiqatda 
O‘zgarishi
(+;-) 

Tovar aylanmasi hajmi, ming 
so‘m 
2213970 
2363360 
+149390 

Tovar zaxiralarining o‘rtacha 
qoldig‘i, ming so‘m 
45821 
66188 
+20367 

Tovarlarning 
aylanish 
koeffitsiyenti (1 : 2) 
48,3 
35,7 
-12,6 

Tovarlarning aylanish davri, 
kun hisobida (2*360):1 

10 
+3 

Tovarlar aylanmasining tovar 
zaxiralari bilan ta’minlanish 
koeffitsiyenti (2:1)*100 
2,1 
2,8 
+0,7 
17.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tovarlarning aylanish koeffitsiyenti 
rejada 48,3 koeffitsiyentni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda
35,7 koeffitsiyentga teng bo‘lgan. Demak, tovarlarning aylanish koeffitsiyenti 
haqiqatda rejaga nisbatan 12,6 koeffitsiyentga pasaygan. Ya’ni, tovarlarning pulga 


410 
aylanish davri sekinlashgan. Bunday natijani ijobiy holat sifatida baholab 
bo‘lmaydi. 
Bunday o‘zgarish ikki omil ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lib, ularning ta’sir 
darajalarini «Qayta hisoblash» usuli yordamida hisob-kitob qilib aniqlashimiz 
mumkin. 
Bunda har bir omilning ta’sirini hisoblash uchun natijani qayta hisoblab 
olish lozim. Buning uchun birinchi omilning haqiqatdagi ko‘rsatkichini (TA
1

ikkinchi omilning rejadagi ko‘rsatkichiga (TZ
0
) bo‘lish lozim. Ya’ni: 
K
aqh
= TA
1
: TZ
0
= 2363360 : 45821 = 51,58 
Endi, tovarlarning aylanish koeffitsiyentiga yuqoridagi ikki omilning 
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim. Ya’ni: 
-
tovarlarning aylanish koeffitsiyentining o‘zgarishiga tovar aylanmasi 
hajmining o‘zgarishini ta’sirini aniqlash uchun qayta hisoblangan tovarlarning 
aylanish koeffitsiyentidan rejadagi tovarlarning aylanish koeffitsiyentini chegirish 
kerak: 
51,58 – 48,3 = + 3,28 
Demak, tovar aylanmasi hajmining haqiqatda rejaga nisbatan 149390 ming 
so‘mga ko‘payishi, tovarlarning aylanish darajasini 3,28 martaga tezlashtirgan. 
-
tovarlarning aylanish koeffitsiyentini o‘zgarishiga tovarlar zaxirasi 
o‘rtacha qoldig‘ining o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi tovarlarning 
aylanish koeffitsiyentidan qayta hisoblangan tovarlarning aylanish koeffitsiyentini 
chegirish lozim: 
35,7 – 51,58 = - 15,88 
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, tovarlar zaxirasi o‘rtacha 
qoldig‘ining haqiqatda rejaga nisbatan 20367 ming so‘mga ko‘payishi natijasida 
tovarlarning aylanishi 15,88 martaga pasaygan. 
Xulosa qilib aytganda, tovarlar aylanuvchanligining rejaga nisbatan 
haqiqatda sekinlashishi tovar zaxiralari o‘rtacha qoldig‘ining rejaga nisbatan 
ko‘payishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada tovarlarning aylanish davri ham 3 


411 
kunga uzayganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bois, tovar zaxiralari qoldig‘ini har 
doim belgilangan reja darajasida bo‘lishini ta’minlash, ortiqcha tovar zaxiralarini 
sotish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə