73
individual ravishda o‗zi tanlaydi, bunda u atrofdagi odamlardan, asosan ota
-onasi
va o‗qituvchisidan namuna oladi.
Bugungi zamonaviy dunyo shunday tashkil topganki, atrofdagi sotsium bilan
kommunikativ muloqotlarsiz, hayotda va ish faoliyatida muvaffaqiyatga erishib
bo‗lmaydi. O‗zini hurmat qiluvchi, hayotiy muvaffaqiyatlarga erishishni istovchi,
yoshi, statusi, jinsi va millatidan, faoliyat do
irasidan qat‘iy nazar,
har bir individ
muloqot qoidalarini bilishi lozim.
74
O„zgani anglash (eshitish) va o„zini anglatish
qoidalari
Konflikt holatda yechimni topishdagi eng muhim qadamlardan biri -
―tilni
tiyish‖, ya‘ni diniy talqin qilinganida ―ro‗za tutmoq‖likdir. ―Tilni tiyish‖ning uch
muhim jihati borki, unga amal qilinsa, hech bo‗lmaganda konfliktni alanga
oldirmasdan, uni minimum darajada ushlab qolish mumkin.
Birinchisi, ―tilni tiyish‖ –
―sekin yomon so‗z‖
bilan javob qa
ytarish istagi
bo‗lganida ham o‗zingizni tuta bilishdir. Konflikt vaqtida biror nima deb javob
qaytarishdan oldin bir oz o‗ylab ko‗rish lozim, ya‘ni buni bajarish oddiy
emasligini anglash,
tushunish, lekin bu bilan ishni amalga oshirish kerak emas,
deb o
‗ylamaslik kerak.
Konflikt
–
shunday holatki, unda aytilgan har bir so‗z nafaqat noto‗g‗ri
talqin qilinishi, tushunilishi, balki undan insonni o‗ziga
qarshi foydalanish ham
mumkindir. Agar siz tilingizni tiya bilmasangiz, u holda konfliktli holatlar siz
uchun meyorl odatiy holatga aylanadi.
―Tilni tiyish‖ni ikkinchi jihati shundan iboratki, ikkinchi tomonni eshitishga
o‗rganing. Chunki, biz o‗z so‗zlarimizni qatorlashtira turib, ikkinchi odamni eshita
olmaydigan, uni anglamaydigan, tushunmaydigan darajadagi holatda bo‗lamiz.
Konflikt bizni anglash, tushunish holatimizdan boshqa
bir salbiy tomonga qarab
yo‗naltiradi. Agar biz o‗zimizni gap talashmaslikka majbur etsak, u holda ikkinchi
tomonni eshitishimizga imkon yaratiladi va uning pozitsiyasini anglashimiz,
tushunishimiz mumkin. Albatta, busiz hech qanday konfliktli holatni bartaraf etib
bo‗lmaydi.
Uchinchi jihat -
―tilni yumish‖ni balki eng muhim jihati –
ikkinchi tomonni
so‗zini bo‗lmasdan tinglashimiz, unga o‗z fikrlarini bayon etishga imkon
berishimiz lozim. Bu esa uning jahlini asta-sekinlik bilan pasayishiga olib keladi.
Shundan so‗ng odatda, ikkinchi tomon sizni eshitadigan vaqt va holat keladi.
Qachonki biz
ikkinchi tomonni eshitsakkina, mas‘uliyatni o‗zimizga olishga
o‗rganamiz.
75
Muloqot uchun eng muhimi
–
eshita olish qobiliyatining
mavjudligi bo‗lib,
bu qobiliyatlarning ichida eng asosiysi hamdir.
Eshitishni o‗rganing va u gapirishdan ko‗ra juda muhimroqdir. ―Mening
tilim
–
mening dushmanim‖ iborasini unutmang. O‗zgani eshita bilish haqiqatan
ham juda qiyin va u boadablikning eng yu
qori cho‗qqisidir.
Eshita olish
ko‗nikmasiga ega bo‗
lmasdan samarali muloqot qilish mumkin emas. Bizning
davrimizda eshita olish ko‗nikmasini noyob sifatlar sirasiga ―Qizil kitob‖ga kiritsa
ham bo‗ladi. Chunki, muloqot qilish kundan kunga aloqaning vizual
-matnli
kanallari orqali amalga oshirilmoqda: elektron manzil, chatlar,
telegramm kanali,
forumlar va boshqalar. Eshita olish ko‗nikmasini shakllantirish esa borgan sari
unutilib bormoqda. Eshitish o‗zida ikkita aspektni: eshitilganni tushuna olish
ko‗nikmasi; keyinchalik foydalanish maqsadida olingan ma‘lumotni xotirada
saqlash uchun tahlil qilish va tizimlashtirish ko‗nimasini namoyon etadi.
Eshitishning ikki: boadablik, ―muloyimlik‖ –
passiv va faol tiplari mavjud.
Dostları ilə paylaş: