R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/338
tarix23.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#122897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

UO‘K: 37.013.42 
KBK 30.3 
Taqrizchilar: 
Ibragimov A.K.
– O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, 
Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi professori, i.f.d. 
Hasanov B.A. 
– Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiy tahlil 
va audit kafedrasi professori, i.f.d. 
 
 
Nashr mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Kitobni to‘lig‘icha yoki 
qisman ko‘chirib yoki tarjima qilib foydalanish mumkin emas. 
 
Darslik to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar va takliflarni quyidagi manzilga 
yuborishingizni so‘raymiz:
 
dusmuratov62@mail.ru (+99897) 733 43 62
 
 
 
 
 
ISBN 978–9943–309–25


 
© «Yangiyul polygraph service» nashriyoti, 2007. 



KIRISH 
Boshqalarni o‘qitib, o‘zimiz ham 
o‘rganamiz. 
Seneka 
 
Bozor iqtisodiyotining barpo bo‘lishi va rivojlanishi hamda iqtiso-
diyotni modernizatsiyalash buxgalteriya hisobining qo‘llanilish chegara-
larini kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari va buning natijasi 
sifatida hisob axborotlaridan yangi foydalanuvchilar paydo bo‘ladi. 
Shuning uchun buxgalteriya hisobi oldida uni yangi sharoitlarga mos-
lashtirish bo‘yicha vazifalar paydo bo‘lmoqda. Hisob axborotlari hajmi-
ning doimiy o‘sib borishi, uning sifatiga zarar yetkazmasdan, buxgalte-
riya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni, 
EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro‘yxatga olish va ishlov 
berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda.
Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning axborot 
tizimi rivojlanmoqda. Uning asosini buxgalteriya hisobining axborot 
tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turuvchi belgilari: to‘-
liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o‘lchovining qo‘llanilishi va bosh-
qalar bo‘lib, hisob axborotlarini o‘zgartirish va boshqaruv apparatiga 
hamda har qanday darajadagi tashqi axborotdan foydalanuvchilarga 
yetkazish va umumlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga ular 
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida aniq 
tasavvurga ega bo‘ladilar.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi bizni o‘rab turgan moddiy dunyo-
ning rivojlanish dialektikasiga, amaldagi iqtisodiy qonunlar va kategori-
yalarga, qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga tayangan holda buxgalte-
riya hisobining asosiy tamoyillarini, uning uslubiyatini tashkil etuvchi 
usullarini hozirgi zamon boshqaruv talablariga mos ravishda o‘rganadi.
Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyat, ilg‘or chet el va 
mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi 
zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axbo-
rotdan foydalanuvchilarga har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etish 
imkonini beradi.
Mazkur fanni o‘rganish jarayonida talaba avvalo, buxgalteriya 
hisobi uslubini mushohada qilishi va aqliy tafakkurdan o‘tkazishi lozim. 
Faqat shundagina uning mohiyatini o‘zlashtiradi va moliya-xo‘jalik ho-
disalarini o‘rganishning deduktiv usulini tashkil etuvchi keyingi bosqichga 
o‘tadi.



Aziz o‘quvchim! 
Buxgalteriya hisobining nazariyasini o‘rganish 
bilan birga bu kasbning axloqiy (etika) masalalarini ham bilishingiz 
zarur.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, buxgalterlik judayam qadimiy 
va murakkab kasb, ammo uni egallash uchun tarixiy manbalar (qo‘lyoz-
malar)ni titkilash emas, balki o‘z ustingizda muntazam ishlash, amali-
yotda bevosita shu kasb bilan shug‘ullanish, hujjatlar bilan ishlash 
kerak. Ba’zi bitiruvchilar bu kasb bo‘yicha oliy ma’lumotga ega 
bo‘lganidan so‘ng amaliyotda ishlashga jur’at qila olmaydi, nazariyani 
mukammal o‘rganmagan ikkinchi bir toifalari esa amaliyotda biron-bir 
«oraliq ish»
ni yoki ishning 
«bir bo‘lagi»
ni o‘rganib olib, ularni nazariya 
bilan bog‘lay olmasdan, ya’ni buxgalterlik kasbini bir butun yaxlit tizim 
sifatida tushunib yetmasdan, 
«nazariya boshqa, amaliyot boshqa» 
(yoki 
«o‘qish boshqa, ish boshqa ekan»
) qabilidagi siyqasi chiqqan 
«qoida»
ni 
takrorlab yuradilar. Faqat nazariya bilan shug‘ullanib, kitobiy ilmda 
ma’lum darajaga erishgan uchinchi bir toifa kishilar amaliyotda oddiy 
hisobchilikni ham bajara olmasligi mumkin. Darhaqiqat, 
«kitobiy olimlik 
ziynat, ammo u poydevor emas»
1
(
Mishel de Monten
). Shuning uchun 
haqiqiy malakali buxgalter darajasiga yetishish buxgalteriya hisobining 
nazariyasini ham, uslubiyatini ham, amaliyotini ham mukammal va 
o‘zaro bog‘liqlikda bilishni taqozo etadi.
Kitobning annotatsiyasi va muqaddimasini o‘qishingizning 
o‘zidayoq, Sizga oldin tanish bo‘lmagan, eshitgan bo‘lsangizda iqtisdoiy 
mohiyati murakkab tuyilgan tushunchalarga duch keldingiz. Jumladan, 
«aktivlar », «baholash», «kalkulatsiyalash», «inventarizatsiya», «hisob 
registrlari va shakllari», «hisob siyosati», «milliy va xalqaro standartlar» 
va h. Buxgalteriya hisobiga oid ushbu va boshqa tushunchalar kundalik 
hayotda quloqqa chalinshi, mazmun-mohiyatiga tushunib yetmasdan 
ishlatilishi mumkin. Shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasida maxsus 
bilim va malakaga ega bo‘lmagan odamlar tomonidan to‘liq ilmiy-
uslubiy asossiz, g‘aliz va hatto noto‘g‘ri izohlanishi ham mumkin. Bu 
kabi tushunchalar buxgalterlik ilmining tarixiy taraqqiyoti yo‘lida turli 
mamlakatlarda va turli davrlarda vujudga kelib, tadrijiy rivojlangan va 
maxsus ta’riflash hamda tavfsiflashni talab etadi. Ularni so‘zma-so‘z 
tarjima qilib, mohiyatini ochib bermaydigan so‘zlar bilan almashtirish 
maqsadga muvofiq emas. Ta’bir joiz bo‘lsa, 
«fanda shunday 
tushunchalar borki, ularning soddalashtirib bo‘lmaydi, soddalashtirilsa 
tushuntirib bo‘lmaydi».
2
 
Shu bois, kitobning tegishli boblarida dastavval 
1

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə