Referat mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix05.10.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#125619
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
S.SH LOyihalarni B refe

4.
 
Iqtisodiy loyihalar. 
Korxonalarni xususiylashtirish, auditorlik tizimini tashkillashtirish, yangi soliq 
tizimining joriy etilishi (inqirozdan chiqish, bank tizimiga katta miqdorda kreditlar 
ajratish, pul reformasi, boshqa davlatga beg’araz yordam ko’rsatish, xalqaro hamjamiyat 
tuzish yoki shu kabi tashkilotlarga a’zo bo’lish, biror-bir iqtisodiy tizimni isloh qilish
masalan, sug’urta tizimi, moliya bozori va sh.k.) – bu o’zining 


xususiyatlariga ega bo’lgan barcha iqtisodiy loyihalar: loyihaning maqsadi tizimning 
iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlashining yaxshilanishi hisoblanadi, shuning uchun ularni 
avvalroq ko’rib chiqilgan holatlarga nisbatan baholash qiyinroqdir; maqsadlar taxminan 
belgilanadi, lekin, loyihani siljib borishi bo’yicha to’g’rilanishini (korrektirovka) talab 
qiladi; loyiha muddatlari ham xuddi shunday, loyiha uchun resurslar zaruriyat yuzasidan 
imkoniyat doirasida taqdim etiladi; xarajatlar taxminan aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat 
qilinadi va loyihani siljib borishi aniqlanadi. Bu shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga 
belgilangan muddatlarda o’rnatilgan xarajatlar asosida erishilishi kerak, resurslar talab 
bo’yicha taqdim etiladi. 
5.
 
Ijtimoiy loyihalar. 
Ijtimoiy ta’minot tizimini qayta qurish, sog’liqni saqlash, axolining kam ta’minlangan 
tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar oqibatlarini yengib o’tish 
(Orolni qutqarish, ko’chatlar o’tqazish va bog’lar (Yoshlar bog’ini) yaratish, tabiatni turli 
chiqindilardan tozalash, yozgi oromgohlarda bolalarni sog’lomlashtirish dasturlari, 
nogiron yoki bolalar uyidagilarga mehr ko’rsatish, ularga turli o’yin, konsert dasturlarini 
tashkil etish, nochor oilalarda sunnat va nikoh to’ylarini o’tkazish kabilar) – bularning 
barchasi o’z xissasiga ega ijtimoiy loyihalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish 
doirasida to’g’rilanishi kerak va ko’zda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan baholash 
ancha murakkablashgan; loyihaning muddati va davomiyligi taxmininy omillarga 
bog’liq yoki faqat belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyiha xarajatlari, odatda 
byudjet assignatsiyalariga bog’liq; resurslar talab bo’yicha imkoniyat doirasida ajratiladi. 
Ijtimoiy loyihalar yuqori aniqlikka ega. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə