Rashidov Muzaffar Mxvkm-80 Aylanmadan olinadigan soliq



Yüklə 46,95 Kb.
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü46,95 Kb.
#133140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rashidov Muzaffar Soliq

O'zbekiston Respublikasining "2023 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to'g'risida", "2023 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonunlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining "2023 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida"gi Qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2023 yilda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish hamda bojxona imtiyozlarini qo'llash tartibiga kiritilayotgan asosiy o'zgartirishlar haqida xabardor qiladi.


Soliqlarning stavkalari bo'yicha. Foyda solig'i (15%, alohida toifalar uchun
– 20%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i (12%), yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (1,5%), qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan erlar uchun er solig'i (0,95%), ijtimoiy soliq (byudjet tashkilotlari – 25%, qolganlar -12%) bo'yicha stavkalar saqlab qolinmoqda.

Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha :


  1. Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to'lovchilarning barcha toifalari uchun 4 foiz miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirilmoqda.

Bunda borish qiyin bo'lgan va tog'li hududlarda joylashgan korxonalar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari 1 foiz miqdorida, boshqa aholi punktlarida joylashgan korxonalar uchun – 2 foiz miqdorida (shu jumladan, elektron tijorat) va aholisi soni yuz ming nafar va undan ko'p kishidan iborat shaharlarda – 3 foiz miqdorida saqlab qolindi.

  1. 2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar ixtiyoriy asosda qat'iy belgilangan miqdorda soliq to'lashni tanlashga haqli. Bunda jami daromad summasi 500 million so'mdan oshmaganda yiliga 20 million so'm qat'iy belgilangan miqdordagi soliqni, jami daromad summasi 500 million so'mdan

oshganda esa yiliga 30 million so'm to'lashni tanlash huquqi berilmoqda.
Qat'iy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay to'lanadi.
Mazkur soliqni to'lashga o'tish uchun soliq to'lovchi soliq hisobiga qo'yilgan joydagi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi zarur. Mazkur norma 2023 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishini e'tiborga olgan holda, birinchi marta qat'iy belgilangan summada soliq to'lashga o'tayotgan soliq to'lovchilar soliq organlariga xabarnomani 2023 yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim etishga haqli.
Yangi tashkil etilgan soliq to'lovchilar davlat ro'yxatidan o'tish chog'ida qat'iy belgilangan summada soliq to'lashni tanlashga haqli.
Qat'iy belgilangan summada soliq to'lashni rad etish navbatdagi soliq davri boshidan amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida qat'iy belgilangan summada soliq to'lashga o'tishda, soliq miqdori qat'iy belgilangan summani 12 ga bo'lish va olingan natijani joriy soliq davri oxirigacha qolgan oylar soniga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi.
Soliq davri mobaynida qat'iy belgilangan summada soliq to'lovchining jami daromadi 500 million so'mdan oshgan taqdirda, qat'iy belgilangan summadagi soliq summasi u oshgan oydan boshlab joriy soliq davri oxirigacha, 500 million so'mdan ortiq jami daromadga ega soliq to'lovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
Soliq davri mobaynida qat'iy belgilangan summada soliq to'lashdan qo'shilgan qiymat solig'i va foyda solig'ini to'lashga o'tishda qat'iy belgilangan summadagi soliq ushbu soliqlarga o'tilgan oxirgi kalendar oyni hisobga olgan holda to'lanishi lozim.
Aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilarga qat'iy belgilangan miqdorda to'lanadigan dividendlarga foyda solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi.
Bunda ixtiyoriy yoki majburiy tartibda QQS to'lashga o'tishda bunday soliq
to'lovchilarga QQS bilan xarid qilingan tovarlar qoldiqlari bo'yicha QQSni hisobga olish huquqi berilmaydi.

  1. Soliq davri mobaynida jami daromadi 1 milliard so'mdan oshgan soliq to'lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro'yxatdan o'tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadning ko'rsatilgan miqdoriga etgan kundan e'tiboran qo'shilgan qiymat solig'i va foyda solig'ini to'lashga o'tadilar.

Yüklə 46,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə