R r e e f f e e r r


G‘oyaning ijtimoiy mohiyati



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

G‘oyaning ijtimoiy mohiyati.
Har qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga 
ega.Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum 
bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va 
millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yyayotgan yangi avlod 
jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va 
g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va 
targ‘ib qiladi. G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari 
etaklaydigan, 
ularni 
harakatga 
ketiradigan, 
safarbar 
etadigan 
kuch 
ekanidadir.Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha 
turlarga ajratish mumkin: 
- Ilmiy g‘oyalar; falsafiy g‘oyalar; diniy g‘oyalar; badiiy g‘oyalar; ijtimoiy – 
siyosiy g‘oyalar; milliy g‘oyalar; umuminsoniy g‘oyalar v.h. 
G‘oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga 
qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umuminsoniy g‘oyalar 
ham mavjud bo‘lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum 
bir tarixiy sharoitda ezgu harakatga undaydigan g‘oya mazmunan 
umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya 
jamiyat va inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin.
Ezgu g‘oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy 
xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni 
xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari etaklaydigan 
fikrlardir. 
Mafkura tushunchasiva uning mohiyati 
Mafkura tushunchasi 
(arabcha «mafkura» nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) degan ma’noni 


13 
anglatadi. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir 
qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar 
tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga 
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy 
qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida 
jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy 
qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak, mafkura - 
muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning 
ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy rivojlanish prinsiplarini 
ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda 
manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli 
o‘z ifodasini topadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat va 
davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. O‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘llar bilan 
erishmoqchi bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va 
jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi
1
.«G‘oya» va «mafkura» 
tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. Nima 
sababdan?Birinchidan, mafkura g‘oyaga nisabatan mazmunan kengroq 
tushunchadir.Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish 
yoki o‘zgartirishga qaratilganlik, ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy 
tarkibda mavjud bo‘lishini va mafkuraning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlash, 
joiz.Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma’lum bir mafkuraviy 
qarashlar doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini, 
jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin. 
 
O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, buyuk 
kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik 
jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar 
etadi. Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’rif bergan: 
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga 
asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning 
dunyodagi o‘rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va 
ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat 
1
қаранг: Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Тошкент. «Янги аср авлоди». 
2001. 31-б.


14 
mafkurasi deb bilaman»
2
Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni- xalq, 
millatni- millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq- ravshan charog‘on 
etadigan mayoqdir.Insoniyat tarixida turli shakldagi juda ko‘plab mafkuralar 
yaratilgan, xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar, o‘z g‘oyalari va ta’limotlari orqali, 
maqsad va niyatlariga etishmoq uchun intilgan. Mafkuralar mohiyatiga ko‘ra, 
falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Turli-tuman 
ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga, 
diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanishi, ulardan nazariy asos sifatida 
foydalanishi mumkin. 

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə