R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/338
tarix23.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#122897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Statistik hisob
miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-
ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish 
hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir. 
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish 
munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar 
rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni 
boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil 
qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish 
statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob 
buxgalteriya va operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan 
birga ularning tuzilishiga ham ta’sir etadi.
O‘rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko‘ra statistik hisobda 
natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob 
ma’lumotlarni to‘plash va ishlov berishning muayyan metodik usullari-
dan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to‘plash, statistik 
guruhlash, o‘rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan 
foydalanib, xo‘jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. 
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma’lumotlar 
asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar 
qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bo‘yicha aniq 
chora-tadbirlar belgilanadi.


14 
Buxgalteriya hisobi
xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari 
va manbalarining harakatini aks ettirib, xo‘jalik jarayonida sodir 
bo‘ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish 
natijalarini o‘lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir 
o‘lchovda, ya’ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qaror-
larini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko‘rsatkichlarni hisoblash, 
baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish 
maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə