|
Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзаларыМУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎnarimbetova z askarova n 1 1 san 2021МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
63
kiritiladi. Albatta, qisqa hajmga ega bo‘lgan mazkur qo‘llanma barcha savollarni to‘liq va
batafsil yoritib bera olmaydi, ammo unda berilgan metodik tavsiyalar va topshriqlardan
namunalar o‘qituvchining matematika darslarini turli xil usullardan foydalanilgan holda
tashkil etishiga yordam beradi. Bu didaktik materiallar va o‘yinlardan har bir boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi ijodiy foydalanishi mumkin.
Maktab islohotining amalga oshirilishi maktabda ta’lim-tarbiya jarayonlarini
takomillashtirishni, sifat va samaradorligini oshirishni, hayot bilan aloqasini
mustahkamlashni taqozo etmoqda. O‘yin jarayonida bola faqat tashqi muhit hodisalari
bilan tanishib uni his etib qolmasdan balki voqеa va hodisalarga o‘z munosabatini
bildiradi. O‘yin bola faoliyatida ijodkorlikni yanada boyitib aqliy va jismoniy faoliyatini
tashkil qilishda muhim hisoblanadi. O‘yinning turlari juda ko‘p bo‘lib, aksariyat bolalar
faoliyatida didaktik o‘yin faoliyati ko‘proq uchraydi. Didaktik o‘yinlar xilma-xil matеriallar
asosida tashkil qilinib, ular bolalarning aqliy va jismoniy kamol topishida g‘oyat katta
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Didaktik o‘yinlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishni yanada yеngillashtirishi shak shubhasizdir.
Barchamizga ma’lumki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning asosiy faoliyati
o‘yinlarga qaratilgan. Bola uchun 45 daqiqa o‘rnidan qimirlamay darsni tinglab,
o‘qituvchi tomonidan berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish judamurakkab.
Bunday murakkab jarayonni bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o‘yin va
ta’limfaoliyatlarini chambarchas bog‘lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga
keltiruvchi o‘yinlardan foydalanish, ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori
bo‘lishiga erishishimiz mumkin.
Dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish, o‘z
fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to‘laligicha
esda saqlab qolish imkonini beradi [3].
Ta’limiy o‘yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki miya yarim sharlarining bir
vaqtning o‘zida ishlashini ta’minlaydi. Miyadagi bunday faollik berilgan axbarotni bir
vaqtning o‘zida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga tez va aniq
javob berishni ta’minlaydi. Shularni inobatga olgan zamonaviy o‘qituvchidan har bir darsni
didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish talab etiladi. Shuning natijasida esa kun davomida
bolada charchoq, toliqish kuzatilmaydi.
O‘yin faoliyati g‘olib yoki mag‘lub tushunchalardan iborat bo‘lib dars jarayonida
qo‘llanilganda bola g‘olib bolish uchun kurashadi va ana shu kurash natijasida berilgan
axbarotni diqqat bilan tinglab bilimlarni osongina egallab oladi. Bir vaqtning o‘zida bu
bilimlarni hayotda qo‘llab ko‘radi.
Misol tariqasida “33 ta 33” didaktik o‘yinida bola ko‘paytirish jadvalini yaxshi yodlagan
bo‘lishi va diqqatini ishga solgan holda ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
O‘yin sharti sinf o‘quvchilari sonlarni tartib bilan aytganda 3 raqami ishtirok etgan
sonlar va 3 ga bo‘linadigan sonlar aytilmay o‘rniga qarsak chalinadi. (1,2, qarsak, 4,5,
qarsak va h.). Sanoq 33 soniga qadar davom etadi sanoqda adashgan o‘quvchi o‘yindan
chiqib ketadi va sanoq qayta boshlanadi [2].
Didaktik o‘yinlar asosida tashkil qilingan darslarda integratsiya ya’ni fanlar aro
bog‘lanish yaqol ko‘zga tashlanadi. Matematika darsida “Sayohat dars” didaktik o‘yinini
misol qilib oladigan bo‘lsak,matematika darsini bir vaqtning o‘zida ona tili va tabiat fanlari
bilan bog‘lash mumkin.
Didaktik topshiriq: berilgan misollarni to‘g‘ri va aniq yechish xatolar ustida ishlay olish.
O‘yin topshirig‘i: O‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Ona
Vatanimiz O‘zbekistonning qadimiy shaharlari haqida bilim berib atoqli otlarning yozilishiga
|
|
|