R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Воронцов В. Тафаккур гулшани



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/338
tarix23.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#122897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Воронцов В. Тафаккур гулшани.
(В.Воронцов композицияси: Ш.Абдураззақова таржимаси. – Т.: 
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989. – 464 б. 
2
Тошболтаев М.
Олим, илм, кашфиёт ва тараққиёт. –Тошкент: Фан, 2012.
-Б. 18. 



bunday atamalar etimologiyasi, ta`rifi, tavfsifi va tasviri keltirilgan, 
keyinchalik aynan o‘zi (o‘zgartirilmasdan) qo‘llanilgan. Shuningdek, bu 
fanda qo‘llaniladigan atamalar mohiyati umuman fanning o‘zini chuqur 
egallash uchun «Buxgalterning izohli lug‘ati» (A.Sotivoldiyev, 
D.Sotivoldiyeva, D.Shodibekova) va boshqa maxsus lug‘atlardan 
foydalanishni tavsiya etamiz.
Agar kitobni shu joyigacha sabr bilan o‘qigan bo‘lsangiz, demak 
buxgalterlik ilmini va kasbini egallashga bel bog‘labsiz. Ilm olishdek 
sermashaqqat va xayrli ishda Sizga mustahkam iroda, iymon-e’tiqod va 
omad yor bo‘lsin. 
«Kimki ilm olgan bo‘lsa, payg‘ambar (as) dan to‘liq 
meros olibdi».
3
 
Endi, yuqorida aytganimizdek, bu fanni ham nazariy, ham uslubiy, 
ham amaliy yaxlit tizim sifatida o‘zlashtirishingiz uchun quyidagi 
qoidalarga rioya qilishni 
tavsiya etamiz: 
-
birorta ham mashg`ulotni qoldirmasdan, ma`ruzalarni to`liq 
konspekt qiling va keyin to`ldirib, mavzu (bob)ning mazmun-mohiyatini 
to`liq tushunib oling
-
bilimingizni amaliy mashg`ulotda mustahkamlang, mustaqil 
ishlar bilan yanada rivojlantiring; 
-
bitta mavzuni puxta o`zlashtirmasdan keyingisiga o`tib 
ketmang, mantiqiy bog`liqlik buzilmasin; 
-
har bir modul yakunida mavzular o`rtasidagi mantiqiy 
bog`liqlikni, fan yakunida esa buxgalteriya hisobining yaxlit tizim 
ekanligini tushunib oling.
Oliy ta`limning 230000 «Iqtisod» sohasi Davlat Ta’lim Standarti 
(DTS) 5233100 - «Agrosanoatda buxgalteriya hisobi» yo‘nalishining 
Malaka talablariga javob berishingiz hamda o`quv relasidagi keyingi 
mutaxassislik fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishingiz ustun darajada 
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi»ni chuqur bilishingizga bog‘liq. 
Darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlari va ko‘rsatgan amaliy 
yordamlari uchun hamkasblarimiz hamda barcha xayrixoh kishilarga
xususan, kitob qo‘lyozmasini o‘qib, kamchiliklarini tuzatish hamda 
mazmun va shaklini boyitishda bergan maslahatlari uchun taqrizchilar 
i.f.d., professor A.K.Ibragimov, i.f.d., professor B.A.Hasanovlarga chu-
qur minnatdorchilik izhor etamiz.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə