R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/338
tarix23.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#122897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

mehnat o‘lchovi
dan 
foydalaniladi. Mehnat o‘lchovlari – odam/kuni, odam/soati, norma/soat 
va boshqalarda ifodalanadi. Mehnat o‘lchovlari ko‘p hollarda natura 
o‘lchovlari bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki 
bir kunda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqargan va h.k. Ular 
asosan vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchi-
larning normalarini bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini 
o‘rganishda va hokazolarda qo‘llaniladi. 
Shunday qilib, mehnat o‘lchovlari, natura o‘lchovlari kabi qat’iy 
belgilangan qo‘llanilish chegaralariga ega.
Turli xildagi xo‘jalik mablag‘larini, xo‘jalik ehtiyojlarini, hisob-
lashuv va kredit munosabatlarini hisobda aks ettirishda hamda xo‘jalik 
faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda 
pul o‘lchovi
 
qo‘lla-
niladi. U tovar-pul munosabatlari mavjudligi, mablag‘lardan juda tejab 
foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlan-
tirish bilan bevosita hamda chambarchas bog‘liqdir. 
Pul o‘lchovi ko‘pincha natura va mehnat o‘lchovi bilan birga 
qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash 
uchun bu mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi hisoblash 


11 
uchun esa ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun 
to‘lanadigan haq summasini bilish zarur. 
Hisob birligi deb u yoki bu asosiy hisob obyektiga kiruvchi 
tarkibiy obyektlarning umumiy nomlanishiga aytiladi. Masalan, «Mate-
riallar» nomli asosiy hisob birligiga ishlab chiqarish jarayoni va unga 
xizmat ko‘rsatishda mustaqil funksiyalarni bajaruvchi materiallar(hisob 
obyektlari)ning ko‘plab turlari kiradi. Har bir material turiga hisob 
birligi – 
nomenklatura raqami
beriladi. Shuningdek, u tayyor mahsu-
lotlar, inventar va xo‘jalik jihozlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalarga 
ham hisob birligi sifatida foydalaniladi. Asosiy vositalarning hisob 
birligi bo‘lib 
inventar obyekt
hisoblanadi. Ularga inventar raqamlari 
beriladi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə