Reja: Ⅰ. Kirish Ⅱ. Asosiy qisim



Yüklə 86,01 Kb.
səhifə8/9
tarix23.12.2023
ölçüsü86,01 Kb.
#157664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
shodibek

Ijtimoiy tarkibi Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy tarkibi turli davrlarda turlicha boʻlgan. Respublikada ishchi va xizmatchilarning soni va ulushi 20-asrning 90-yillarigacha boʻlgan davrda oʻsib borgan. Mazkur davrda ishchi va xizmatchilarning ulushi 32,2 % dan 79,7 % gacha koʻpaygan. Mustaqillikka erishilgach, koʻp ukladli iqtisodiyot va bozor munosabatlarining shakllanishi taʼsirida aholining ijtimoiy tarkibida katta oʻzgarishlar boʻldi (11-jadvalga q.). Xususiy mehnat faoliyatida band aholining tez surʻatlar bilan oʻsishi respublika aholisining ijtimoiy tarkibiga katta taʼsir koʻrsatmoqda.Keyingi-yillarda roʻyxatga olingan ishsizlar soni ham qisqarib bormoqda. 2002-yilda ularning soni 40,3 ming kishini tashkil etgan boʻlsa, 2005-yilda 27,7 ming kishiga tushdi. 2005-yilda mehnat organlariga ishga joylashtirishda yordam berishni soʻrab 410,3 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2004-yildagiga nisbatan 14,7 ming kishiga yoki 3,4 %ga kamdir. 2005-yilda mehnat resurslari soni 10196,3 mingni tashkil etib, 2004-yilga nisbatan 2,9 %ga koʻpaydi. Nodavlat sektorida band boʻlganlar ulushi 2004-yildagi 76,9 %dan 77,1 %ga yetdi.

Aholining maʼlumotlilik darajasi ning ortib borayotganini respublika da oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va ularda tahsil olayotgan talabalar sonining ortib borishi bilan taqqoslasa boʻladi. Oʻzbekistonda 2002/05-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv muassasalari soni 973 tagacha koʻpaydi. Ularda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 750,3 mingga yetdi. 2000/01 oʻquv-yilida respublikada 61 oliy oʻquv yurti boʻlib, ularda 183,6 ming talaba tahsil oldi. Mazkur koʻrsatkich 2005/06 oʻquv-yilida muvofiq ravishda 60 va 264,9 mingni tashkil etdi.


Aholining jins va yosh tarkibi Demografik vaziyatning shakllanishida aholining jinsiy tarkibi asosiy omil hisoblanadi. Aholi tarkibida erkaklar va ayollar salmogʻining tengligi, yaʼni mutanosibligi ularning nikohga kirish va oilalarning tashkil topishiga qulay vaziyat yaratadi, biroq har doim ham jamiyatda erkaklar va ayollar salmogʻi teng boʻlavermaydi. Statistik maʼlumotlarning koʻrsatishicha, Oʻzbekistonda 19-asrning 2-yarmi hamda 20-asr boshlarida aholi tarkibida erkaklar salmogʻi ancha yuqori boʻlgan.

Toshkent sh. aholisi miqdorida ayollar salmogʻi respublikaning oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqoriroq boʻlib, 51,0 %ni tashkil etadi (2004). Buning asosiy sababi shahar aholisining milliy tarkibiga bogʻliq: Toshkent sh. aholisining 4045 %ni boshqa millat vakillari tashkil etadi, ularda ayollar miqdori erkaklarga nisbatan bir qadar yuqori. Bundan tashqari shahar joylarda erkaklar oʻlimi qishloq joylarga nisbatan ancha yuqori. Mas., 1989-yilda Oʻzbekistonda 50-54 yoshdagi har 1000 ta erkak orasida qishloqda 10 tasi oʻlgan boʻlsa, shaharda oʻlim 13 taga yetgan. Bu koʻrsatkich 7074 yosh guruhlarida 4962 ni tashkil etadi.


Aholining koʻpayishida yoshlar, ayniqsa, 1519, 2024, 2529 yoshli guruhlarning jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega. Chunki aholi, asosan, mana shu yoshlarda nikohga kirib, oila quradi.


Maʼlumotlarning koʻrsatishicha, dunyodagi juda koʻp davlatlarda 1530 yoshlardagi ayollarga nisbatan erkaklarning soni biroz yuqoriligi kuzatila di. Biroq Yevropa, Avstraliya, Amerika ning baʼzi davlatla rida esa 59 yoshli guruhlardan boshlab erkaklar salmogʻi kamayib ketgan. Buning sababi, bu davlatlar da oʻgʻil bolalar oʻlimining yuqoriligi dir. Oʻzbekistonda asosiy nikohga kirish yoshlarida erkaklar va ayollar nisbati deyarli tengdir. Bu tenglik ayollarning tugʻish yoshidagi guruhlarida ham davom etadi.


Oʻzbekistonda aholining yosh tarkibi uning demografik xususiyatlariga va turmush darajasiga bogʻliq. Oʻzbekiston dunyoda tugʻilish darajasi nisbatan yuqori boʻlgan davlatlardan. Biroq oʻlkadagi tugʻilishning yuqori darajasi hammavaqt ham aholining muntazam koʻpayib borishini taʼminlay olmagan. 20-asrning 1-yarmida Oʻzbekistonda bolalar oʻlimi yuqori boʻlgan va tugʻilgan bolalarning 5060 % bolalik va oʻsmirlik davridayoq nobud boʻlishgan. Bu hol aholining yosh tarkibida ham ifodalana di. Mas., 1926 va 1939-yillarda oʻtkazil gan aholi roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisining umumiy sonida 09 yoshdagi bolalar salmogʻi 2324 %ni, 1959-89-yillardagi aholi roʻyxati maʼlumotlarida bu koʻrsatkich 2832 %ni tashkil etgan.
Aholi tarkibida bolalar salmogʻi ning oshib borishi 1-navbatda bolalar oʻlimining keskin kamayishi bilan bogʻliq. Bolalar salmogʻining oshib borishiga bevosita taʼsir etuvchi omillardan yana biri Oʻzbekistonda tugʻilayotgan bolalar sonining koʻpayib borishidir. Tugʻilish surʻati 20-asrning 2-yarmida juda yuqori boʻlgan. Agar Oʻzbekistonda 1950-yil tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 30,8 %ni tashkil etgan boʻlsa, 1960-yilda 39,8 %ga teng boʻlgan. Bu davrda tugʻilgan bolalar 1975-80-yillarda kamolot yoshiga yetganlar va natijada aholi tarkibida 15-19, 20-24 yoshli guruhlarning salmogʻi koʻtarilgan. Bu hol esa, oʻz navbatida, Oʻzbekistonda yangi oilalar tarkib topishiga va oilalar miqdorining koʻpayishiga olib kelgan.
BMT maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekis ton aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmogʻining ancha yuqoriligi kuzatiladi.
Oʻzbekiston qarish shkalasi boʻyicha jahondagi aholisi „yosh“ davlatlar qatoriga kiradi.Oʻzbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54 yosh qilib belgilangan.
Mehnat yoshidan yuqori, yaʼni 55 va undan katta ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 19912004-yillarda 18,7 % ga oshdi.
Oʻzbekistonda bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tugʻilish jarayonining kamayib borishi (1991-yilda tugʻilish ning umumiy koeffitsiyenti 34,50/00 ni tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu koʻrsatkich 20,50/00ga teng boʻldi yoki 140/00 ga kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmogʻida qariyalar ulushining ortib borishidan dalolat beradi. Bu hol esa, Oʻzbekistonda qariyalarning ijtimoiy-demografik guruh sifatida gi mavqei oshib borishini koʻrsatadi.

Yüklə 86,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə