|
Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзаларыМУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎnarimbetova z askarova n 1 1 san 2021МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
66
– o‘quv materiallarini obrazlar ko‘rinishida taqdim etish;
– differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilish;
– o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lash;
– o‘z-o‘zini nazorat qilish va tuzatib borish;
– o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etish va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatish;
– o‘quvchi-talabalarda fanni o‘zlashtirish uchun srategik ko‘nikmalar hosil qilish;
– o‘quvchilarning mutsaqil ishlashlari uchun yangi sharoit yaratish;
– masofadan o‘qitish tizimini o‘quv adabiyotlari sifatida qo‘llash;
– ta’lim tizimida o‘quv-laboratoriya ishlarini bajarishda tejamkorlikka erishish kabi
imkoniyatlarni yaratadi.
Bu boradaga izlanishlar ta’lim tizimidagi zamonaviy didaktik o‘yinlarni joriy qilish
bilan bog‘liq ekanligini, ulardan maqsadli foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini
oshirishga olib kelishini ko‘rsatmoqda.
O‘yin – bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o‘yin
turlariga qarab, ob’yektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o‘zida aks ettiradi. O‘yin
sinfda o‘tilgan o‘quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchi bolalarning
zarur hayotiy ehtiyojidir.
O‘yin - musobaqa darsi o‘quvchilarni yanada faollashtirishga yordam beradi. Albatta,
o‘yin musobaqa darslarini yil fasllariga moslab tashkil etish katta tarbiyaviy ahamiyatga
ega. Qanchalik ko‘p va har xil o‘yinlardan foydalanilsa, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishlari va faolliklari shunchalik ortib boradi. O‘yin o‘quvchilarning bilimini oshirish
va fikrini charxlashning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchilar yuqoridagi
o‘yinlardan o‘rinli foydalanib borsa, o‘ylaymizki, farzandlarimiz davrimizning eng yetuk,
komil insonlari bo‘lib yetishib chiqadilar.
Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar mavzusining dolzarbligi o‘quvchilarga
mavzular tushunchasi orqali o‘rganish bolalarga shu mavzuni o‘tish orqali qisman bo‘lsada,
mavzu mazmunini qiziqarli va tushinarli tarzda yetkazib berishni nazarda tutgan edim.
Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi rivojlanish davrida o‘sib kelayotgan yoshlarimizni
har tomonlama yetuk inson, vatanimizning kelajagi qilib tarbiyalash asosan boshlang‘ich
sinflarda asosiy poydevor quriladi desam adashmagan bo‘laman. Matematika darsiga
bolalarning qiziqishini o‘stirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasidadir.
Adabiyotlar:
1. J.G‘.Yoldoshev, S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari”. Toshkent-2004.
2. “Uzluksiz ta’lim” jurnali 2016. 24 bet.
3. Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar qo‘lyozmadan. 2004. 7-56 bet.
4. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z. “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”.
Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005. 284-bet.
4. Наримбетова З.А. Matematika fanida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilar
tafakkurining rivojlantiruvchi omili. Academic research in educational sciences, Scientific Journal
Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Issue 3, pp 1253-1261.
5. Наримбетова З.А. Математикани ўқитишда илғор педагогик технологиялар ва
ўқитишнинг замонавий усулларидан фойдаланишнинг ўзига хос хусусиятлари. СамДУ Ta’lim
sifatini oshirish va zamonaviy interfa’ol metodlardan foydalanishning innovatsion texnologiyalari va
uslublari. 3-Q. 143-146 Б.
РЕЗЮМЕ
Maqolada fan va texnika rivojlangan hozirgi paytda ta’lim sohasida boshlang‘ich sinf matematika
darslarida didaktik o‘yinlarning ahamiyati haqida aniq misollar yordamida ko‘rsatib berilgan.
|
|
|