Referat mavzu: Emotsional ta’sirlarga javob berish va uning turlari xarakteristikasi



Yüklə 33,44 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü33,44 Kb.
#130021
növüReferat
1   2
referat

xx-asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng ko`lamda amalga oshirila boshladi. stress-og`ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me`yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug`ilganda zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo`riqishdir.


frustratsiya – ( lot. aldanish, haddan tashqari kutish , xafa bo`lish). maqsadga erishishga halaqit beradigan sabablar ostida paydo bo`ladigan holat.
emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:
kuchli salbiy holatlar – kuchli qoniqmaslik, nafrat, afsuslanish,
daxshatga tushish.
kuchsiz salbiy holat – kuchsiz norozilik , qayg`urish , xafa bo`lish
xavotirlanish, qo`rquv.

  • neytral holatlar : xotirjamlik, ishonchlilik.

  • kuchsiz ijobiy holatlar : kuchsiz zavqlanish, qoniqish hissi.

  • kuchli hissiy holatlar-kuchli suratdagi qoniqish, quvonch,

shodlanish.
emotsiyalar o`zining ta`sirchanligi bilan ajralib turadi:
1.stenik hislar- ( yun. kuch) bunday emotsialar dadil xatti-harakatlarga mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag`ishlaydi. shaxsning hayot faoliyatini kuch-g`ayratini orttiradigan, bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi.
Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi.
2.astenik hislar- (yun. kuchsizlik, zaiflik) bunday hissiyot insonni bo`shashtiradi, uni hayolga cho`mdiradi, xayolparast qilib qo`yadi. shu sababdan favqulodda shaxsdagi befoyda emotsional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo`rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.
Emotsiyalar stenik astenik hissiy ton – sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo`yoq, yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog`langan hissiyot. masalan, og`riq– yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi .emotsional ta`sirlar aql qalb tana emotsional ta`sirlar natijasida inson o`zini yo`qotganda aql va tana o`chadi. aql ishlamasdan notog`ri qarorlar qabul qilinadi.emotsional ta`sirlarga javob qaytarish choralari:

  • nimanidir chaynab turing (jag` qism agressiyaga javob beradi)

  • jahli chiqqan odamdan uzoqroq turing, ko`ziga qaramang

  • boshqalarga halal bermaydigan joyda baqiring

praktika: butun tanani, mushaklarni qattiq ushlab turgan holda chuqur nafas olib ushlab turib birdan qo`yib yuborish lozim. bir necha marotaba qilinganda tana buni eslab qolib har qanday emotsional ta`sirga berilganda tana darxol qo`yib yuboradi!
emotsional ta`sirlarga javob berish yoki javob bermaslik inson harakteriga ham bog`liq bo`ladi. agar javob qaytarish normada bo`lsa, insonning liderlik qoboliyatidan darak beradi, normadan ortib ketsa atrofdagilarga ziyon keltiradi. chegara- boshqalarga zarar bermaslikda, faqat o`ziga tegishlisini talab qilishda.
psixologik ta`sirlarga javob qaytarganda inson o`zidan quvvat sarflaydi. bu quyidagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi:

  • ochiq-oydin(o`ziga aytish);

  • yashirin (tuxmat, g`iybat, fitna)

  • jismoniy zarar berish;

  • psixologik ta`sir o`tkazish (shaxsiyatga tegish);

  • auto agressiya (o`zini ayblash).

yuqoridagilar emotsional ta`sirlar tutunini hidlab uni chiqarish haqida edi,
lekin bunday ta`sirlarga tushmaslik ham mumkin. buning uchun quyidagi-
larni bajarish lozim:

  • ketish

  • bahslashmaslik

  • quloqni ko`chaga tashlab qo`yib, unga ovossizni yoqib qo`yish

  • agressiyadagi odamga qaraganda boshining tepasida 2 ta quyonni katta qulog`ini qimirlayotganini tasavvur qilish

  • boshga stakan kiyib o`tirish

  • o`zini bankaning ichidagidek tasavvur qilish

emotsional ta`sirlarga tushib qolishning sabablari:
emotsional ta`sir natijasida alam yuzaga kelgan bo`lsa, undan xalos bo`lish uchun qilinishi mumkin bo`lgan tavsiyalar:

  • suvga ayting- suv yomon energiyani yutadi, inson yengil tortadi

  • ikkinchi tarafga o`tib uning xaqligini tan oling

praktika: 2 ta stulni bir biriga qaratib qo`yiladi, birinchi tarafga emotsional ta`sirga tushgan inson o`tirib ikkinchi bo`sh stulda emotsional ta`sir o`tkazgan insonni tasavvur qilib unga bor gaplarini aytadi, keyin o`rnidan turib bo`sh ikkinchi stulga o`tib o`tirib o`sha insonni his qilgan holda u bo`lib gapiradi. shunda u inson sezadiki ikkinchi taraf ham aslida bunday munosabat qilishni istamagan. so`ng o`rnidan turib uchinchi pozitsiyaga o`tib umuman boshqa joyda turib, uchinchi shaxs begona odam bo`lib boshqa tarafdan qarab fikrlaydi. natijada inson tushunadiki o`zi alamdan xalos bo`lib u insonni ham aybdorlik hissidan xalos qildi.



  • emotsional ta’sir o’tkazgan insonga advokat bo’ling. fakt keltiring shunda tushunasiz vaziyat 50/50 bo’lgan.

Emotsiya bu shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo’lishiga ko’ra his-tuyg’ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. hissiyot ko’pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o’ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo’ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko’ngildagi mashg’ulot, hushchaqchaq sayohat, og’ir ish kabilar.
Hissiy ton tushunchasiga ko’pgina adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida hissiy ton sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo’yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog’langan hissiyot, deb ta'riflanadi.
Professor E.G’.G’oziev tomonidan hissiy ton-u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iboratdir. Q.Turg’unov lug’atida hissiy ton - hissiyot sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus emosional bo’yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan bog’g’langan hissiyot.
Masalan, og’riq bir qator qo’zg’ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. Ko’pincha emotsiyalar o’zining ta'sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so’zdan olingan bo’lib, kuch degan ma'noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag’ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs "parvoz qiladi", "yulduzni narvonsiz oladi", kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning sifatiga aylanadi.
Q.Turg’unov lug’atida stenik hisga quyidagi ta'riflar uchraydi: stenik hislar - shaxsning hayot faoliyatini kuch-g’ayratining orttiradigan barcha bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ba'zi hollarda emotsiyalar o’zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so’zdan olingan bo’lib, kuchsizlik, zaiflik ma'nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni bo’shashtiradi, uni xayolga cho’mdiradi, xayolparast qilib qo’yadi.
Shu sababdan favqulotda shaxsdagi befoyda emosional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo’rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli. Psixik jarayonlardan ayniqsa, emotsiya o’zining aniq tashqi ifodasiga ega bo’lishi bilan tavsiflanadi.
Emosional o’zgarishlar organizmning tashqi o’zgarishlarida shu qadar yaqqol ifodalanadiki, biz odamni tashqi ko’rinishiga qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini, g’azablanganligini yoxud biror narsadan qo’rqib ketganini va shu kabi his-tuyg’ularning ko’pini aytib bera olamiz.
Hissiyotlarning tashqi alomatlari ifodali harakatlar deb ataladi. Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko’rinishlarda ro’y beradiki, unda asosiy o’rinni ko’rgazmali jihatlar asosiy o’rin egallaydi. Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o’zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg’ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg’ular ustun kelganda kamayadi, qo’zg’algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo’r berish vaqtida-sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo’rquvda sekinlashadi va hokazolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta;
v) qo’rqishda 64 marta;
d) jahl chiqqanda 40 marta.
Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko’rinadi. Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o’zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh, so’lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o’zgarishlar, ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi. Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir. L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig’lagan paytda odamning boshi va og’zi har xil qiyofada o’zgaradi" - degan edi.
Leanardo da-Vinchi. Kayfiyat tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtai nazardan yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi. Jumladan Q.Turg’unov lug’atida shaxsning kuchsiz yoki o’rtacha kuchga ega bo’lgan nisbatan barqaror umumiy emosional holati, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta'kidlanadi. Professor E.G’.G’oziev fikricha, kayfiyat shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emosional holatdir.
Kayfiyat, ya'ni odamning xursand yoki g’amgin kayfiyati hech vaqt sababsiz maydonga kelmaydi. Odam bajarayotgan biror ishning mavaffaqiyatli tugashi yoki imtihondan yaxshi o’tish- yaxshi tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Qilayotgan ishingizni oldinga yurmasligi yoki ishga berilgan yomon baho odamda ma'yuslik, kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug’diradi. Kayfiyatning xush yoki noxush bo’lishi, birinchi navbatda odamning sihat-salomatligi bilan ham bog’liqdir. Masalan, ichimiz qattiq og’rib turgan vaqtda kayfiyat choq bo’lmaydi.
Affekt tushunchasiga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratadigan bo’lsak bu ham shaxsning kuchli emosional holatlari bilan bog’liqdir. Q.Turg’unovning lug’atida aytilishicha, affekt tez va kuchli paydo bo’lib, shiddat bilan o’tadigan qisqa muddatli emosional holatdir. A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltiruvchi jarayonlar ustidan irodaviy nazorat buzilishiga yetaklovchi organizm a'zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emosional jarayonlarga aytiladi.
M.Vohidov darsligida affekt to’satdan tez paydo bo’lib, tez orada o’tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holat sifatida e'tirof etiladi. Affekt lotincha so’z bo’lib, ruhiy hayajon ehtiros degan ma'noni anglatadi. Affektlar ko’pincha to’satdan paydo bo’ladi va ba'zan bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba'zan affektlar tormozlanish holati tarzida namoyon bo’ladi va bunday holatda organizm bo’shashib, harakatsiz bo’lib va shalvirab qoladi.
Bunday holat ko’pincha odam birdaniga qo’rqqanida, to’satdan quvonganida va shu kabi holatlarda o’zini yo’qotib qo’yish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress-ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko’ra kayfiyatlarga yaqin bo’lgan his-tuyg’ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta'rif beriladi. Profssor E.G’ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me'yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug’ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi. Stress - inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1. Konstruktiv - biz turidagi (ko’pchilik orasida);
2. Destruktiv - men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress holati bo’lmasligi mumkin emas. Bular ko’p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi. Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki past bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi.
Masalan, ba'zida odam organizmida qattiq og’riq bo’lganda, og’riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib yeta olmaslik oqibatida odamda qo’rquv, xavotirlanish paydo bo’ladi va stress holatiga olib keladi.Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta'siri tufayli paydo bo’ladigan stress .Psixologik stress informasion stress va emosional stress turlariga ajraladi.
Informasion stress axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi zo’riqadi (charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar ko’p ishlab chiqara boshlaydi. Haddan tashqari zo’riqish natijasida miyada tormozlanish yuz beradi va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlarni tashqi ta'sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba'zi hollarda salbiy yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Miyada stressga olib kelgan axborot tormozlanib, saqlanib qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga chiqqanda tanglik holatidan chiqib ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin. Emotsional stress-ta'qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar, to’satdan ishdan bo’shatish yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi.
Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, falokat, hayotiy o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi. Falokat - bu notinchlik, urush, yer qimirlash, suv toshqinlari, avtohalokatlar va hokazo. Bularning hammasi inson ruhiy holatiga juda katta salbiy ta'sir ko’rsatadi. Olimlar shuni ta'kidlashadiki, qattiq yer qimirlashi, suv toshqinlari, yong’in bo’lishi kabi falokatlarning inson ruhiyatiga katta ta'sir ko’rsatishi natijasida xavotirlanish darajasi yuqori bo’lishi kuzatiladi. Hayotiy o’zgarishlar - bu insonni hayotida yuz beradigan voqea va hodisalardir.
Masalan, yaqin kishisining halok bo’lishi, kutilmaganda ish o’rnini yo’qotishi, ajralishlar va hokazo. Agarda inson bir qancha inhirozli vaziyatni boshidan o’tkazsa, qattiq kasallanishi va hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.Kundalik tashvishlar - bu ish joylarida sodir bo’ladigan qiyinchiliklar, o’qish joylaridagi o’quvchilarning o’quvchilarga, o’qituvchilarning o’qituvchilarga noto’g’ri munosabatda bo’lishlari, imtihonlarni muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va hokazolarda namoyon bo’ladi.
Kundalik tashvishlar mayda stresslarni kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, mayda stresslar to’planib borib inson sog’liqiga ta'sir ko’rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va boshqalarda kuzatilishi mumkin. Doimiy yuz berib turadigan kundalik tashvishlar, aqliy, jismoniy, emosional va ruhiy zo’riqishga olib kelishi mumkin Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, qiyinroq o’tadi.
Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo’lishi stressli vaziyatga qay darajada munosabatda bo’lishimizga va bu holatni baholashimizga va u bilan kurashishimizga bog’liqdir. Masalan, optimist odamlar stress holatini taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar tug’ildi, deb qabul qilar ekanlar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo’ladi va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib qolaveradilar. Psixologlar Maykl Shayer va Marlz Karver fikricha, optimist inson eng og’ir, qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi, o’z organizmida stress moslashib olishiga yo’l qo’ymaydi. Birinchi bo’lib stress bo’yicha 1932 yili fiziolog Uolter Kennon va 1936 yilda vrach Gans Sele chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar. U.Kennonning gomeostaz nazariyasi asosida 1933 yilda "Psixika va tana" asari yaratildi. Bu asarda barcha tashqi sharoit o’zgarishlariga optimal (to’la) moslasha oladigan bir yaxlit organizm haqida yozilgan. Organizmdagi turli o’zgarishlar, ya'ni ochlik, qo’rquv, jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida "gomeostoz" ya'ni organizmni ichki holatini davomiyligi nazariyasi yaratildi. Uning fikricha, gemostoz va tashqi muhit ta'sirida asosiy o’rinni markaziy va vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan vegetativ nerv tizimi esa gemeostoz holatini saqlab turadi. Bundan organizmni "qochishi va kurashishi" uchun energiya ishlab chiqaruvchi simpatoadrenal tizimi muhim rol o’ynaydi. 2.Emotsional hodisalarning psixologik nazariyalari

  • Faylasuflar va tabiatshunoslar tomonidan emotsiyaning mohiyati va tabiati jiddiy o’rganilganidan so’ng 2 asosiy nuqtai nazar paydo bo’ldi. Ulardan birinchisi intellektualistik nuqtai nazar deb atalib, I.F.Gerbart tomonidan aniq tavsiflangan bo’lib, emotsiyalarning organik namoyon bo’lishi psixik hodisalar oqibatidir.Gerbartning fikricha emotsiya bu – tasavvurlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, nizolar tufayli sodir bo’ladigan psixik buzilishdir. Bu affektiv holat ixtiyorsiz ravishda vegetativ reaktsiyalarni sodir etadi. Ikkinchi nuqtai nazar sensualistlarning fikricha, organik reaktsiyalar psixik hodisalarga ta’sir etadi.

CH.Darvinning emotsiyalarning evolyutsion nazariyasi

  • 1872 yilda nashr etilgan “Odam va hayvonlarda emotsiyalarning ifodalanishi” nomli asarida CH.Darvin emotsiyalar rivojlanishining evolyutsion yo’lini asosladi. Uning mohiyati shundan iboratki, emotsiyalar yoki foydali, yoki evolyutsion jarayonda yashash uchun kurash tufayli sodir bo’ladigan turli maqsadga yo’naltirilgan reaktsiyalarning qoldiqlaridir.

  • G’azablangan inson qizarib ketadi, og’ir nafas oladi, kaftlarini qisib oladi, chunki ibtidoiy jamoa davrida har qanday g’azab, odamlarni urishishga olib kelgan, bu esa energetik muskul qisqarishlarini, muskul ishini ta’minlaydigan qon aylanish va nafas olishni ta’minlagan. Qo’rqqanda qo’llarning terlab ketishi u odamning maymunsimon avlodlarida bu reaktsiya daraxtlarning shoxlaridan ushlab olishni yengillashtirgan. Bu bilan CH.Darvin odamlar va hayvonlar emotsiyalarining paydo bo’lishida umumiylik borligi isbotlangan.

V.Vundtning assotsiativ nazariyasi

  • V.Vundtning emotsiyalar haqidagi tasavvurlari eklektik xarakterga ega. U bir tomondan Gerbartning tasavvurlar hislarga ta’sir etadi, degan fikriga qo’shiladi, boshqa tomondan uning fikricha, emotsiya bu tasavvurlarning kechishiga hislarning bevosita ta’sirida xarakterlanadigan ichki o’zgarishlardir. Vundt “tana” reaktsiyalarini hislarning oqibati sifatida qaraydi.

  • V.Vundtning ta’kidlashicha,mimika sezgining emotsional tonini aks ettirish sifatida dastlab elementar sezgilar bilan bog’liq ravishda vujudga keladi; murakkab oliy hislar keyinchalik paydo bo’lgan. Inson ongida qandaydir emotsiya paydo bo’lganda assotsiatsiya bo’yicha mazmunaan yaqin his yoki sezgi paydo bo’ladi. Ana shu sezgining emotsional toniga mos mimik harakatlarni chaqiradi. Masalan, nafratlanish, jirkanish (pastki labni oldinga chiqarish) og’izga kirgan yoqimsiz narsani tupurganga o’xshash harakatlarga o’xshaydi.

U.Djems,G.Langening periferik nazariyasi

  • Amerikalik psixolog U.Djems (1884) emotsiyaning periferik nazariyasiga asos solgan. Bu nazariya emotsiyalarning ma’lum fiziologik reaktsiyalarga bog’liqligiga asoslanadi.U quyidagicha yozadi:”Biz xafa bo’lamiz va yig’laymiz. Oldimizdan ayiq chiqib qolsa, qo’rqib ketamiz va qochamiz. Dushmanimiz tomonidan jahlimiz chiqarilsa, uni uramiz”.

Daniyalik patalogoanatom K.G.Lange 1895 yilda xuddi shunga o’xshash fikrlar ifoda etilgan asarini nashr etdi.
Uning fikricha, xursandchilik 2 hodisaning natijasidir: ya’ni motor inervatsiyaning kuchayishi va qon tomirlarining kengayishi bilan bog’liq.

  • Lange o’z nazariyasini quyidagi sxemaga kiritadi: Harakat innervatsiyasining sustligi +qon tomirlarining torayishi =xafagarchilik;

  • Harakat innervatsiyasining sustligi +

qon tomirlarining torayishi +organik muskullarning titrashi = qo’rquv;

  • Harakat innervatsiyasining kuchayishi + Qon tomirlarining kengayishi +organik muskullarning titrashi + koordinatsiyaning buzilishi = g’azab;

  • Djems-lange nazariyasi bo’yicha emotsiyalar quyidagicha vujudga keladi: Qo’zg’atuvchi– fiziologik o’zgarishlar vujudga kelishi – bu o’zgarishlar haqida miyaga signallar borishi –emotsiya.

  • Djems-Lange nazariyasini keyinchalik G.Myunsterberg davom ettirgan. Uning ta’kidlashicha, his qilish bu shaxsning olingan tasavvurga reaktsiyasidir. O’qituvchi bola psixikasiga passiv kuzatuvchi sifatida emas, balki faol o’rgatuvchi, ta’lim beruvchi shaxs sifatida ta’sir qilishi mumkin. M.: bola yoqimsiz baliq yog’ini iste’mol qilayotganda, ko’zlarini katta-katta ochib, bu shirin narsa deb tasavur etib , iste’mol qilsa yoqimsiz narsa yoqimliday, achchiq narsa ham shirinday tuyulishi mumkin.

  • Djems-lange nazaryasining kamchiligi. Emotsiya paydo bo’lishining tabiiy emasligidir. Xafa bo’lish uchun nima uchun sabasiz yig’lash, xursand bo’lish uchun nima uchun kulish kerak. Nima uchun artistday rolь bajarish kerak?

U.Kennon-P.Bard nazariyasi

  • U.Kennon emotsiya markaziy nerv tizimi, jumladan talamusning maxsus reaktsiyasi oqibatida vujudga keladi, va emotsiya vujudga kelishini quyidagi sxemada tasvirlagan

  • Qo’zg’atuvchi –talamusning qo’zg’alishi –emotsiya– fiziologik o’zgarishlar

P.Bard(1934) fiziologik o’zgarishlar va emotsional kechinmalar bir vaqtda sodir bo’ladi va sxema quyidagichashaklga ega bo’ladi:
emotsiya qo’zg’atuvchi fiziologik o’zgarishlar
I.Ueynbaumning tomirli nazariyasi

  • XX asrning boshlarida I.Ueynbaum yuz muskullari va miyaga qon borishi orasida bog’liqlik borligini aniqladi,hamda yuz muskullari qon oqishini boshqarib turishi mumkin degan farazni ilgari surdi.Vena va arteriyaarga qarama-qarshi ta’sir etib miyaga qon borishi yoki qaytishini kuchaytirdi.Bu esa sub’ektiv kechinmalarning o’zgarishi bilan ta’minlanadi.

  • So’nggi vaqtlarda bu nazariya R.Zayants tomonidan sal o’zgartirilgan holda qayta tiklandi. Ueynbaumdan farqli ravishda R.Zayants yuz muskullari arterial emas, vena qon tomirlarini boshqaradi, degan fikrni ilgari surdi.

P.K.Anoxinning emotsiyalar biologik nazariyasi

  • Olimning fikricha, ehtiyojlarning paydo bo’lishi, insonda salbiy emotsiyalarni paydo qiladi, bu esa organizmni qulay usullar bilan uni qondirishga undaydi, ehtiyoj qondirilgach, ijobiy emotsiyalar paydo bo’ladi. Agar olingan natija maqsadga mos bo’lmasa, emotsional notinchlik sodir bo’ladi, maqsadga erishishning muvaffaqiyatliroq usullari izlanadi.

Emotsiyalarning frustratsion nazariyasi.

  • Bu nazariya salbiy emotsiyalarning paydo bo’lishini ehtiyojlarning qiziqishlarning qondirilmasligi oqibati, muvaffaqiyatsizlik oqibati sifatida tushuntiradi.jahldorlik,g’azab, yarost, qo’rquvni kiritish mumkin.

  • Bu nazariyaga Dj.Dьyui asos solgan bo’lib, uning fikricha, emotsiya ixtiyoriy xulq-atvor shakllari to’siqqa uchraganda vujudga keladi.

L.Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi
Bu nazariyaga ko’ra faoliyatning kutilgan va haqiqiy natijasi orasida farq bo’lsa (kognitiv dissonans) salbiy emotsiyalar paydo bo’ladi. KUtilma va natijaning mos kelishi esa(kognitiv konsonans)ijobiy emotsyalarni paydo qiladi.
Emotsiyalarning kognitiv nazariyasi

  • Bu nazariyalar kognitiv psixologiyaning oqibati sifatida paydo bo’lib,emotsiyalar paydo bo’lishining asosiy mexanizmi sifatida bilish jarayonlari yotadi.Ulardan biri S.SHexterning kognitiv fiziologik nazariyasidir.SHexterning fikricha,emotsiyaning vujudga kelishi so’zli qo’zg’atuvchilar yordamida o’zgartirilishi mumkin.

Sizning xronologik yoshingiz - bu sizning tug'ilgan kuningizdan ma'lum sanaga o'tgan vaqt. Bu sizning yoshingiz yillar, oylar, kunlar va boshqalar bo'yicha. Bu odamlar o'z yoshlarini aniqlashning asosiy usuli.Bu shuningdek surunkali kasalliklar, o'lim va tana funktsiyalari, masalan, eshitish va xotira buzilishlari uchun asosiy xavf omilidir.Haqiqiy son turli xil biologik va fiziologik rivojlanish omillariga to'g'ri keladi. Ulardan ba'zilari:xronologik yoshgenetika (masalan, tanangizning antioksidant himoyasi qanchalik tez boshlanadi)turmush tarzioziqlanishkasalliklar va boshqa holatlarUshbu ko'rsatmalardan foydalangan holda turli xil matematik modellar bilan bir qatorda tibbiyot mutaxassislari tanangizning qaysi yoshga o'xshash "harakat qilishini" aniqlay olishadi.
Xronologik yosh omil bo'lsa-da, sizning xronologik yoshingiz bilan bir xil biologik yoshga ega bo'lishingiz mumkin emas.Masalan, agar siz sport bilan shug'ullanmaydigan 28 yoshli erkak bo'lsangiz, faqat yog'li ovqatlarni iste'mol qilsangiz va so'nggi 10 yil ichida kuniga besh quti sigaret cheksangiz, ehtimol sizning biologik yoshingiz bo'lishi mumkin 28 yoshdan katta."Xronologik yoh" deganda odamning tirik bo'lgan haqiqiy vaqtini bildiradi. Bohqacha qilib aytganda, inon tirik bo'lgan kunlar, oylar yoki yillar oni o'zgarmaydi, qanchalik Xronologik yosh" deganda odamning tirik bo'lgan haqiqiy vaqtini bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, inson tirik bo'lgan kunlar, oylar yoki yillar soni o'zgarmaydi, qanchalik sog'lom turmush tarzidan qat'iy nazar - hatto katta jismoniy mashqlar va ovqatlanish odatlariga to'la - ular yashamoqda.Har kim har xil darajada qariydi. Ba'zi odamlar juda tez qariydiganga o'xshaydi, boshqalari esa qarishni ancha asta-sekinlik bilan boshdan kechirmoqda. Biz hammamiz birinchi marta o'zlaridan ancha yoshroq yoki kattaroq ko'rinadigan odam bilan uchrashishni boshdan kechirdik.Odamlar sifatida bizda ikki xil yosh bor: xronologik va biologik. Xronologik yosh - bu odam yashagan yillar soni, biologik yosh esa odamning necha yoshini anglatadiko'rinadi.
Fiziologik yosh deb ham ataladigan biologik yosh ko'plab turmush tarzi omillarini, shu jumladan ovqatlanish, jismoniy mashqlar va uxlash odatlarini hisobga oladi.Qanday yoshga etishishimiz bizning nazoratimizdan tashqarida. Bunga birinchi navbatda genetika ta'sir qiladi, ammo yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar qarishga tashqi omillar, jumladan, ovqatlanish, jismoniy mashqlar, stress va chekish ta'sir qilishi mumkinligini yoritib beradi. Ko'pgina gerontologlar xronologik yoshni to'liq bo'lmagan raqam deb hisoblashadi, chunki bu tashqi omillarni hisobga olmaydi.Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki telomerlar va DNK metilatsiyasi qarish jarayonida katta rol o'ynaydi.
Telomerlar xromosomalarning uchlaridagi nukleotidlardir. Ular xromosomalarning uchlarini buzilishidan saqlaydi va yaqin atrofdagi xromosoma bilan birlashadi. Aslida telomeralar hujayralarning qanchalik tez qarishini va o'lishini belgilaydi.Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki telomerlar va DNK metilatsiyasi qarish jarayonida katta rol o'ynaydi.Telomerlar xromosomalarning uchlaridagi nukleotidlardir. Ular xromosomalarning uchlarini buzilishidan saqlaydi va yaqin atrofdagi xromosoma bilan birlashadi. Aslida telomeralar hujayralarning qanchalik tez qarishini va o'lishini belgilaydi.Olimlar odamning xronologik yoshi qancha yuqori bo'lsa, uning telomerlari shunchalik qisqarishini aniqladilar. Bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, telomerasi qisqaroq odamlarda erta o'lim yoki kasallik yoki neyrodejenerativ kasallik paydo bo'lishi ehtimoli ko'proq bo'lgan.
Yana bir tadqiqot shuni ko'rsatadiki, sog'lom turmush tarzini saqlab qolish telomeralarni cho'zish orqali qarishni orqaga qaytarishi mumkin, bu bizning yoshi ulug 'odamlarga yaxshi yangilik. madaniyat.Inson tanasining rivojlanishi doimiy ravishda, hayot davomida sodir bo'ladi. Insonning individual rivojlanishi jarayonida bir qator davrlarni ajratish mumkin, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu davrlarning har birining davomiyligi ma'lum bir turning organizmining biologik xususiyatlari bilan belgilanadi va ko'p jihatdan ijtimoiy va ekologik omillarning ta'siriga bog'liq.Biror kishining "hayot davri" tushunchasi "yosh" tushunchasi bilan chambarchas bog'liq.
Ostida yoshiga qarab tushunishga qabul qilindi:
1) organizmning paydo bo'lishidan boshlab hozirgi kungacha yoki boshqa har qanday lahzalardagi vaqt davri;
2) tananing biologik evolyutsiyasi, ya'ni. uning hayotining o'ziga xos xususiyati bo'lib, u tug'ilish, o'sish, rivojlanish, kamolot va qarish davrini aks ettiradi.Xronologik (pasport, taqvim) va biologik (anatomik va fiziologik) yoshni ajrating.Xronologik asr - bu tug'ilishdan boshlab hisoblash paytigacha bo'lgan davr, ya'ni. o'qish sanasi va tug'ilgan sana o'rtasidagi farq. Biologik yosh - tananing biologik holatini, uning hayotiylik darajasini va umumiy salomatligini tavsiflovchi xususiyatlar to'plami.
Xronologik asrning aniq chegaralari bor - soat, kun, oy, yil. Bundan tashqari, ushbu muayyan organizmning biologik xususiyatlari hisobga olinmaydi.Biologik yosh tanadagi metabolik, anatomik, funktsional, tartibga solish, psixologik xususiyatlar, moslashuvchan qobiliyatlarning umumiyligi bilan belgilanadi. Shuningdek, u muayyan vaqt davrlarini ifodalaydi, ammo taqvimdan farqli o'laroq, biologik yoshdagi vaqt oraliqlari, bu davrda yosh bilan bog'liq o'zgarmas o'zgarishlar ro'y beradi. Aynan shu vaqt oraliqlari inson hayotining yoshga bog'liqligi davr mezonlari sifatida ishlatiladi, chunki organizm va uning tizimlarining funktsional rivojlanishining ko'pgina ko'rsatkichlari asosan biologik yoshga va ozroq taqvim yoshiga bog'liqdir.
Biologik yosh xronologik ko'rinishga mos kelmasligi mumkin.Ba'zi patologik sharoitlarda (masalan, progeriya davrida) biologik yosh taqvimdan oldinda, boshqalarida esa uning orqasida (masalan, infantilizm bilan).
Xronologik va biologik yosh tushunchalari o'rtasidagi tafovut, shuningdek, tananing konstitutsiyaviy va irqiy xususiyatlariga, inson salomatligi holatiga, iqlim sharoiti, xun rejimi va tabiat bilan bog'liq mintaqaviy farqlarga va boshqalarga bog'liq.Yosh davrlarini taqsimlash o'zboshimchalik bilan amalga oshiriladi va yosh davrlari g'oyasi nisbiydir, ammo amaliy maqsadlar uchun ushbu bo'linish zarur. Hayotning ma'lum bosqichlari, insonning muayyan yosh davri, ularning davomiyligi bir qator omillarga bog'liq: tananing biologik xususiyatlari, ijtimoiy omillar (atrof-muhit sharoiti, turmush darajasi), ilmiy bilim darajasi va salomatlik holati.Yosh davri - alohida to'qimalar, organlar, tananing tizimlari va umuman organizmning morfologik va funktsional rivojlanishining ma'lum bir bosqichini yakunlash uchun zarur bo'lgan bu yoki o'sha davrlar, vaqt oraliqlari.
Ontogenez davomida uchta asosiy davrni ajratish mumkin:O'sish va rivojlanish davri, funktsional tizimlarning shakllanishi, morfologik, jinsiy, psixologik etuklik yoshiga qadar davom etadigan davr; Nisbiy barqarorlik, tananing funktsional tizimlarining etukligi davri; Reproduktiv funktsiyani to'xtatgandan keyin paydo bo'ladigan tananing qarishi davrida funktsional tizimlarning yo'q bo'lib ketishi, zaiflashishi va yo'q qilinishi davri.
Bu yoki boshqa yosh davrlari orasidagi chegaralar har doim ham aniq belgilanishi mumkin emas.Yoshlik davrlariga bo'linish bolalik uchun eng rivojlangan, chunki bolalik davri doimiy rivojlanish va rivojlanish jarayoni bilan tavsiflanadi, bunda bolaning organlari va funktsional tizimlari ma'lum yosh chegaralariga muvofiq o'zgaradi.Bolalikda 2 bosqich va 6 rivojlanish davri ajratiladi:
A. Intrauterin bosqich:a) embrion rivojlanish bosqichi (2-3 oygacha)b) platsenta (homila) rivojlanish bosqichi (3 oydan boshlab)B. Ekstrauterin bosqich:1) neonatal davr (neonatal) (hayotning birinchi 4 haftasi);
2) bolalik davri - go'dak (1 oy - 12 oy);
3) maktabgacha yoki erta bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
4) maktabgacha yoshdagi davr (3 yoshdan 6-7 yoshgacha);
5) boshlang'ich maktab davri (7-8 yoshdan 10-11 yoshgacha);
6) katta maktab yoki o'smirlik davri (11-12 yoshdan 16-18 yoshgacha).
Tanadagi eng muhim o'zgarishlar bolalar Bola hayotining ushbu kichik bosqichlarini aniq va ishonchli ajratish imkonini beradigan, hayotning birinchi yilida, tom ma'noda har oy rivojlanishda sifat jihatidan yangi, juda sezilarli o'zgarishlar ro'y berganda. Bunday aniq va aniq farqni boshqa biron bir yosh davrda amalga oshirib bo'lmaydi.Hayotda kattalar shuningdek, odam muayyan bosqichlarni yoki yosh davrlarini ajrata oladi. Biroq, bu davrlarni tasniflash va vaqt chegaralari farq qilishi mumkin, bu yoshga bog'liq fiziologiya, inson biologiyasi sohasidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishi bilan bog'liq.
Hozirda quyidagilar kattalar hayotidagi davrlar:1) yoshlik davri (ayollar uchun 16 yoshdan 20 yoshgacha, erkaklar uchun 17 yoshdan 21 yoshgacha);2) balog'at yoshi (ayollar uchun 20 yoshdan 55 yoshgacha, erkaklar uchun 21 yoshdan 60 yoshgacha)
a) I davr - ayollar uchun 20 yoshdan 35 yoshgacha, erkaklar uchun 21 yoshdan 35 yoshgacha
b) II subperiod ayollar uchun 35 yoshdan 55 yoshgacha, erkaklar uchun 35 yoshdan 60 yoshgacha Tanada sodir bo'ladigan jarayonlarning ahamiyati tufayli, etuk va keksalik chegarasida maxsus yosh davri ajralib chiqadi - menopauza (ayollar uchun 45 yoshdan 60 yoshgacha, erkaklar uchun 50 yoshdan 60 yoshgacha);3) yoshi kattaroq (ayollar uchun 55 yoshdan 75 yoshgacha, erkaklar uchun 60 yoshdan 75 yoshgacha);
4) qarilik yoshi (75 yoshdan 90 yoshgacha);
5) kech keksaygan yoki makrobiotik, yoshi (90 yoshdan keyin; bunday odamlarni yuz yilliklar deb atashadi).
Ushbu davrlarning yosh chegaralari, ayniqsa katta yoshdagi guruhlar uchun o'zboshimchalik bilan namoyon bo'ladi. Dunyoda qarilikning umume'tirof etilgan ta'rifi yo'q.Odatda, pensiya yoshi asos sifatida qabul qilinadi, ammo turli mamlakatlarda u bir xil emas, erkaklar va ayollar uchun, turli xil kasbiy guruhlar uchun farq qiladi. Bundan tashqari, umr ko'rish davomiyligining o'sishi, yashash sharoitining yaxshilanishi bilan u o'zgarishi mumkin.
Inson hayotining bosqichlarini ajratish turli xil anatomik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy xususiyatlar, ba'zi ehtiyojlardagi farqlar, shuningdek ularni qanday qondirish kerakligi bilan bog'liq. Shu sababli, inson hayotining davriyligi etarli darajada yashash, ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish va hokazolar bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhimdir.
Har bir yosh davrida, ayniqsa muhim tanqidiy yoki tanqidiy genetik rivojlanish dasturi o'zgarganda va tananing salbiy atrof-muhit omillari ta'siriga sezgirligi keskin oshadi. Kritik davrlar ontogenezning ushbu davrlarida salomatlik shakllanganda alohida e'tibor talab qiladigan fiziologik, psixologik va morfologik o'zgarishlar bilan ajralib turadi. Masalan, rivojlanishning muhim davri - bu ijtimoiy sharoitning keskin o'zgarishi davrida miyaning asosiy jarayonlarining morfofunktsional kamolotida sifatli o'zgarishlar yuz berganda, ta'lim boshlangan asr.
Kritik davrlarga, avvalambor, neonatal davr, balog'at (balog'at), menopauza va qarish kiradi.Bunday tanqidiy davrlar balog'at yoshida mavjud bo'lib, ular fiziologik va ma'lum darajada hayotning muayyan davrining psixologik va ijtimoiy xususiyatlari bilan bog'liq.Bolalarning o'sishi va rivojlanishining muhim bosqichlari Yu.E. tomonidan ishlab chiqilgan. Veltishchev. Amaliyotchi uchun quyidagi muhim davrlar eng muhim hisoblanadi:
3-4 oylik hayot - o'zlarining himoya tizimlarini yoqish paytida immunologik va metabolik stress (onaning himoyasi yoki "passiv immunitet" tushadi, fosfor-kaltsiy metabolizmini qayta qurish);


xulosa
emotsional ta`sirga boshidanoq tushib qolmaslik uchun qilinishi lozim bo`lgan eng yaxshi amaliyot bu rozi bo`lish va dublikatsiya. bunda hissiy ta`sir o`tkazmoqchi bo`lgan inson o`zi nima deganini eshitadi. -- ты дура!--да, я дура! ( дубликация) bunda insondan kuchli zarba keladi, o`zini kuchi o`ziga qaytariladi, shunda u o`chib qoladi va davom etmaydi. e`tibotingiz uchun rahmat

Foydalanilgan adabiyotlar


Nemov R.S. Psixologiya. Kn. 1,2 ; M.: Vlados-2003, 1-2 tom


Xorijiy adabiyotlar
William Damon,Richard M. Lerner Handbook of Child Psychology, Theoretical Models of human Development . © 2006- Psychology
David G. Myers. Psychology. © 2010 by Worth Publishers.
Ijtimoiy tarmoqlar http://fayllar uz, Arxiv.uz


Yüklə 33,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə