Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari


ta’minoti, grafika formatlari va ranglar palitrasi



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/311
tarix13.04.2023
ölçüsü10 Mb.
#105465
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   311
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI Meyliyev Asliddin Ash DwWRub9

ta’minoti, grafika formatlari va ranglar palitrasi. 
 
Reja: 
1.Grafik formatlarni moslash 
2. Grafik formatlarni taqoslash va unga qo‘yilgan talablar. 
 
Grafik formatlar 
GIF (Graphics Interchange Format)
grafik formati – 
tarmoqdagi eng keng tarqalgan grafik format, u tarmoqda birinchi bo‘lib paydo 
bo‘lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‘p qismi GIF formati 
fayllaridir 
(1-rasm). GIF
tasvirni siqishga imkon beradi, tasvirlarning rang 
palitrasi 256 yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu siqish jarayoni sifatga ta’sir 
qilmaydi, ya’ni siqishdan keyin olingan tasvir boshlang‘ichi kabi bo‘ladi. Agar 
tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‘lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha 
qisqartiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida 
tasvir sifatiga zarar yetkazilishi mumkin. GIFda boshlang‘ich tasvirni siqishda 
faylning o‘lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha 
chegaralagan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan 
sonli ranglardan tarkib topgan grafik fayllarni siqishda qo‘llanilsa, juda yaxshi 
natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, 
grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega. 
GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab 
chiqaruvchilar Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birinchi harflari bilan 
nomlangan LWZsiqish usulini qo‘llaydi. GIF89a formati GIF87a formati 
standartiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, rangning tiniqligi (transparency), 
satrlararo yuklanish (interlaced) va animatsiya kabi yangi imkoniyatlar bilan 
toidirilgan. Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo‘ysa bo‘ladigan 
ixtiyoriy tasvirlar yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatsiyaning 
qo‘llanilishi tasvirlar ketma-ketligini berilgan vaqt oraligida siklik qaytarishi 
mumkin. JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati 
(qisqartirilgan holda JPG) ko‘p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ish27 latish 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanish darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 
turuvchi grafik format hisoblanadi (3-rasm). JPEG rang palitrasi 16 777 216 
(True Color) tagacha bo‘lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni siqish imkoniyatini 
beradi. Bunday siqish tasvirning sifati yo‘qolishi (lossy compression) hisobidan 
sodir bo‘ladi. JPEGda boshlang‘ich tasvirni siqishda «siqish darajasi»ni juda 
keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda «siqish darajasi» tasvir 
sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, siqish darajasi 
qancha yuqori bo‘lsa tasvirning ko‘rinishi boshlang‘ich tasvirga nisbatan 
shuncha ko‘p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda 
ko‘p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik 
fayllarini siqish uchun mos keladi. Bu format ko‘p hollarda tarmoqda sifatli 
fototasvir va illustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, 
JPEG ranglarning tiniqligini qo‘llamaydi, bu esa uning qo‘llanish sohasini 


224 
qisqartiradi. Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‘zining 
rivojlanishini davom ettirmoqda, ya’ni grafikaning yuklash jarayonini 
osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past joizlikda boshlang‘ich 
tasvir variantlarini ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab 
chiqilgan. JPEGda bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich 
algoritm o‘rnatilgan {progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past 
sifatli tasvir, keyin esa uning ustiga to‘liq asosiy tasvir yuklanadi. PNG grafik 
format Vеб-sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus 
yaratilgan siqish formati bo‘lib Deflate siqish algoritmidan foydalanadi. Bu 
format GIF у a JPEGiovmailarining afzallik tomonlarini o‘zida 
mujassamlashtirgan. TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan 
PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib «tegni tasvirlaydigan fayl» 
ma’nosini anglatadi. Bu grafik format yetarlicha murakkab bo‘lsa ham uning 
strukturasi ma’lumotlarni yozish va tasvirni kengayt- 28 irishda katta 
imkoniyatga ega. Tasviming raqamli ma’lumotlarini ifodalovchi barcha 
axborotlar boshqa ko‘pgina format fayllari singari uning boshlang‘ich qismida 
emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida 
saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo‘lib ularning qo‘llanilishi 
ko‘pgina qo‘shimcha funksiyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi. PCX grafik 
format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush hamda 
PhotoFinish dasturlarida qo‘llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va 
ranglar palitra hajmi bo‘yicha chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan yaqin 
vaqtgacha ommabop sanalib kelingan. BMP grafik formati Windows operatsion 
tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U favqulotda sodda 
strukturani ifodalaydi va uncha katta bo‘lmagan piktogramma-tasvirlarning 
namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi. Ushbu grafik format 
interfeyslarda keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə