Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/355
tarix22.03.2024
ölçüsü109,74 Kb.
#183165
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   355
15-8-PB (1)

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
QUMLI TUPROQLARNING EKOLOGIK-
MЕLIORATIV HOLATI VA XOSSALARINING 
O‘ZGARISHLARI
 
Yusupova Mohidil Abdumutalibovna 
B.f.f.d, dotsent FarDu 
Ibroximov Shahroz Alisher o‘g‘li
 
FarDu, 3-bosqich talabasi 
Aholi sonining o‘sishi bilan oziq
-
ovqatga bo‘lgan talabning oshishi yetishtirilayotgan 
mahsulotlarning sifati va uning xavfsiz 
bo‘lishi qishloq xo‘jaligi sohasining oldida turgan dolzarb 
vazifalardan biridir. 
Rivojlanib borayotgan davrda ilm-
fan, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi 
olinayotgan hosil sifatini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. Inson omilining kuchli ta’sirid
a qumli 
dahalarning ekologik va geokimyoviy holati o‘zgargan. O‘zgarishlarning ifodalanish darajasi 
qumliklarning qachon o‘zlashtirilganligiga va qo‘llanilayotgan melioratsiya hamda agrotexnika 
usullariga bog‘liq. Ayniqsa, sug‘orish manbalari, sug‘orish su
vining loyqaligi alohida ahamiyatga 
ega. Tepalik, tepaqator va barxanlardan iborat qum uyumlari qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun 
tekislandi. Kesilgan qumlar pastqam, botiq yuzalarga yotqizildi. Qum uyumlari majmuasida bo‘lgan 
sho‘rxoklar, o‘tloqi
-
sho‘rxokli va taqirsimon tuproqlar bir necha o‘n santimetrdan 150 
santimetrgacha va undan ortiq qalinlikdagi surilma qum ostida ko‘milib qoldi. Qumli dahalarning 
relefi yer tekislash ishlari natijasida tekis ko‘rinish oldi. Umumiy tekis relef hozirgi paytda za

qochirish va sug‘orish to‘ri, tizimi bilan kuchli kesib yuborilgan.
Tabiiy qumli landshaftlar o‘rnida ta’sirchan agrolandshaftlar shakllanadi. Vodiy qumlarining 
aksariyati mayda zarrali qum-changli hisoblanadi. Barxan va barxan-tepa qator qumlari 98-99% 
gacha qum fraksiyalaridan iborat. Qum fraksiyalari ichida o‘lchamlari 0,25
-
0,1 mm bo‘lgan 
zarrachalar mutloq ustuvorlik qiladi (78%-
80% gacha), ikkinchi o‘rinda yirik qum (1,0
-0,25) va 
uchinchi o‘rinda mayda (0,1
-0,05) qum fraksiyalari turadi. Chang zarrachalari fraksiyalarining 
miqdori 1-
1,5% dan oshmaydi. Fizik loy yig‘indisi 2,5
-
3% dan ko‘p emas. Mustahkamlangan kichik 
tepalik qumlarining ustki qatlamlari chuqur qatlamlariga va barxan qumlariga nisbatan chang va 
loyqa zarrachalariga boyigan.
1928 yildan 
boshlab amalga oshirilgan yirik irrigatsiya va melioratsiya ishlari Farg‘ona 
viloyatining sug‘orish va quritish tizimlari holatini tubdan yaxshilagan, suv ta’minotini keskin 
oshirgan. Yirik magistral kanallar (KFK, JFK, KAK va h.k) qurilib, ishga tushirilgan. 


276 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə