МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
67
РЕЗЮМЕ
В статье приводятся конкретные примеры важности дидактических игр на уроках матема-
тики в начальной школе в современный век науки и технологий.
SUMMARY
The article provides specific examples of the importance of didactic games in mathematics
lessons in elementary school in the modern age of science and technology.
G‘ulomova X.
Toshkent viloyati ChDPI “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Таянч сўзлар:
maqol, hikmatli gap, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalash ko‘nikmalari, badiiy
til vositalari, tarbiya vositasi, estetik zavq.
Ключевые слова:
пословицы, поговорки, сравнения, обобщения, навыки обобщения, сред-
ства художественного языка, образовательные средства, эстетическое удовольствие.
Key words:
proverbs, sayings, comparisons, generalizations, summarizing skills, artistic language
tools, educational tools, aesthetic pleasure.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA MAQOLLAR ESTETIKASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Biz yashayotgan Yangi
O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura
deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz.
Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”
[1], degan fikrlari xalqning asrlar davomida orttirgan hayotiy tajribasi asosida yaratilan
maqollarga ham tegishlidir. Maqollar xalqning turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va
donoligi ifodalangan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli
iboralardan tashkil topgan og‘zaki ijod namunasi bo‘lib, g‘oyat muhim badiiy-estetik
tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgandir. “Maqol – arabcha, maqola, kichik asar; so‘z,
nutq. Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga
ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap” [2, 569]. Maqollarning
mavzu doirasi nihoyatda keng, unda hayotning turli masalalari o‘z aksini topgan. Ko‘pincha
o‘git, pand-nasihat xarakterida bo‘ladi. Masalan, “Er haydasang - kuz hayda, Kuz
haydamasang yuz hayda”, “Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q ishining” va hokazo.
Maqollar xalq og‘zaki ijodining qadimiy shakllaridan biri sifatida xilma-xil badiiy ifoda
vositalari - ohangdor tovushlar takroridan tashkil topishiga ko‘ra eshituvchining diqqatini
tortadi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan so‘z ustalarining chuqur ma’noli
hikmatli so‘zlari ham ko‘pincha xalq maqollariga o‘xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning
“Mahbub ul-qulub”da aytgan bir qancha hikmatli so‘zlari shular jumlasidandir: “Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur”, “Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz”
va boshq.
Maqollar badiiy asar personajlari nutqida, ba’zan asar sarlavhalarida, badiiy asar
voqealari yakunida qo‘llanadi. Bir maqol butun asar g‘oyasini ochib berishi mumkin.
Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ota-onasi nutqida maqollarni eshitadi va unda
nima deyilganini ma’lum darajada anglaydi. Hatti-harakatini maqolda aytilgan tanbeh yoki
rag‘bat asosida boshqaradi.
Shunga ko‘ra, ta’lim jarayonida ham tez-tez maqollarga murojaat qilish ehtiyoji
tug‘iladi. O‘quvchilar boshlang‘ich sinflardan boshlab turli uslubdagi matn va sujetli
rasmlar mazmuni bilan bog‘liq maqollarni o‘qiydilar, ularning ma’nosini izohlaydilar.