Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/355
tarix22.03.2024
ölçüsü109,74 Kb.
#183165
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   355
15-8-PB (1)

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
Meva va sabzavotlarning pastillalarini yangi usullardan foydalanib quritish apparatining 
energiya samaradorligini oshirish vazifalari ham dolzarb hisoblanadi. 
Meva-
sabzavotchilik quyi tarmog‘i O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i 
hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati 
tarmoqlarining esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Meva
-
sabzavotchilik O‘zbekiston uchun 
jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvni va valyuta tush
umini ta’minlab beruvchi 
tarmoqlardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 28 yanvardagi 03
-13-1-sonli 
“Respublikadagi meva
-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 2014 yilda oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish
ni ko‘paytirish, ularni qayta ishlashni salmog‘ini, eksport hajmini 
oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilishi qarori asosida aholini oziq
-ovqat mahsulotlari bilan 
uzluksiz ta’minlash, qayta ishlash, eksport hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozordag
i narx-navolar 
barqarorligini ta’minlash maqsadida respublikadagi meva
-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 
tumanlarda meva-
sabzavot, uzum, poliz va kartoshka mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paytirishni, 
yangi intensiv mevali bog‘lar barpo loyihalarini amalga
oshirish ko‘zda tutilgan.
Respublikamizning iqlim sharoitining harorati yuqori, havo namligi past bo‘lishi mevalarni 
oftobda quritish uchun juda qulay bo‘lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy 
quritilganiga nisbatan sifati bo‘yicha juda yuqo
ri baholanadi. 
Respublikamizda tabiiy sharoitning qulayligi meva va sabzavotlarni shamollatib va oftobda 
quritish imkonini beradi. Meva-sabzavotni quritishdan maqsad ularning namini qochirib, 
mikroorganizmlar rivojlana olmaydigan hamda har xil biologik ja
rayonlar ro‘y bermaydigan holga 
keltirishdir. Quritishning shunday bir meyori borki, namlik miqdori o‘sha darajadan pasaysa 
mikroorganizmlar rivojlana olmaydi. Bu minimal daraja bakteriyalar uchun 30 % ni, achitqi 
bakteriyalari uchun 15-20 % ni tashkil qiladi. Shu sababli quritishdan keyin sabzavotlarning namligi 
15-
25 % bo‘lsa, ularni chiritmay sifatli saqlash mumkin.
Sifatli meva va sabzavot mahsulotlari olish uchun ularni tez va yaxshi quritishni ta’min 
etadigan sharoit yaratish lozim. O‘rta Osiyoda sabz
avotlar asosan oftobga yoyib quritiladi. Bu 
sharoitda arzon va sifatli mahsulot olish uchun quritish punktlarini to‘g‘ri tanlash va tashkil etish, 
belgilangan texnologiyaga amal qilish, xom ashyoni tayyorlashda ilg‘or usullarni qo‘llash lozim. 
Meva va sabzavotlarni quritishning ahamiyati juda ham yuqori hisoblanadi.
Birinchidan meva va sabzavotlarni sifatli quritishni tashkil qilish bilan bog‘dorchilik va 
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga, 
ularning raqobatbardoshligini oshirishga va yanada iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga erishiladi. 


280 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə