Referat mavzu: Korrupsiya tushunchasining mazmun mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari


partiyalar bu borada tashabbus hamda tashkiliy ishlarni amalga oshirishni negadir



Yüklə 183,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix05.04.2023
ölçüsü183,09 Kb.
#104342
növüReferat
1   2   3   4
Referat Asil


partiyalar bu borada tashabbus hamda tashkiliy ishlarni amalga oshirishni negadir 
paysalga solmoqda. 
Toʻgʻri, keyingi vaqtlarda, xususan, 2017-yildan boshlab, mamlakatimizda 
“parlament nazorati”, “jamoatchilik nazorati”, degan atamalar taomilga kiritildi, bu 
borada ilk qonunlar qabul qilindi. Demak, biz mazkur sohada ishlaydigan tizimni 


tezlikda yaratishimiz, milliy mentalitetni hisobga olgan holda, Janubi-sharqiy Osiyo 
mamlakatlari ilgʻor tajribasini qoʻllashga oʻtishimiz lozim. Jamoatchilik nazoratisiz 
Oʻzbekistonda siyosiy tizim islohotlarini amalga oshirib boʻlmaydi. 
Ayniqsa, modernizatsiya, yangilanish, islohotlar bilan korrupsiyaning bir-biriga 
“qoni qoʻshilmaydi”, yangilik bilan eskilik tarafdorlari, fan, innovatsiya, kreativ 
fikrlovchilar bilan eski byurokratiya avlodi oʻrtasida muttasil kurash davom etadi. 
Korrupsiya — chegara bilmas “ajdaho”, u aldamchilik, poraxoʻrlik va pulni 
“yuvish”ning aniq “chizma” (sxema)laridan tashkil topgan. Rossiyada kechroq 
boʻlsa-da, unga qarshi yangi mexanizm choralari qidirilmoqda. 
Sababi B. Yelsin hokimiyati davrida mamlakatda iqtisodiyotni rejali va maqsadli 
boshqarish tizimi butunlay izdan chiqib, koʻproq oʻarbning taʼsiriga tushib qolgandi, 
parallel ravishda rejasiz (miyasiz) hamda jinoiy iqtisodiyot baravar olib borilgan edi. 
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy xavfsizlik akademiyasining maʼlumotiga 
koʻra, 2015-yil oxirida mamlakatda iqtisodiyotning jinoyatlashganligi darajasijuda 
“tang” ahvolda boʻlib, “xufiyona iqtisodiyot” yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 40 
foiz koʻrsatkichi darajasiga yetgan, 1991-yilda esa bor-yoʻgʻi 11 foiz boʻlgandi. 
“Transparency Int” (TI) korrupsiyaga qarshi tadqiqot markazining 2017-yildagi 
maʼlumotiga koʻra, Rossiyada korrupsiya holatini oʻzlashtirish indeksi 2,3 ballni 
tashkil qilib, 180 davlat ichida 143-oʻringa — Gambiya, Indoneziya va Togo 
darajasiga tushib qolgan... 
Yuqorida taʼkidlangan xalqaro tashkilot 2018-yilgi korrupsiyani qabul qilish 
indeksini eʼlon qildi. 100 ballik indeksga koʻra, Oʻzbekiston 23 ball olib, umumiy 
reytingda 180 mamlakat va hududlar orasida 158-oʻrindan joy olgan. Ushbu reyting 
0 (korrupsiyani idrok etishning juda yuqori darajasi) dan 100 gacha (juda past) 
shkalada hisoblab chiqiladi. 
Korrupsiyani idrok etish indeksini — davlat sektoridagi korrupsiya darajasini 
ekspert va biznes vakillari baholaydi. Avvalgi yillarda boʻlgani kabi, dunyo 
mamlakatlarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining oʻrtacha bali 43 dan 50 gacha 
koʻrsatkichda turibdi. Indeks tuzuvchilarning fikricha, bu aksariyat mamlakatlarning 
-korrupsiyani jiddiy nazorat qila olmaganligi va demokratiyaning inqirozidan 
dalolat beradi. 


Daniya 88 “ochko” bilan peshqadamlikni Yangi Zelandiyadan qaytarib oldi. Kuchli 
oʻnlikka Finlyandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveysariya (har biri 85 ball), 
Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Kanada va Lyuksemburg (81 ball) kirgan. Eng 
yomon koʻrsatkich Somali (10), Suriya, Janubiy Sudan (13), Yaman va Shimoliy 
Koreyada (14). 
“Bizning tadqiqotlarimiz sogʻlom demokratiya bilan davlat sektoridagi korrupsiyaga 
qarshi kurash oʻrtasida aniq bogʻliqlikni koʻrsatib berdi”, deydi xalqaro tashkilot 
raisi Delia Ferreyra Rubio. 
Sobiq SSSR mamlakatlarida 2018-yilda Korrupsiyani anglash indeksi boʻyicha 
Estoniya 18-oʻrinni, Gruziya — 41, Belarus — 70, Qozogʻiston — 124, Tojikiston 
— 152, Oʻzbekiston 158-oʻrinni egallagan. 
2020-yil 29-iyunda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga 
qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish 
agentligi bu borada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan birga, 
ana shu koʻrsatkichni yaxshilash ustida koʻp ishlashi kerak. 
Bunda bir omilga ahamiyat berilishi, yaʼni koʻchmas mulk sotib olinayotganda 
pullarningkelib chiqishi qonuniyligi tekshirilishi zarur, deb hisoblaymiz. Vaholanki, 
bizda juda qimmat uylar egalari ularni sotib olish yoki qurish uchun mablagʻni 
qayerdan olgani surishtirilmaydi ham (2021-yilda deklaratsiya toʻldiriladi, ungacha 
mulklar imkon qadar “boshqa”ga oʻtkazilishi mumkin). 
Qonunchilik tizimida ham kamchilik mavjud. Misol uchun, xonandalar yoki boshqa 
ayrim toifa kishilarining xohlagancha qasr uylar qurishiga, televideniyeda koʻz-koʻz 
qilinishiga yoʻl qoʻyilishi qonunlar yaxshi ishlamayotganidan darak beradi. 
Masalaning maʼnaviy tarafi ham borki, yengilgina yoʻl bilan bunday shohona 
yashash bir vaqtlar prokuror yoki DAN xodimi tayyorlaydigan oʻqishga kirishni 
istovchi yoshlar koʻpayganiga oʻxshash holatni paydo qilishi mumkin. 
Demak, bu isteʼdodi boʻlmasa-da, oddiygina texnika, fonogrammaga suyanib, 
moʻmay pul topadiganxonandalar sonining 10 baravar oshishiga olib keladi. Bu 
fikrga koʻpchilik qarshi chiqishi mumkin. Ammo jamiyatda barcha sohada teng 
muvozanatni saqlashdek “oltin qoida” buzilmasligi tarafdorimiz. Fonogrammada 
aytilgan qoʻshiqning CD disklarini yozib olish, koʻpaytirish va sotish bilan 


shugʻullanuvchilarga ham shunday “imtiyoz”lar belgilanishi, soliq toʻlamasligi 
oqibatida Davlat byudjeti katta iqtisodiy zarar koʻrishiga ham toqat qilib boʻlmaydi. 
Bunday korrupsiogen holatlarning ildiz otishiga, bir guruh kishilarning boyib 
ketishiga yillar davomida sharoit yaratilgan. Deylik, savodi haminqadar xonanda yo 
disk koʻpaytiruvchi oʻzi oʻqitgan maktab muallimi yoki uzoq yillar davomida ilm 
bilan shugʻullangan olimdan ham koʻproq mablagʻ topishiga imkoniyat yaratilishi 
adolatsizlik va korrupsiyaning ochiq koʻrinishi emasmi?! 
Aholi tabaqalari daromadlarining farqlanish miqdori keskin oʻzgargani 
iqtisodchilarni tashvishga solmoqda. Misol uchun, sobiq ittifoq statistika qoʻmitasi 
maʼlumotiga koʻra, bu 1956-yilda 3,28, 1986-yilda 3,38 ga yetgan — qariyb teng 
boʻlsa, mustaqillik yillarida boy va kambagʻallar daromadidagi farq ancha 
koʻpaygan. Rasmiy maʼlumotlarda 10 foiz eng badavlat kishilar daromadi eng 
kambagʻal fuqarolarning daromadlaridan 10 — 15-marta oshib ketganligi maʼlum 
boʻlmoqda. 
Koʻplab ekspertlar “yashirin iqtisodiyot” hisobga olinganda, oʻrtadagi haqiqiy 
tafovut 25 — 40 marotaba ekanligini qayd etmoqda. Hozirgi kunda yashash 
minimumidan past darajada kun kechirayotgan kambagʻal aholi 15 foizdir. Bu 
masalada 2019-yildan boshlab katta siljish kuzatilgan, hatto butun bir vazirlik 
ishlayotgan boʻlsa-da, oʻrtadagi farqning kuchayib borishi jamiyat qatlamlarida turli 
fikrlarni paydo qilishi mumkin. 
3.
Mamlakatimiz mazkur muammoga qarshi mustaqillikdan buyon kurashib 
kelmoqda . Joriy yilning 4-yanvaridan esa “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to’g’risida” gi qonun kuchga kirdi. Bu qonun 6 bob va 34 moddadan iborat bo’lib , 
unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va 
me’yorlar belgilangan. 
Korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini 
yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish 
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi , xuddi shuningdek , bunday nafni 
qonunga xilof ravishda taqdim etish. 
Muqaddas kitobimizda ham “ Bir – biringizni mulklaringizni noqonuniy yo’l bilan 
o’zlashtirib olmang yoki qozi ( sudya , hakam ) larni sotib olmang va boshqa bir 
inson haqqiga egadorlik qilmang “ deyilgan. E’tibor bilan dunyoga nazar solsak , 


dunyodagi rivojlangan davlatlarning deyarli barchasida korrupsiya kam . Xalqaro 
institutlarning xabar berishicha rivojlangan davlatlarda korrupsiya maksimal 15 % 
ekan, demak u davlatlar korrupsiyaga qarshi samarali kurasha olgani uchun ham 
hozirda rivojlangan davlatlar qatorida o’rin egallab turibdi. 
2020-2021-yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga 
qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish 
choralari koʻrilishi sohada tub oʻzgarishlarga turtki berishiga ishonamiz. Agentlikka 
xalqaro konvensiya talablarini bajarish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni 
muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va 
vakolatlari yuklatilishi, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash 
boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi idoraning maqom hamda nufuzini yana-da 
oshirishga xizmat qiladi. 
Demak, milliy taraqqiyotga toʻsiq boʻlib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish 
yoʻlida dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, korrupsiyaga qarshi kurashda 
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu 
jirkanch illatga murosasiz boʻlmas ekan, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini 
oʻrnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. 
Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada 
ayollarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan 
luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol 
rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror 
topishi, shubhasiz. 
Korrupsiya — tamagirlikning yuqori nuqtasi. Unga qarshi kurashish uchun 
amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi. Ushbu vaziyatdan chiqish usuli shuki, 
avvalo, davlat byurokratik apparati hajmi imkon qadar kamayishi, fuqarolarning 
shaxsiy hayotiga va iqtisodiy faoliyatiga davlatning minimal aralashuvi, 
monopoliyaga barham berilishi lozim. 
Toʻgʻri, korrupsiyaga qarshi kurashish turli mamlakatlarda turlicha namoyon 
boʻladi. Ammo davlat xizmatida oʻgʻrilamaslik uchun dunyoda faqat ikkita retsept 
tan olinadi: 1. Shveysariya — vaqtni qisqartirish. 
Xitoy — hayotni qisqartirish. 


Albatta, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keskin kurashish choralari 
koʻrilmoqda. Tadqiqotlar biror-bir illatga barham berishda eng samarali vosita 
illatning oʻzi bilan emas, balki sababi bilan kurashish ekanini koʻrsatmoqda. 
Bizningcha, bu yaramas illatga qarshi kurashishni quyidagi muammolarning 
yechimidan boshlash tavsiya etiladi: agentlik tomonidan korrupsiya tarkibiy qismiga 
kiradigan qonun hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi; davlat muassasalari ustidan 
jamoatchilik nazorati (ochiqlik indeksi) oʻrnatilishi; hokimlar va vazirlar parlament 
hamda mahalliy Kengashlar tomonidan tasdiqlanishi; barcha davlat xizmatlari 
“Yagona oyna” markazlariga oʻtkazilishi, sud tizimi mustaqilligi mustahkamlanishi; 
davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi, mansabdor shaxslarning ish haqini 
biznesdagiga oʻxshash ish haqidan 2-3 baravar koʻp boʻlishiga erishilishi (Gruziya 
tajribasi) kerak. 
Buning uchun mustaqil komissiya va markazlarni tuzish, haqiqiy ahvolni jiddiy 
oʻrganish, barcha tadqiqotlar hamda axborotlarni muntazam yigʻib boradigan 
yagona markaz tezda ish boshlashi talab etiladi. Chunki qiladigan ish va vazifa oʻn 
yillarga yetgulik. 
Tan olish joizki, davlat xaridlari, investitsiya, bank, soliq, bojxona, bozorlar, qurilish 
tizimida korrupsiyaga aloqador shaxslar yaxshi daromad koʻradi. Qonunchilik 
amaliyoti, huquq-tartibot organlarining ularga qarshi turish borasida oʻta “ojizligi”, 
“zaifligi”, hatto xayrixohligi holatlari ishimizga xalaqit berib, buning oqibatida xalq 
va davlatning yer osti hamda yer usti boyligini oʻzlashtirish evaziga chet ellarda 
dangʻillama villalarga egalik qilish holatlari koʻpayib boradi. 
Jamiyat aʼzolarini birday qiynab kelayotgan baloi ofatga qarshi kurashish uchun biz 
qoʻshni davlatlar tajribasini oʻrganish va saboqlar chiqarish yoʻlida izlanib, 
Rossiyadagi ahvolni koʻzdan kechirdik: 2000-yillar avvalida ulkan mamlakatning 
milliy xavfsizligiga korrupsiya xavf sola boshlagach (asosan, yer osti boyliklari va 
mudofaa sohasi mablagʻlarini talon-toroj qilish), maxsus idora ochildi, mavjud 
muammolar -xalqaro tajriba bilan taqqoslanib, “homiy” vazifasini bajargan huquq-
tartibot organlari, soliq, bojxona xizmati tizimi rahbarlariga keskin choralar koʻrildi. 
Ichki ishlar organi tizimi butunlay isloh etildi. Kriminal tarmoqlardagi uzoq yillik 
korrupsiya holatlari ishonchli dalillar orqali fosh qilinib, yirik jinoiy ishlar ochildi. 


Toʻgʻri, B. Yelsin hokimiyati davrida masalaga panja orqasidan qarab kelingan edi. 
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin nazoratiga oʻtgan koʻplab maxsus ilmiy 
markazlar, jamoat tashkilotlari qisqa muddatda vazirliklar va mintaqalardagi 
korrupsiya darajasini aniqlab oldilar. 
Masalan, Moskva hamda markaziy shaharlarda korrupsiya yuqori, uzoq oʻlkalarda 
kamroq rivojlangan edi. Ayniqsa, sud, prokuratura, ichki ishlar organlarida, oliy 
oʻquv yurtlarida korrupsion tizim “samarali” ishlaganligi aniqlanib, minglab 
mansabdor shaxslar lavozimidan ozod qilindi. Bundan xulosa chiqargan tamagir 
rahbarlar siyosiy vaziyatdan sal choʻchib, oʻzlarini “panaga tortdi”. 
Aytish mumkinki, oʻzbek siyosatchilari, davlat arboblari, olimlari oʻrganaman desa 
dunyo mamlakatlarida bunday jihatlar koʻplab topiladi. Misol uchun, Singapurda 
pora olishdan bosh tortgan amaldorlarga mukofotlar tarqatiladi. Yaponiya davlat 
sektori xodimlarining vijdonliligi baholab boriladi. Biz oʻziga xos bunday islohotlar 
tag-zaminidagi ichki va tashqi omillarni tadqiq etishimiz zarur. Bulardan tashqari, 
“konfutsiycha kapitalizm”, suxartocha siyosat, Maxatxira (ruxu nigara) 
gʻoyalarining mazmun-mohiyati ham deyarli oʻrganilmagan. 
Xullas, davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash 
boʻyicha chora-tadbirlarni joriy etish, aholining korrupsiyaga qarshi qarashlarini 
shakllantirish boʻyicha xalqaro tajribalar hech qachon zarar qilmagan. 
Oʻzbekistonda bu borada toʻplangan muammolar Rossiyanikiga yaqin turadi, 
demak, dastlabki tadbirlar ana shu sxema asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Korrupsiya ildiziga bolta urishda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ustuvor mavqeni 
egallashi lozim, degan fikrdamiz. 
Lekin afsuski, MDH davlatlarida kimningdir tazyiqi, koʻrsatmasi yoki tamagirligi, 
mansabdorning sotib olinishi evaziga sudlarning adolatsiz hukmlar chiqarishi hollari 
koʻp uchraydi (yurtimiz ham mustasno emas). Sud tizimi siyosiy hokimiyatning 
itoatgoʻy, tobe organiga aylanishi kasallikning battar gazak olishiga olib keladi. 
Jonli misol, mahalliy hokimlarning fuqarolar va yuridik shaxslarga yerni ajratishi, 
koʻp yildirki, biznesga, kimoshdi savdosiga aylanib, rosa korrupsiyalashganligi bois, 
ular chiqargan qarorlarning teng yarmi, qariyb 2000 tasi sudlar tomonidan bekor 
qilingani, soʻng deputatlar qistovi bilan mazkur vazifaning geokadastr tashkilotiga 
oʻtkazilgani shu sohada tashlangan dadil qadam boʻldi. Bulardan tashqari, oʻnlab 


vakolatlar jamoat tashkilotlari ixtiyoriga topshirildi. Ishonamizki, bunday 
demokratik jarayon davom ettiriladi. 
Mamlakatimizda ham siyosiy, ham iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish paytida 
korrupsiya jiddiy toʻsiq boʻlayotgani jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Shu bois 
Yurtboshimiz boshlab bergan jamiyatni demokratlashtirish, modernizatsiyalash 
jarayonlari qiyinchilik bilan davom etmoqda. Iqtisodiyotning investitsiya kiritilgan, 
“pul ishlaydigan”, birmuncha “yogʻli” tarmoqlariga oʻrnashib olgan “korrupsiya 
halqasi” milliy taraqqiyotimizning dushmani, jamoat nazorati esa ularga qarshi 
kurashda ojizlik qilayotgani ham afsuski bor gap. Mamlakatda korrupsiya sxemalari, 
mehnat qilmasdan tezda boyib qolish mexanizmlari, ishlangan usullari “zanjiri” uzib 
tashlanmas ekan, davlatimizning har qanday siyosiy, iqtisodiy islohotini hayotga 
olib kirish, xalqni farovon qilish vazifasi qogʻozda qolib ketaveradi. 
Shu oʻrinda yana bir toifa haqida alohida toʻxtalib oʻtish zarur, deb hisoblaymiz. 
Maʼlumki, 1990-yillar boshida mustaqillik yoʻliga oʻtgan yosh davlatlarda 
modernizatsiyalash tabiiy boʻlmagan jarayonni oʻz boshidan kechirdi. Barcha 
koʻrsatkichlar gazetalarda yozilganday “silliq” emas, balki notekis kechayotgani 
koʻpchilikka maʼlum edi. Chunki davlat bosh islohotchilikni boʻyniga olgan boʻlsa-
da, uni amalga oshiruvchi institut byurokratiya qoʻlida qolgandi. Apparatchi 
byurokratlar sinfi sotsializm hukm surgan eski davrlarni koʻp qoʻmsaydi, yangilikni 
xohlamaydi. Masalani shu jihatdan xolis tahlil qilganimizda, byurokratiyaning 
hokimiyatga “taʼsiri” korrupsionerlardan kam emasligi ayon boʻladi. 
Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun 
har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisi bir 
asrlik mustamlakachilik davrida yoʻqotilgan moddiy hamda maʼnaviy boyliklar 
oʻrnini qayta tiklash, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy oʻzlikni asrash yoʻlida 
kechayu kunduz mehnat qiladigan davr keldi. 
Yaponlar ham, xitoyliklar ham, singapurliklar ham xalq ruhiyatini saqlab qolish, 
diniy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvarlik mafkurasini ongga singdirish 
orqali milliy taraqqiyotga erishdi. Biz ham shu nurli yoʻldan yurishga munosib 
xalqmiz. Zero, ozodlik, erkinlik yaratgan boy imkoniyatdan toʻlaqonli foydalanish 
Oʻzbekistonda korrupsiya muammosi yechilishiga, qolaversa, uchta hokimiyatning 
oʻzaro tiyib turish tamoyiliga nechogʻli amal qilishiga chambarchas bogʻliq boʻladi. 
XULOSA: 


Bunday turdagi illatga qarshi kurashish uchun avvalambor insonlarni ongini 
yuksaltirish , ularni huquqiy savodxonligini oshirish zarur. Korrupsiya natijasida 
xalq va davlatning rivojlanishi ortda qolayotganligini va kelajakda yoshlar bizdan 
yomon o’rnak olishini tushuntirish lozim. Chet elda esa Gon-Kong , Singapur , 
Shveytsariya , Yaponiya , Germaniya va Fransiya kabi davlatlarda korrupsiya bilan 
qonunlarni qiyinlashtirib ya’ni javobgarlikni og’irlashtirib kurashishgan. 
Hozirgi kunda korrupsiya eng kam uchraydigan davlatlar Daniya , Yangi Zelandiya, 
Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va boshqa 
davlatlardir. Korrupsiya rivojlangan davlatlar esa Afg’oniston, Tunis, Jazoir va 
ko’plab Afrika davlatlaridir. E’tibor bering barcha korrupsiya rivojlangan davlatlar 
necha yillardan beri notinch. U davlatlarda urushlar va qon to’kilish hollari oddiy 
holga aylanib bo’lgan va bularning asosiy sababchilaridan biri bu KORRUPSIYA. 
Demak qachonki bu davlatlarda puldan ko’ra xalqning manfaatlari ustun qo’yilsa 
shundagina tinchlik yana u yurtlarga qaytadi deb o’ylayman. 

Yüklə 183,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə