Rasulova zilola durdimurotovna o‘quv jarayonini takomillashtirishda pedagogik tizim mazmun va mohiyati



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə4/37
tarix29.09.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#124997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Buxoro davlat universiteti

Bitiruv malakaviy ish maqsadi: muammoli ta’lim texnologiyalarini qo’llash orqali pedagogik tizim asosida mehnat ta’limi darslarini o’qitish metodikasini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: mehnat ta’limi fani ta’lim-tarbiya jarayonlarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, o’qitish jarayonini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish.
Tadqiqot usuli va usuliyoti: tadqiqot mavzusiga doir bo’lgan ilmiy-metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish, umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini tashkil qilinishini kuzatish, maktab me’yoriy hujjatlari va yetakchi o’qituvchilarning tajribalarini o’rganish.
Olingan asosiy natijalar: umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fani o’quv jarayonini pedagogik tizim asosida tashkil etish metodikasi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
- umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limini o’qitish holati aniqlandi; - mehnat ta’limi o’quv jarayonini pedagogik tizim asosida tashkil etish mazmun-mohiyati o’rganildi;
- mehnat ta’limi darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi;
- muammoli o’qitish texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari shakllantirildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda o’quv jarayonlarining takomillashtirilganligi, “pedagogik tizim” tushunchasi, mohiyati hamda ta’lim samaradorligini oshirishning mazmun, shakl, metod va vositalari aniqlandi.
Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodikadan umumiy o;rta ta’lim maktablari “Mehnat ta;limi” darslarida qo’llanishi natijasida samaradorlikka erishish mumkin.
Xulosa va takliflar: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodikadan umumiy o’rta ta’lim maktablari “Mehnat ta’limi” darslarida foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə