72
Nutq muloqoti madaniyati va natijaviyligini bir necha ko‗rsatgichlar:
nutqdagi aniqlilik va uning o‗rinliligi,
barcha uchun tushunarliligi, maqsadliligi,
to‗g‗riligi va sofligi, ifodaliligi, savodliligi, etikaga to‗g‗ri kel
ishi
asosida
baholanadi. Nutqning to‗g‗riligi adabiy til qoidalari verbal vositalariga mos kelishi
bilan aniqlanadi. Nutqning to‗g‗rililigi eng avvalo atamashunoslikdan
savodlilarcha va o‗rinli foydalanishni bildiradi. O‗rinliligi esa kommunikatsiya toni
va stilini aniq tanlashga borib taqaladi. Nutqning kommunikativ maqsadga
muvofiqligi qo‗pollik va beandishalikka yo‗l qo‗ymaydi. Nutqning etikaga to‗g‗ri
kelishi
–
turg‗un ifoda, murojaat,
salomlashishdagi iboralar, kechirish, kechirim
so‗rash, minnatdorchi
lik bildirish, kelishuv va
maqtovni muloyimlik bilan
ishlatishni nazarda tutadi. Savodlilik nutq madaniyati kommunikatsiyalarida asosiy
ko‗rsatgich hisoblanadi, chunki savodi bo‗lmagan odam o‗z ma‘lumotini, nimani
bildirishi lozimligini tushunarli va aniq yetkazib bera olmaydi. Savodsizlik
shaxsiy fikrlarini to‗g‗ri ifodalay olmaslikda, kerakli so‗zlarni tanlashda va o‗rinli
foydalana olmaslikda va ularga aniq grammatik shaklni bera olmaslikda namoyon
bo‗ladi.
Savodlilik ayniqsa, ish yuzasidan munosabatlarda,
ishga joylashishda,
telefon orqali bo‗ladigan muloqotlarda, yozma nutq va shu kabilarda juda
muhimdir. Savodlilikni oshirish, uni mukammallashtirish uchun badiiy
adabiyotlarni ko‗proq mutolaa qilish zarur. Kitob o‗qish
nafaqat dunyoqarashni
kengaytirad
i, balki nutqni grammatik jihatdan to‗g‗ri tuzishni o‗rganishga imkon
beradi, ko‗rish xotirasini charxlaydi, to‗g‗ri yozishni mukammallashtiradi, so‗z
boyligini oshiradi va hokazolar.
Suhbat davomida hamsuhbatingizga, agarda u iyerarxik pog‗onadan sizdan
p
astda turgan bo‗lsa ham uning familiyasini aytib
murojaat qilish tavsiya
etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: