Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/355
tarix22.03.2024
ölçüsü109,74 Kb.
#183165
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   355
15-8-PB (1)

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida qumlarning mexanik tarkibida ijobiy o‘zgarishlar yuz 
bergan. Qumlarga og‘ir tuproqlar solish (tuproqlash), mahalliy organik o‘g‘itlardan foydalanish kabi 
agrotexnika tadbirlari, ayniqsa, loyqa suvlar bilan sug‘orish f
izik loy fraksiyalari miqdorini 
orttirgan.
Katta Farg‘ona kanalining (KFK) har kubometr suvida qish oylarida 0,4
-0,7 kg, vegetatsiya 
davrida esa 1-
1,5 kg loyqa mavjud bo‘lib, loyqa miqdori bevosita yog‘in miqdori bilan bog‘liqdir. 
Andijon suv omboridan boshlanuvchi Katta Andijon kanalining (KAK) suvlarida esa qattiq oqiziqlar 
deyarli mavjud emas. Shunga ko‘ra, KAK ning tiniq suvlari bilan sug‘oriladigan qumlarning mexanik 
tarkibi 30-
40 yillik sug‘orish davomida deyarli o‘zgargani yo‘q. KFK ning ta’sir mint
aqasida esa 
qumlarning yuqori qatlamlari loyqa suvning ta’sirida sug‘orishning shuncha davri ichida qumloqka 
aylangan. 
Asosiy sug‘orish manbasi katta Farg‘ona kanali suvlari bilan sug‘orilgan maydonlarning
xususan qumli tuproqlarning qumloq qatlami, kesmaning quyi qumli qatlamlariga nisbatan 3-6 
barobar ko‘p fizik soz va yirik chang zarrachalariga ega. Mayda qum fraksiyasining miqdori ham 
sezilarli darajada ortgan. O‘lchamlari 0,10 mm dan katta zarrachalarning miqdori esa, mos ravishda, 
kamaygan. Bu esa me
xanik tarkibning o‘zgarishiga olib kelgan.
O‘zlashtirishdan oldin qumtepa va barxanlarning ustki qismlaridagi qumlar sho‘rlanmagan 
(0,1-0,3%). Qum tepalar, qum tepa qatorlari, barxanlarning sizot suvlari yer yuzasiga yaqin 
joylashgan etak qismlari va pastq
amliklar sho‘rlangan.
Ularda yengil eruvchan tuzlap miqdori 0,4- 
1,0% oralig‘ida o‘zgarib turadi, tekislik 
qumlarida 1,5% gacha, qumtepa qatorlari oraliqlari botiqlaridagi tuproqlarda 2-3% dan 20-
30%gacha. Sho‘rlanish ximizmi sulfatli, kalsiyli bo‘lgan. 
S
ug‘oriladigan sharoitlarda tuproqlarning tuz kesmasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
Kesmasi nisbatan bo‘shroq qovushmali va bir xil yengil mexanik tarkibli bo‘lgan sho‘rxok va 
sho‘rxokli tuproqlarda yengil eruvchan tuzlarning ymumiy zaxirasi keskin kamay
di.
40-
50 yil oldin o‘zlashtirilgan bunday tuproqlar hozir tuzsizlangan yoki kuchsiz sho‘rlanish 
holatida (0,4%). Ammo kesmasida kuchsiz suv o‘tkazuvchan, zich qovushmali gips va sho‘x 
qatlamlari bo‘lgan tuproqlarda tuzlar miqdori ancha yuqori (2,0% va undan ko‘p). Sho‘rxok va 
sho‘rxokli tuproqlar ustida surilma qum qatlamlari shakllangan hollarda tuproqlarning tuz va suv 
tartibotlari murakkablashgan. Ko‘milib qolgan kesmadagi tuzlar mikdori deyarli o‘zgarmagan. 
Ammo ko‘milgan tuzli qatlamdagi tuzlarning erishi va yuqoriga ko‘tarilishi ikkilamchi sho‘rlanishga 
sabab bo‘lgan. Qumlar va qumli tuproqlar gumus va oziqa elementlariga nihoyatda kambag‘al. 
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida tuproqlarning ular bilan boyishi kuzatiladi. 


277 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə