Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/311
tarix13.04.2023
ölçüsü10 Mb.
#105465
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   311
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI Meyliyev Asliddin Ash DwWRub9

2.
 
«Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnologiyasi» 
fani bo‘yicha ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitish 
texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari 
«Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi» fanidan 
ta’lim texnologiyasida bayon etilgan dars mashg‘ulotlarida yangi 
texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. 
Qo‘llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv 
mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, 
pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natjalarni, o‘quv mashg‘ulotning 
rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu 
o‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasini, ya'ni o‘qituvchi va o‘quvchilar 
mazkur o‘quv mashg‘ulotida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi 
faoliyatning bosqichma-bosqich ta'riflanishini ham o‘z ichiga oladi. 
Qo‘llanmada keltirilgan tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining 
kontseptual asoslari, har bir mavzu bo‘yicha ma'ruza va amaliy 
mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal 
darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda 
saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. 
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‘ladi. Bu o‘qituvchining 
mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim 
darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa 
ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo‘lgan 
hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo‘lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim 
barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob'ektiv borliqdagi 
voqea- hodisalarning in'ikosi natjasida inson miyasidagi mushohadalar va 
tasavvurlar natjasida hosil bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan 
belgilansa, bilim individuallikka ega bo‘ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki 
dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin guruhdagi 
o‘quvchilarga beriladigan ta’lim bir xildir. O‘qituvchi bilim emas, balki ta’lim 
beradi. O‘quvchi esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo‘ladi. Buning 
uchun u mustaqil o‘qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega 
bo‘ladi, eshitganlari va o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega 
bo‘ladi. 
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar 
quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar 



o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik 
texnologiyalardan va multimedia qo‘llan-malardan foydalanish, tinglovchilarni 
undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, 
tinglovchilar bilan individual ishlash, jodkorlikka undash, erkin muloqot 
yuritishga, jodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa 
tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta'minlaydi. 
Aytilganlardan kelib chiqgan holda «Raqamli axborotni qayta ishlash va 
yaratish 
texnalogiyasi» 
fanii 
bo‘yicha 
ta’lim 
texnologiyasini 
loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz: 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. 
Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining 
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish 
maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi. 
Tizimli yondoshuv.
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini 
o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha 
bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.
Shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, 
ta’lim 
oluvchining 
faoliyatni 
aktivlashtirish 
va 
intensivlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, 
tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
Dialogik yondoshuv.
Bu yondoshuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning 
psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 
Uning natjasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi 
kabi jodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi 
va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi sub'ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va 
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natjalarni baholashda 
birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli ta’lim.
Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish 
orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy 
bilimni ob'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik 
mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni jodiy 
tarzda qo‘llashni mustaqil jodiy faoliyati ta'minlanadi. 
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 
O‘qitishning usullari va texnikasi.
Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), 
muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy 
ishlash usuli. 
O‘qitishni tashkil etish shakllari:
dialog, polilog, muloqot hamkorlik va 
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 



O‘qitish vositalari
o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) 
bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya usullari:
tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga 
asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. 
Teskari aloqa usullari va vositalari:
kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va 
yakunlovchi nazorat natjalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. 
Boshqarish usullari va vositalari:
o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab 
beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, 
qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi 
harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari 
mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring va baholash:
o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida 
ham o‘qitishning natjalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test 
topshiriqlari yordamida tinglovchilarning 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə