Rashidov Muzaffar Mxvkm-80 Aylanmadan olinadigan soliq



Yüklə 46,95 Kb.
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü46,95 Kb.
#133140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rashidov Muzaffar Soliq

Soliq solish obyekti


Ushbu Kodeksning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish obyektidir, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog‘ida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno.

Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:


  • qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha- qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan

taqdirda, o‘z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;

  • mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi;

  • vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun — ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;

  • tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun — agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi;

  • notijorat tashkilotlarining ushbu Kodeks 318-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilmagan daromadlari.

Yüklə 46,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə