Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/311
tarix13.04.2023
ölçüsü10 Mb.
#105465
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   311
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI Meyliyev Asliddin Ash DwWRub9

Kirish
 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng uning oldida iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma'naviy yangilanish uchun keng yo‘llar 
ochildi. Shu bois Respublikamizning barcha sohalarini texnik qayta 
qurollantirish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta'minlash hamda 
xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi Raqamli axborotni qayta ishlash 
va yaratish texnalogiyasi rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. 
Mazkur qo‘llanma kirish, ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari 
hamda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitish texnologiyalaridan tarkib 
topgan. 
Ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari bo‘limida "Raqamli 
axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi" fanini o‘qitishning dolzarbligi 
asoslangan, mazkur fanning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo‘yicha 
o‘qitishning mazmuni ochib berilgan. Shu bilan birga o‘qitish, kommunikatsiya, 
axborot va ta’lim jarayonini boshqarish usullari va vositalarining kontseptual 
asoslari, pedagogik texnologiyalarning yo‘nalishlari, muammolari va echimlari, 
tamoyillari, yangi pedagogik texnologiyalarning istiqbollari yoritilgandir. Ularni 
o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va 
chizmalardan foydalanilgan. 
"Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi" fani bo‘yicha 
o‘qitish texnologiyalari loyihalashtirilgan: 
1) amaliy mashg‘ulotlarni olib borishning topshiriqlarni individual tarzda 
yoki guruhda bajarilishi, muammoli amaliy mashg‘ulot hamda bilimlarni 
chuqurlashtirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlarning 
bajarilishi. 
1. «Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish 
texnalogiyasi» fanining dolzarbligi va o‘qitish strukturasi 
Fanning asosiy maqsad va vazifalari 
Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi fanining o‘quv 
ishchi dasturi kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining o‘z kasbiy faoliyatlarida 
foydalana olish malaka va ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan. 
Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi fanining asosiy 
maqsadi, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 
o‘quvchilarga Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi fani 
amaliy jihatlari haqida bilim berish, shu jumladan, amaliy va xizmat 
ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot 
texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishdan iborat. 
Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi fanining asosiy 
vazifasi- Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi vositalarini 
ishlatish hamda nazariyada olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iboratdir. 



Qo‘llanmani tuzishda mavzularning uzviy ketma-ketligi va ta’limning 
ushbu bosqichida "Raqamli axborotni qayta ishlash va yaratish texnalogiyasi" 
fani kursining o‘qitilishi ham e'tiborga olingan. Shuning uchun dasturda axborot 
texnologiyalari haqida asosiy tushunchalargina berilib, uning texnik vositalari 
bilan to‘liq tanishtirish va ularda ishlash ko‘nikmalarini shakillintirish ko‘zda 
tutilgan. 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə