Rashidov Muzaffar Mxvkm-80 Aylanmadan olinadigan soliq


Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 46,95 Kb.
səhifə7/12
tarix28.11.2023
ölçüsü46,95 Kb.
#133140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rashidov Muzaffar Soliq

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari


Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi bo‘lib ushbu Kodeks 463- moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.
Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda o‘zining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligini, agar bu
bitimlarni tuzish holatining o‘zidan yaqqol kelib chiqmasa, ko‘rsatishi shart.
Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.


Daromadlarga tuzatish kiritish


Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko‘paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.

Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:


  1. tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;

  2. bitim shartlari o‘zgarganda;

  3. narxlar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;

  4. ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko‘rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash hollari mustasno.

    1. Yüklə 46,95 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə