Rashidov Muzaffar Mxvkm-80 Aylanmadan olinadigan soliq



Yüklə 46,95 Kb.
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü46,95 Kb.
#133140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rashidov Muzaffar Soliq

Soliq bazasi


Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno:

  1. O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar;

  2. soliq agentida soliq solinishi lozim bo‘lgan dividendlar;

  3. qaytariladigan ko‘p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo‘lsa;

  4. amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo‘shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar;

  5. hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi;

  6. tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning 15 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etsa.

Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:


  1. brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;

  2. komissiya shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida;

  3. turizm faoliyati subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga.




Yüklə 46,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə