Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/355
tarix22.03.2024
ölçüsü109,74 Kb.
#183165
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   355
15-8-PB (1)

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
yetishtiriladigan ekin turiga mos keladigan turi to‘g‘ri tanlansa bo‘ldi. Tomchilatib sug‘orish 
tizimlarni ayniqsa: (murakkab relyefli 
va nishabligi katta uchastkalarda; o‘ta qurg‘oqchil va shamoli 
kuchli bo‘lgan hududlarda, tuproq qatlami yuqa va suv shimilishi yuqori bo‘lgan joylarda, sug‘orish 
suvini yetkazib berish qimmatga tushadigan (nasoslar yordamida suv beriladigan) hududlarda, 
sug‘orishga tozalangan chiqit suvlar ishlatiladigan holatlarda qo‘llash juda yuqori samara beradi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishning intensiv texnologiyalarida, ya’ni hosilning kattaligi va 
sifati namlik va oziqlanish rejimini aniqligiga bog‘liq
bo‘lgan sharoitlarda tomchilatib sug‘orish 
tizimlarini qo‘llash juda yaxshi samara beradi.
Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi boshqa sug‘orish usullariga nisbatan bir qator 
afzalliklarga ega bo‘lib, ularning asosiylari sifatida ekin hosildorligini ortish
i va hosil sifatini 
yaxshilanishi, suv resurslarini tejalishi, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish uchun sarflanadigan 
moddiy va mehnat resurslarini kamayishi, ekinni oziqlantirish uchun sarflanadigan o‘g‘itlar 
miqdorini kamayishi, tuproq yuvilishini butkul b
artaraf qilinishini alohida ajratib ko‘rsatish 
mumkin. 
Boshqa sug‘orish usullaridan farqli o‘laroq, tomchilatib sug‘orishda ekinning ildizi 
rivojlanadigan tuproq qatlamida o‘simlik uchun optimal bo‘lgan suv
-fizik muhit yaratiladi. Ekinga 
suv va oziq moddalar uning ehtiyojiga mos ravishda kichik miqdorlarda tez-
tez beriladi. O‘simlik 
ildiz qatlamida optimal namlik yaratiladi. Bunda tuproqning haddan tashqari suvga bo‘kib ketishi 
yoki qurib ketishi kabi holatlar to‘liq bartaraf qilinadi. O‘simlik o‘ziga
zarur bo‘lgan vaqtda suv va 
oziq moddalarni oladi. Turli stress holatlarga tushmagan o‘simlik o‘z energiyasini faqat rivojlanish 
va hosil to‘plashga sarflaydi. Natijada optimal sug‘orish va oziqlanish hisobiga bog‘ va tokzorlarda 
hosildorlik 40-60 % gacha ortsa, paxta va sabzavotlar kabi bir yillik ekinlarda 80 % gacha ortadi. 
Paxta 20 hosilining pishib yetilishi esa 10-
15 kunga erta va birvarakayiga bo‘ladi. Sabzavot 
dalalarini tomchilatib sug‘orilganda hosilning suv ostida qolib nobud bo‘lishi hodisasi b
utkul 
bartaraf qilinadi. 
Xulosa.
Sug‘orishning zamonaviy usuli bo‘lgan tomchilatib sug‘orish usulini haqiqiy 
samarasiga erishish uchun uni tadbiq qiluvchi har bir fermer tizim to‘g‘risida aniq bilimga ega 
bo‘lishi va tizimning afzalliklariga to‘liq ishonis
hi lozimdir. Tizimni tadbiq qiluvchilar yani 
tomchilab sug‘orishga o‘tgan fermer va dexqon xo‘jaliklari tizimning afzalliklarini bir yillik 
ekinlarda birinchi yildayoq his qilishlari mumkin. Masalan, fermerlar paxta hosilini ertaroq va bir 
vaqtda pishib ye
tilishining o‘ziyoq hosilning issiq kunlarda qiynalmasdan yig‘ishtirib olinishiga 
imkoniyat yaratadi. Hosili erta yig‘ishtirib olingan dalada keyingi tadbirlar ham yorug‘ kunlarda 
hech qiyinchiliksiz amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda s
uv resurslaridan 
samarali foydalanishga, sug‘oriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirishga va 
sifatini yaxshilashga yordam beradi. 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə