Reja: Ⅰ. Kirish Ⅱ. Asosiy qisim



Yüklə 86,01 Kb.
səhifə5/9
tarix23.12.2023
ölçüsü86,01 Kb.
#157664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
shodibek

Aholi migratsiyasi Oʻzbekiston aholisi sonining oʻzgarishida migratsiyaning ahamiyati katta boʻlgan. Oʻzbekistonning Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida bu yerga juda koʻp oilalar koʻchib kelgan. Ularga koʻchib kelish va joylashishda keng imtiyozlar berildi, tabiiy-iqlim sharoitlari qulay boʻlgan joylardan yer ajratildi.
19-asrning soʻnggi 35-yili davomida Oʻzbekistonga Rossiyadan jami 7075 ming yoki-yiliga oʻrtacha 2 mingdan ortiq kishi koʻchib kelgan. Koʻchib kelganlarning aksariyati shaharlarda, jumladan Toshkentda joylashdi. 20-asr boshlarida koʻchib keluvchilar salmogʻi yanada oshgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirish uchun, keyinroq t.yillar qurilishi, sanoat korxonalarining barpo etilishi munosabati bilan Rossiyadan oilalarning koʻchib kelishi natijasida migratsiya oqimi kuchli boʻlgan. Ayniqsa, Toshkent zilzilasi (1966) dan soʻng tashqi migratsiya yanada kuchaygan, poytaxt aholisi tez koʻpaygan.
Mamlakatda yirik sanoat markazla ri boʻlgan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Navoiy, Zarafshon, Ohangaron, Fargʻona, Bekobod sh.lari aholisi koʻp jihatdan bu yerga koʻchib kelganlar asosida oʻsib bordi.
Umuman olganda, tashqi migratsiya ning Oʻzbekiston aholisi sonining oʻsishidagi hissasi turli-yillarda turlicha boʻlgan. Mas., 18951900-yillarda migratsiya qoldigʻi jami aholi koʻpayishining 1012 %ni tashkil etgan. Mazkur omilning roli 20-asrning boshlarida ham sezilarli boʻlgan: oʻrtacha bir-yilda koʻpaygan har 10 kishidan bittasi tashqi migratsiya hisobiga toʻgʻri kelgan.
1917-24 va Ikkinchi jahon urushi-yillarida migratsiya qoldigʻi respublika uchun manfiy natijaga ega boʻlgan. Qolgan-yillarda, ayniqsa, urushdan keyingi 5 yillikda chetdan koʻchib kelganlar soni ketganlarga qaraganda ancha koʻp boʻlgan. Aynan shu-yillarda tashqi migratsiya Oʻzbekiston aholisi sonining oʻrtacha yillik koʻpayishining taxminan 1/3 qismini tashkil etgan. 195074-yillarda respublikalararo migratsiya qoldigʻi Oʻzbekistonda 832,5 ming kishiga teng boʻldi.
Tashqi migratsiyaning manfiylashuv alomatlari 20-asrning 80-yillarida yuzaga keldi. 1989-yil respublikaga 83,9 ming kishi koʻchib kelgan boʻlsa, 167,3 ming kishi koʻchib ketdi. Migratsiyaning manfiy qoldigʻi 83,4 ming kishini tashkil etdi.
Mustaqillik-yillarida rusiyzabon xalqlarning oʻz yurtlariga qaytib ketishi natijasida tashqi migratsiyaning manfiylashuv alomatlari ancha sezilarli tus oldi. Aholining respubli kadan koʻchib ketishi 1990-yilda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Oʻsha-yili davlat organlari tomonidan rasmiy ravishda qayd qilingan migratsiyaning manfiy qoldigʻi 140 ming kishini tashkil qildi. Keyingi-yillarda u asta-sekin kamayib bordi. Shuningdek, Oʻrta Osiyoning tub aholisiϧoʻzbek, tojik, qirgʻiz, qozoq va turkmanlarning migratsiya vositasida oʻzlarining mustaqil respublikalariga koʻchib ketishlari ham respublikalararo migratsion aloqalar ning 199194-yillardagi asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Mas., 19962003-yillar mobaynida migratsiya tufayli Oʻzbekiston Respublikasi aholisi 531 ming kishiga kamaygan.
Oʻzbekiston aholisi faqat tabiiy koʻpayish hisobiga bir-yilda 370ϧ400 ming kishiga ortishi lozim, biroq migratsiya qoldigʻi manfiy boʻlganligi sababli bu koʻrsatkich 300 ming kishi atrofida boʻlgan.
Tashqi migratsiya avvalo shahar aholisi dinamikasiga taʼsir etadi. Chunki mamlakatga kelganlarning ham, ketganlarning ham koʻpchiligi shaharlar bilan bogʻlangan. Oʻtgan asrning 5070-yillarida Oʻzbekiston shaharlari aholisi ning jadal oʻsishi ham koʻp jihatdan shu omilga bogʻliq boʻldi. Keyingi-yillarda urbanizatsiya darajasining sustlashuvi ham shuning taʼsirida yuzaga keldi. Maʼlumotlarga koʻra, shahar joylarda tashqi migratsiya qoldigʻi 19962003-yillarda taxminan 4050 ming kishi, qishloqlarda esa 2030 ming kishini tashkil etdi.
2005-yilda migratsiya qoldigʻi manfiy 107,0 ming kishini tashkil etdi.Migratsiya qoldigʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida hamda Toshkent sh.da nisbatan yuqori koʻrsatkichga ega. Ayni vaqtda, Andijon, Namangan, Xorazm viloyatlarida migratsiya aylanmasi manfiy boʻlsa-da, u aholi sonining umumiy oʻsish koʻrsatkichlariga kuchli taʼsir etmagan. Migratsiyada qatnashganlarning jami hajmida Rossiya hissasiga 50,9 %, Ukrainaga 12,9 %, Qozogʻistonga 10,9 %, Oʻrta Osiyoning boshqa mamlakatlariga 13,2 % toʻgʻri keladi.Oʻzbekistonda ichki migratsiya ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. Oʻtgan asrning 6070-yillarida Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishi munosabati bilan bu yerga Fargʻona vodiysi hamda Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlaridan maʼlum qism aholi koʻchib kelgan. Shuningdek, Qarshi, Surxon-She robod dashtlarining oʻzlashtirilishi bilan ham aholining ichki migratsiyasi bogʻliq boʻldi. Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysidagi yangi tashkil etilgan qishloq tumanlari aholisi, asosan, migratsiya natijasida shakllangan.
Keyingi-yillarda Oʻzbekistonda ichki migratsiya harakatlarining pasayishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, bozor iqtisodiyoti ga oʻtish sharoitlaridagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar jarayonidir. Aholining ish bilan taʼminlan ganlik darajasiga mamlakatdagi ichki migratsiya oqimlari ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 19802003-yillarda respublika ichki migratsiya hajmi 461,8 ming kishidan 250 minggacha, viloyatlar ichidagi migratsiya ham bu davrda 253,6 ming kishidan 138,0 mingga, yaʼni 118,6 ming kishiga, viloyatlararo migratsiya hajmi 208,2 ming kishidan 115,0 mingga, yaʼni 93,2 ming kishiga kamaydi.Orolboʻyida ekologik vaziyatning salbiylashuvi sababli 1990-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi tumanlaridan Toshkent va Sirdaryo viloyatlariga aholining koʻchib kelishi kuzatildi.

Yüklə 86,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə