Reja: Ⅰ. Kirish Ⅱ. Asosiy qisim



Yüklə 86,01 Kb.
səhifə7/9
tarix23.12.2023
ölçüsü86,01 Kb.
#157664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
shodibek

Milliy tarkibi Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhiti, xususan, salkam 150-yil mustamlaka boʻlib kelgani uning demografik rivojiga, jumladan, aholining milliy tarkibiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Aholi haqida, yaʼni aholining umumiy soni, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, yoshi, jinsi, ijtimoiy va milliy tarkibi, tabiiy oʻsishi, migratsiyasi va b. haqida aholi roʻyxati oʻtkazish orqali toʻliq maʼlumot olinadi. Oʻzbekistonda aholi roʻyxati keyingi 100-yil ichida bir necha marta (1897, 1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda) oʻtkazilgan.

Oʻzbekiston dunyodagi koʻp millatli respublikalardan biri. Oʻtgan-yillar maʼlumotlari qiyoslab koʻrilganda, 1939-yilgi aholi roʻyxatida Oʻzbekistonda 97, 1959-yilgi roʻyxatda 113, 1979-yilgi roʻyxatda 120 dan ortiq millat va elat yashagan. 1989-yilgi aholi roʻyxatidan esa, Oʻzbekistonda 125 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilib, ularning umumiy soni 19 mln. 810 ming kishi ekanligi maʼlum boʻldi.


Oʻzbekistonning tub aholisi oʻzbeklar. Soʻnggi yillarda aholining milliy tarkibida oʻzbeklarning hissasi oshdi va hoz. respublika aholisining 80,0 %ni tashkil etmoqda. Respublikada qoraqalpoqlar ikkinchi tub millat hisoblanadi. Ularning umumiy soni 549,2 ming kishiga yoki mamlakat aholisining 2,2 %ga teng. Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrta Osiyo mahalliy xalqlaridan tojiklar (1237,4 ming yoki 4,9 %), qozoqlar (977,8 ming 3,6 %), qirgʻizlar (227,4 ming 0,9 %), turkmanlar (152,3 ming 0,6 %) ham istiqomat etadi. Oʻzbekistonda yashab kelayotgan tatarlar soni ham anchagina (275,4 ming kishi 1,0 %).


Oʻzbekiston Respublikasida rus, ukrain, beloruslar bilan bir qatorda polyak, chex, bolgar va b. ham yashaydi. 1989-yil aholi roʻyxatiga koʻra soni jihatidan 2-oʻrinda ruslar turar edi, hoz. esa 3-oʻrinda boʻlib, 1050 ming kishidan ziyod yoki umumiy aholiga nisbatan 3,8 %ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda yashovchi ruslarning soni jihatdan oʻsish dinamikasiga nazar tashlasak, eng tez surʻat bilan koʻpayishi 195970-yillarga toʻgʻri keladi. Buning sababi 1966-yil Toshkent zilzilasidan soʻng shaharning qayta qurilishi hamda respublikada yangi sanoat markazlari tashkil topib, rus va yevropa xalqlarining koʻplab jalb qilinganligidir. Biroq keyingi-yillarda ruslarning oʻsish surʻati bir qadar kamaydi.


Oʻzbekistonda hind-evropa oilasiga mansub boʻlgan tojiklardan tashqari fors, pushtun, balujlar va bosgqalar xalqlar ham bor. Mamlakatda koreys, arman, yahudiylar ham yashaydi.


Mamlakatda millatlar ning geografik joylashi shi ham bir tekis emas. Buning birinchi sababi millatlarning tarixiy rivojlanishi boʻlsa, ikkinchidan respublikada xalq xoʻjalik tarmoqlari ning rivojlanish xususiyatlaridir. Qishloq joylarda tub millat vakillarining soni koʻpayib, boshqa millat vakillarining nufusi kamaymoqda. Qoraqalpoqlar toʻla-toʻkis oʻz respublikasi doirasida yashaydigan millat hisoblanadi (94,5 %). Oʻzbekis tonning mustaqil taraqqiyoti davrida aholi milliy tarkibida katta oʻzgarish sodir boʻldi. hozirda Oʻzbekistonda oʻzbeklar salmogʻi 1989-yilga nisbatan 8,6 % ga oshdi.



Yüklə 86,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə