Rajapova Sanobarning “Ona tili praktikumi”


) biriktiruv bog‘lovchilar



Yüklə 133 Kb.
səhifə4/8
tarix23.09.2023
ölçüsü133 Kb.
#123002
1   2   3   4   5   6   7   8
2-bosqich talabasi Rajapova S

1) biriktiruv bog‘lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklarini, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘laydi. Biriktiruv bog‘lovchisi va eng ko‘p qo‘llanadigan bog‘lovchidir. Bu bog‘lovchi: 1) gapning uyushiq bo‘laklarini bog‘laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo‘ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»); 2) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashga xizmat qiladi va turli ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo‘natgan edik. (A.Qod.)
Ham, hamda bog‘lovchilari ham gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun qo‘llanadi. Sultonmurod ham do‘st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi.
Ham so‘zi bog‘lovchi bo‘lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo‘laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko‘p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to‘rlarini to‘kib, mag‘ rur ko‘tariladi (O.) Biriktiruvchi bog‘lovchilari bilan ko‘makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo‘llanadi. Bobom asta ko‘zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.)
1) zidlov bog‘lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘laklarni yoki gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Biroq, ammo, lekin bog‘lovchilari gap bo‘laklarini bog‘lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to‘ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo‘layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko‘p, lekin bir-biriga o‘xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). O‘xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.) Zidlov bog‘lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo‘lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog‘laydi: Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo‘llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)

Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə