|
Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзаларыnarimbetova z askarova n 1 1 san 2021Narimbetova Z.A.
Toshkent viloyati ChDPI “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
Asqarova N.J.
Toshkent viloyati ChDPI maxsus sirtqi 18/1-guruh talabasi
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK
O’YINLARNING AHAMIYATI
Tayanch so‘zlar:
interfaol usul, pedagogik texnologiya, didaktik o‘yinlar, klaster, o‘yinlar
nazariyasi, faollik.
Ключевые слова:
интерактивный метод, педагогическая технология, дидактические игры,
кластер, теория игр, деятельность.
Key words:
interactive method, pedagogical technology, didactic games, cluster, game theory,
activity.
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika darslarini pedagogik
texnologiyalar, didaktik o‘yinlar asosida tashkil etishga yordam berish maqsadida yozildi.
Unda matematika darslarida o‘quvchilar bilan ishlash usullari bayon etilgan. Maqolada
og‘zaki hisoblashlarni o‘rgatish, didaktik o‘yinlar va mashqlrni qo‘llash, topshiriqli
kartochkalar va o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshiruvchi topshiriqlar
bilan ishlash, nazorat ishlarini o‘tkazish, og‘zaki hisoblash jadvallari kabilar o‘rin olgan [1].
Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali bo‘lishiga, o‘quvchilarning
uquv-bilish faoliyatini muvoffaqiyatli boshqarishga, matematikadan nazariy bilimlarni oson
egallashlariga, ulaming bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Didaktik o‘yin — ta’lim beruvchi usul bo‘lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga
erishuvga, ya’ni o‘tilgan o‘quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni
chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Har bir didaktik o‘yinni o‘tkazishda muayyan bir
vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o‘yiniga qo‘yiladigan didaktik topshiriq
bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan
iborat. «Doiraviy misollar» o‘yinida esa ikkinchi o‘nlik ichida hisoblash malakalarini
mustahkamlashdan iborat bo‘lgan didaktik topshiriq qo‘yiladi. Didaktik topshiriq darsga
qo‘yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi.
Har bir didaktik o‘yinning ham har qanday o‘yindagi singari qoidalari bo‘ladi. O‘sha
qoidalarga amal qilinmasa, o‘yinning o‘yin sifatidagi ahamiyati, binobarin, o‘yinning
ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo‘qoladi. O‘yin qoidalari o‘yin topshirig‘iga
|
|
|