|
Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзаларыМУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎnarimbetova z askarova n 1 1 san 2021МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
64
e’tibor qaratish orqali ona tili fani bilan bog‘lash. Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Dars jarayonida didaktik o‘yinlarni tanlash. Dars jarayonida didaktik o‘yinlarni tanlash
uning maqsadi va mohiyati tarbiyaviy va ta’limiy xususiyatiga e’tibor bеrish asosiy
hisoblanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar hamjihatlik va intizomlilikni
tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yin g‘alaba qozonishga intilish bilan bog‘liq
bo‘lib, o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. “Kim aniqroq
va tezroq”, “Bush kelma”, “Eng yaxshi hisobchi”, “Ko‘rganni eslab qolish diktanti” singari
o‘yinlarni o‘tkazish paytida o‘quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo‘lishiga o‘qyvchilarning
o‘zlarini tuta bilishlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar. Shuningdek,
didaktik o‘yinlar bolalarda do‘stlik, birodarlik, mehnatkashlik hissini tarbiyalash va
taraqqiy ettirishga yordam beradi. “Kim turgan saf yaxshiroq”, ”Zanjircha”, “Norvoncha”,
“Bilgan kishi sanashni davom ettiraversin” singari o‘yinlar o‘tkazilayotganda bolalar o‘z
o‘rtoqlari, o‘zi turgan saf va o‘z sinflarining sharafi uchun kurashadilar. Didaktik o‘yinlarda
tirishqoqlik, matonatlilik, boshlagan ishni oxirigacha etkaza bilish singari eng kerakli
irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Masalan, “Estafeta”, “Doiraviy misollar” o‘yinida berilgan
misollarning hammasini echish kerak, aks holda, oxirgi sonning birinchisiga to‘g‘ri kelish-
kelmasligini bilib bo‘lmaydi. Ana shuning o‘zi bolalarni faollashtirib yuboradi va ular
misolni echmay qo‘ymaydilar. “Do‘koncha” tipidagi o‘yinda o‘yinchoqlar “sotib olish”ning
o‘zi bilan ish bitmaydi, balki bir necha o‘yinchoqlar narxini hisoblab (q’o‘shib) chiqishga,
necha pul “qaytarib” berish kerakligi haqida o‘ylab ko‘rishga ham to‘g‘ri keladi. Quyida
kеltirilib o‘tayotgan didaktik o‘yinlarimiz bolalar bilan ishlash jarayonida boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari uchun kеrakli vosita bo‘la oladi va didaktik o‘yinlar asosida dars o‘tish
bugungi kunda ancha yaxshi natija bеrmoqda [3].
Dostları ilə paylaş: |
|
|