Rajapova Sanobarning “Ona tili praktikumi”



Yüklə 133 Kb.
səhifə7/8
tarix23.09.2023
ölçüsü133 Kb.
#123002
1   2   3   4   5   6   7   8
2-bosqich talabasi Rajapova S

2. Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!

D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan -u(-yu) yuklamasi kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Gapu sўz kўpaydi. Yangi alifboda esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi.
3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.

Ot,sifat,son,fe’l,ravishlar atash ma’nosiga ega(olmosh esa atash ma’nosiga ishora qiladi), muayyan so’roqlarga javob bo’la oladi, ma’lum sintaktik vazifani bajara oladi.


2.Ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalar esa atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan yordamchi so’zlardir. Shuningdek, lug’aviy ma’no bildirmaydigan, ammo ba’zan gap bo’lagi vazifasida kela oladigan alohida guruh so’zlar – modal, undov, taqlid so’zlar haqida ham ma’lumot beriladi.Yordamchi so’zlarning muhim qismini ko’makchilar tashkil qiladi.
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so’zlar ko’makchi ekani aytilib, ular o’sha so’z bilan birgalikda bir savolga javob bo’lishi, bir xil gap bo’lagi vazifasida kelishi tushuntiriladi. Men ashulani zavq bilan tingladim. (zavq bilan – qanday? – hol)
O’quvchilar sof ko’makchilar hamda vazifadosh ko’makchilar haqida tasavvurga ega bo’lishlari uchun quyidagi topshiriq beriladi.
Berilan ko’makchilarning sof yoki vazifadoshligini aniqlab, misollar tuzing.
Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko’ra, bo’ylab, keyin, avval, tepada v.h.
Akam bilan  Chimyonga sayohat qildik.
Uy tomon ketdim.
Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar (bilan, uchun, sari), aslida ot, ravish, ravishdosh kabilardan ko’makchiga o’tgan so’zlar (avval, ostida, qarab) vazifadosh ko’makchilar ekani aytiladi.
Sof ko’makchilar vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turishi nazarda tutilib, quyidagi mashqlar bajartiriladi.
Kitobni sen uchun  oldim – senga oldim Radio orqali eshitdim – radiodan eshitdim. Vazifadosh ko’makchilarni mustahkamlashda esa quyidagi topshiriq tavsiya etiladi.
Gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarning mustaqil so’z va ko’makchi vazifasida kelgan o’rinlarini aniqlang.
1.Gap futbol o’yini ustida ketardi. 2.Qoziq ustida  qor turmas. Men keyin boraman. Darsdan keyin yig’ilish bo’ladi. Dars jarayonida ko’makchilarning ma’no turlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko’makchilar yetakchi so’zga bog’lanib unga turli qo’shimcha ma’nolar – maqsad, sabab, yo’nalish, o’xshtish – qiyoslash, fikr mavzusi kabi ma’nolar yuklaydi.
Buni tushuntirishda quyidagi topshiriqlar berish mumkin.
Nuqtalar o’rniga kerakli ko’makchilarni qo’yib ko’ring hamda uning ma’no turlarini ayting.
Otasidan bir kun olib pul, kitob do’kon… soldi yo’l. Nuqtalar o’rni sari ko’makchisi qo’yiladi; u yo’nalish ma’nosini ifodalamoqda.
Ko’makchilarni o’rgatishda yana quyidagilarga e’tibor qaratmoq lozim.
-bosh, jo’nalish, chiqish kelishiklari bilan qo’llanadigan ko’makchilar (sen uchun, mehnatiga yarasha, kechadan boshlab)
-ko’makchilarning ayrim qo’shimchalar bilan ma’nodoshligi (gul singari – guldek)
-ko’makchili so’z birikmalari hosil qilish va mazkur birikmalardan gap tuzish
-ayrim ko’makchilarning qisqargan holda qo’llanishi (akam uchun akam -chun, sen -bilan sen-la)
Bog’lovchi mavzusini o’tishda uning asosiy vazifasi va ko’makchidan farqi izohlanadi. Ya’ni, bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarining va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar bo’lib, ko’makchidan quyidagi xusuiyatlariga ko’ra farqlanadi.
-ko’makchi gap tuzishda faol ishtirok etadi, u gapdan tushib qolsa, fikr anglashilmaydi. Bog’lovchi tushirib qoldirilsa ham, gap ohangida o’zgarish bo’lsa ham fikr anglashilaveradi;
-ko’makchi ot, olmosh, otlashgan so’zlardan keyin ishlatiladi, bog’lovchi esa barcha mustaqil so’zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravishlardan keyin kelaveradi;
-ko’makchilar o’zi bog’langan so’zning bosh, jo’nalish, o’rin – payt, chiqish kelishiklarining biri bo’lishini talab qiladi, ot ko’makchilar esa barcha kelishik qo’shimchalari bilan kelishini ham ko’rish mumkin. Bog’lovchilar kelishik qo’shimchalari olmaydi, o’zi bog’layotgan so’zlarni qaysi kelishikda bo’lishidan qat’i nazar, o’zaro bog’layveradi. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turini tushuntirishda quyidagi ko’rgazmali quroldan foydalanilsa maqsadga muvofiqdir.
Ot, olmosh va otlashgan so’zlar, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularning boshqa so’zlarga munosabatini bildirgan yordamchi so’zlar ko‘makchilardir. Masalan: Xadicha xola Baxrobod qishlog’ida kichik o’g’li Obidjon bilan turar edi.Sen uchun kitob olib keldim.
Ko’makchilar vazifasiga ko’ra kelishiklarga o’xshaydi. Ba’zan ko’makchilar kelishiklar bilan bir xil vazifada kelib, biri ikkinchisining o’rnida ishlatiladi. Masalan: qo’l bilan ko’tardim. Qo’lda ko’tardim(vosita ma’nosi). Jahonda dong’imiz paxta orqali. (G’afur G’ulom.) Jahonda dong‘imiz paxtadan (vosita yoki sabab ma’nosi). Maktab uchun mebel olindi. Maktabga mebel olindi (atalganlik ma’nosi). Lekin ko‘makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin: Paxta uchun kurash – paxtaga kurash birikuvlarida uchun ko‘makchisini jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga bilan almashtirib bo’lmaydi .
Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, u o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’ladi va bitta sintaktik vazifada, bitta gap bo’lagi bo’lib keladi.Mn: Gap gidrostantsiya haqida (nima haqida?)bordi. (SH.R.) Gulnor Mastura bilan (kim bilan?) dars tayyorlayapti.
Hozirgi o’zbek tilidagi bilan, uchun, sari, kabi, sayin, qadar, singari ko’makchilari ma’nosini tamoman yo’qotgan, shuningdek tomon, orqali, sababli, qarab-qaramay, so’ng, tashqari, nari, beri, chog’li kabi ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar ko’makchilar sanaladi SHunga ko’ra ko’makchilar ikkiga: 1) sof ko’makchilar; 2) funktsional ko’makchilarga bo’linadi.
Sof ko‘makchilar:
Sof ko’makchilar lug’aviy ma’nosini yo’qotgan bo’lib, boshqa so’zlar bilan birikib kelgandagina turli munosabatlarni ifodalaydi. Boshqarish xususiyatiga ko’ra sof ko’makchilar ikki guruhga bo’linadi: 1) bir xil kelishikdagi so’z bilan keluvchi sof ko’makchilar, 2) turli kelishiklar bilan qo’llanuvchi sof ko’makchilar.
Sayin, uzra, orqali va boshqa ayrim sof ko’makchilar bosh kelishikdagi otlar bilan qo’llanadi: kun sayin, borgan sayin kabi. Bunda ular harakatning takrorlanishi, davom etishi kabi ma’nolarni ifodalaydi. M-n: Ro’zg’ori ham kun sayin but bo’lyapti. (O.)
Orqali ko’makchisi vosita ma’nosini anglatadi: Xat pochta orqali olindi. Tufayli ko‘makchisi sabab ma’nosini anglatadi: Sen tufayli ulug‘ martabali bo’ldi. Yanglig‘, kabi ko’makchilari chog‘ishtirish, o’xshatish kabi ma’nolarni bildiradi: Irodaning qilich kabi o’tkirdir dami. (O.) Sari o’rin, payt va yo’nalish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Ulg‘aygan sari, yaqinlashgan sari kabilar.
Turli kelishikdagi otlar bilan keluvchi sof ko‘makchilar bosh, qaratqich, jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadi. Bunday ko’makchilarga kabi, singari, bilan, uchun, qadar ko’makchilari misoldir.
Kabi, singari ko’makchilari chog‘ishtirish, o’xshatish ma’nolarini anglatadi. Bahor toshqini kabi extiroslar bilan keldi. (S.An.) Uning o’zi so’zi singari sof edi. Bilan ko’makchisi vosita, sabab, maqsad, payt kabi ma’nolarni anglatadi. Uning birlan, birla, -ila, -la kabi shakllari she’riyatda qo’llanadi. Gap bilan va’da berma, ish bilan ber. Tilak bilan kelgan, tong bilan uyg’ongan kabi.
Uchun ko’makchisi sabab, maqsad, atalganlik kabi ma’nolarni anglatadi: Bu boyliklar sen uchun, qizim. Ataylab ko‘rish uchun keldi kabi.
Qadar ko’makchisi chog’ishtirish, masofa, vaqt va o’ringa munosabat ma’nolarini anglatadi: Aziza o‘rtoqlarini kechga qadar kutdi.
Vazifadosh ko’makchilar. Vazifadosh ko‘makchilar turli so’z turkumlaridan bo’lib, ular gapda o’rni bilan ko’makchi vazifasida qo’llanadi. Turkumga va ma’no xususiyatiga ko’ra funktsional ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Ot ko’makchilar: tomon, old, yon, orqa, xususida, o’rnida, uchida kabilar.
2. Sifat ko‘makchilar: boshqa, qarshi, tashqari kabilar.
3. Fe’l ko’makchilar: ko’ra, qarab, qaraganda, bo’ylab, boshlab, tortib kabi.
4. Ravish ko’makchilar: burun, avval, ilgari, bari, so’ng, keyin kabilar
Ko‘makchi- bog‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko‘makchilar: bilan, dеb, dеya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o‘tsin dеb(dеya), u ko‘p mеhnat qildi
Ko‘makchi otlar o‘z lug‘aviy ma'nolarini saqlagan holda ko‘makchi o‘rnida kеlib, harakat bilan prеdmеt o‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bu so‘zlar o‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo‘shimchalarini qabul qiladi: old, o‘rta, yon, orqa, kеt, ich, ust, tеpa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so‘zlar bеlgisiz qaratqich kеlishigidagi so‘zdan kеyin kеlgandagina ko‘makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig‘i stolning qayerida?), uyning oldida. Ko‘makchi otlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) vеrtikal yo‘nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.
2) gorizontal yo‘nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;
3) aralash yo‘nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.
Ko‘makchilarning qo‘llanishi va ma'nolari
1) bosh kеlishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko‘makchisi birgalik, vosita, tеz bosg‘lanish, payt, ish-harakat ob'еkti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan kеldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uhlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.
Uchun (qisqa shakli: -chun) ko‘makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O‘qimagani uchun bilmadi. Sеn uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.

D i q q a t ! -la, -chun shakllari o‘zi bog‘lanib kеlgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo‘llarim-la, Vatan-chun.Uchun, bilan, kabi, singari ko‘makchilari qаrаtqich kelishigidagi so‘zlar bilan hаm qo‘llаnishi mumkin:


Ko‘makchilar va kelishiklar
Ko‘makchilar vazifasi jihatidan kеlishiklarga o‘xshaydi. Ayrim hollarda ko‘makchi kеlishik qo‘shimchasi o‘rnida yoki kеlishik qo‘shimchasi ko‘makchi o’rnida almashib kеlishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o‘rin-payt, chiqish kеlishiklari o‘rnida almashib kеlishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib bеrdi - Borganini gapirib bеrdi. Biroq hamma vaqt ham ko‘makchi o‘rnida kеlishik qo‘shimchasi ishlatilavеrmaydi: Do‘stiga yordamlashdi gapida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida ko‘makchini qo‘llab bo‘lmaydi.

2 Yordamchi so'zlar ichida bog'lovchilar guruhi ham uyushiq bo'laklari va qo'shma gap tarkibidagi soda gaplarni bir-biriga bog'lashda katta o'rin tutadi.Bog'lovchilar gap bo'lagi vazifasida kelmaydi, biroq mazmun va gap tushunarliligini ta'minlaydi. Masalan: Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o'tgan sari bargchalar kattalashib ko'proq suv, ko'proq ozuqa so'ray boshlashdi. (X.To'xtaboyev)


Mazkur mavzuni o'rganishda ohang va bog'lovchilarning o'zaro vazifadoshligini unutmaslik kerak. Yordamchi so'zlarning yana bir katta guruhini yuklamalar tashkil etadi. Bu guruhdagi so'zlarni o'rganishda berilgan gaplarni o'zaro qiyoslab, ma'no farqlarini, bu farq nima bilan berilayotganligini aniqlash lozim. Masalan: qushlarga uy qurib berdim/ qushlarga uy qurib berdim-ku. Sinfda badiiy kitob o'qildi/ Sinfdagina badiiy kitob o'qildi/Azizagina raqs to'garagiga qatnashadi. Berilgan yuklamalarning ma'nosiga ko'ra guruhlarga bo'linishi ham muhimdir.


Xulosa

Boshlang‘ich ta‘limning davlat ta‘lim standartlarida ,,ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, hozirgi davrda yosh avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma'rifatli, barkamol shaxslar bo‘lib hayotda munosib o‘rnini topishi madaniyatlilik va ma'naviyatlilikning shartlaridan biri hisoblangan imlo savodxonligiga ham bevosita bog‘liqdir. Imlo qoidalarini yaxshi bilish ya'ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a'zosi bo‘lish uchun ham zarurdir. Hozirgi maktab grammatikalaridagi So‘z turkumi yaʼni so‘zlarni turkumlariga ajratish qadimgi davrlarga borib taqaladi. Milloddan avvalgi 4-asrlarda Aristotel So‘z turkumini 7 ga, mil. av. 5-asrlarda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, milloddan avvalgi 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, ko‘makchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil so‘zlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (o‘rta asrlar va 19—20- asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bo‘lsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda so‘z turkumi soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Masalan: So‘z turkumi soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) ko‘rsatiladi. Bular 6 ta mustaqil (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taqlid soʻzlar, modal so‘zlar) so‘z turkumlaridir. So‘z turkumi sonining barqarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.




Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə