76
ma‘lumotlarni xotirangizga joylaysiz, so‗ngra zarurat bo‗lganida
unga qaytasiz.
Agar siz haqiqatan ham faol eshitayotgan bo‗lsangiz, ongingizda aylanayotgan
fikrlardan boshingiz ―g‗uvillab‖ qolganini sezasiz. Bu holatning bo‗lishi tabiiy,
chunki bunday tinglashda sizning barcha fikrlash qobiliyatingiz ishga tushgan
bo‗
ladi. Bunday muzokaralar va suhbatlar davomida siz diqqatingizni gapirayotgan
odamga
nafaqat qaratishingiz, balki uni ifodalash tilini, stilini tushunishingiz,
o‗zingizni noverbal xatti
-harakatlaringizni nazorat qilishingiz,
sizga berilayotgan
savollarga
javoblarini o‗ylashingiz hamda undan nimalar haqida so‗rashingizni
ham mo‗ljallashingiz lozim bo‗ladi. Shunday qilib, bunday holatlarda boshingiz
―g‗uvillay‖ boshlashi tabiiy chunki sizning miyangiz kuchli bosim ostida
ishlayapti.
Faol eshitish uchun bizga
nima to‗sqinlik qiladi? Faol tushunishga to‗sqinlik
qiluvchi sabablar mavjud, ular natijasida biz faol tinglashga qodir bo‗lmaymiz,
ulardan
biri dangasaligimizdir
–
biz ortiqcha ishlashni istamaymiz. Balki, bizni
o‗zgalarni tinglashga o‗rgatishmagandir.
Agar yoshligimizdan bizni hech kim
eshitmasligiga o‗rgangan bo‗lsak, unda biz boshqalarni eshitishga harakat qila
olamizmi? Umuman olganimizda bunday sa‘atni hech kim bizga o‗rgatmagan!
Mazkur holatlarda idrok etish uchun o‗z aqlingizni ishlating,
faol esh
itishni
o‗rganishga chin dildan istak bildiring va nihoyat eshitish ko‗nikmasining
mavjudligi
–
yaxshi tarbiya ko‗rganlik belgisidir.
Haqiqatan eshitishga nimalar to‗sqinlik qilishi mumkin?
Muammoga qarashlardagi farqlar: sizning nuqtai nazaringiz ikkinchi
tomon fikrlaridan tubdan farq qiladi va siz ushbu aytilganlarga qat‘iyan qarshisiz.
Emotsiyalarning kuchliligi: muhokama etilayotgan mavzu sizni
shunchalik qiziqtiradiki, ikkinchi tomonni eshitishingizga to‗sqinlik qiladi.
Jismonan toliqish, balki siz charchagandirsiz, qorningiz ochgandir,
issiqdan yoki sovuqdan
aziyat chekayotgandirsiz, stress holatidadirsiz va shu
kabilar.
Diqqatni jamlay olmaslik va parishonxotirlik: balki sizga shovqin
suron diqqatingiz jamlashga to‗sqinlik qilayotgandir.
77
Suhbatdoshga nisbatan munosabat: siz suhbat qilayotgan odam
yoqmayotgandir, balki u juda ham dumog‗dor, kibrli va zerikarlidir.
Eshitishni qanday qilib yaxshilash mumkin?
Bir necha foydali maslahatlar:
Suhbatni boshlanishidanoq eshitishga harakat qiling va diqqatingizni
susaytirmang;
Boshqa ishlaringizni chetga surib qo‗ying va eshiting: bir vaqtning
o‗zida ikkita ishni bajarishga harakat qilmang;
Hamsuhbatingiz haqidagi turli salbiy fikrlarni xayolingizdan
chiqaring;
Ayni vaqtda sizga aytilayotgan gaplarni anglashga harakat qiling,
ildamlab ketmang;
Suhbatdoshingiz so‗zini bo‗lmang;
Nima haqida gapirilayotganligiga qiziqish bildiring;
Aytilganlarning mazmuniga baho bering, qanday taqdim etilganiga
emas;
Obyektivlikni saqlang shoshma-shosharlikda
xulosa chiqarishdan
qoching;
Diqqatingizni tortuvchi boshqa narsalarni bartaraf eting;
Tasdiqlovchi javoblardan o‗rinli foydalaning va hok
azolar.
Dostları ilə paylaş: