Rashidov Muzaffar Mxvkm-80 Aylanmadan olinadigan soliq


Soliq solish obyekti bo‘lib quyidagilar ham hisoblanadi



Yüklə 46,95 Kb.
səhifə5/12
tarix28.11.2023
ölçüsü46,95 Kb.
#133140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rashidov Muzaffar Soliq

Soliq solish obyekti bo‘lib quyidagilar ham hisoblanadi:


  1. tovarlarni (xizmatlarni) quyidagilarga:

    1. ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud uning yuridik shaxsdagi ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu ishtirokchiga berish;

    2. yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga berish;

v) yuridik shaxs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;

  1. tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxs mehnatiga haq to‘lash hisobidan yoki dividend to‘lash hisobidan berish;

  2. tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish, agar tovarlar va (yoki) mulk qayta ishlash mahsuloti sifatida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa;

  3. ko‘p marta aylanadigan, sotuvchiga qaytarilishi shart bo‘lgan idishlarni, agar idish mahsulotni shunday idishda yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa, berish.

Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi.
Uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar ushbu Kodeksning 303- moddasida nazarda tutilgan tartibda jami daromad tarkibiga kiritiladi.
Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o‘rtasidagi saldo soliq solish obyekti deb e’tirof etiladi. Kursdagi salbiy farqning summasi kursdagi ijobiy farq summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq bazasini kamaytirmaydi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lash davrida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tguniga qadar olingan daromadlar jami daromadga kiritilmaydi.



Yüklə 46,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə