Reja: Ⅰ. Kirish Ⅱ. Asosiy qisim



Yüklə 86,01 Kb.
səhifə6/9
tarix23.12.2023
ölçüsü86,01 Kb.
#157664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
shodibek

Urbanizatsiya
Oʻzbekiston jahonning ilk urbanizatsiya oʻchoqlaridan biri. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz, Qarshi va Shahrisabz sh.lari 20002700 yillik tarixga ega. Mamlakatning turli hududlarida topilgan shaharlar qoldiqlari (Afrosiyob, Axsi, Pop, Nasaf, Kesh, Poykend va b.) ham bu yerda urbanizatsiyaning qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi.

Oʻzbekistonda 120 ta shahar va 117 ta shaharcha mavjud boʻlib, ularda 9442 ming kishi yoki mamlakat jami aholisining 36,3 % yashaydi.


Shahar aholisi 1865—1917-yillarda past surʻatlar bilan koʻpaydi. 20-asrning boshlarida shahar aholisi siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida notekis oʻsdi. Bunga, albatta, 1924-yilda amalga oshirilgan Oʻrta Osiyoning milliy-maʼmuriy qayta boʻlinishi ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 192640-yillarda shahar tarmogʻi va shahar aholisining sonida katta oʻzgarishlar boʻldi. Industr lashtirish shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlar 12 shahar qatoriga yangi shaharchalarning qoʻshilishiga, shahar aholisining esa tez koʻpayishiga sabab boʻldi.


Ikkinchi jahon urushi-yillarida Oʻzbekis tonning jami aholisi 1,5 mln.ga kamaydi, bunda shahar aholisining salmogʻi ancha kam. Buning sababi frontga qurol-aslaha va b. mahsulotlar yetkazib beruvchi shaharlarning imtiyozlar bilan taʼminlanishi, ikkinchi sababi front oldidagi korxonalarning aksari qismi ishchilar bilan birga sharqqa, jumladan, Oʻzbekiston shaharlariga koʻchirilishidir. Urush natijasida 1 mln. tub aholisini yoʻqotgan respublika 1 mln. dan ortiq yevropaliklarga ega boʻldi, bu holat esa siyosiy va demografik vaziyatga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Urushdan keyingi „demografik kompensatsiya“ davrida shahar aholisi tez surʻatlar bilan koʻpaydi.


Shahar aholisi, ayniqsa, 197386-yillarda tez koʻpaygan. Bunga 1972-yilda Oʻzbekistonda aholi yashaydigan joylarga shahar maqomini berish uchun zarur boʻlgan demografik meʼyorning oʻzgarishi, yaʼni aholi sonining 10 mingdan 7 ming kishiga tushirilishi sabab boʻldi. Natijada bir-yilda oʻnga yaqin qishloqlar shahar toifasiga oʻtkazil di. Mas., 1970-yilda respublikada 42 ta shahar boʻlgan boʻlsa, ular qatoriga 1973-yilda 13 ta, 1974-yilda 9 ta, 1975-yilda 5 ta, 1976-yilda 6 ta, 1977-yilda 5 ta „yangi shahar“ qoʻshildi.


Biroq, shaharlar sonining bunday tez surʻatlarda koʻpayishi haqiqiy urbanizatsiya emas, koʻproq „soxta“ urbanizatsiyaga olib keldi. Shaharlar sonining koʻpayishi 20-asrning 90-yillarida keskin qisqardi va eng soʻnggi-yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil topmadi. hoz. Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpogʻistonda 29 ta, Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo 15 ta, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Fargʻonada 19 ta shahar va shaharchalar bor (2005).Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni bilan emas, balki koʻproq shaharlar aglomeratsiya sining rivojlanganligi bilan belgila nadi. Oʻzbekistonda 2005-yil maʼlumotiga koʻra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent sh. keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq boʻlgan poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga boʻlgan taʼsiri benihoya katta. Shu tarzda Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent sh., katta va oʻrta shaharlarga bogʻliq holda amalga oshmoqda (9-jadvalga q.). Yirik shaharlar negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi shahar aglomeratsiyalari vujudga kelgan boʻlib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim koʻrsatkichi sifatida xizmat qiladi. Mas., Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. Shuningdek, FargʻonaMargʻilon, Samarqand, Namangan, buxoro, Andijon va b. aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda.


Oʻzbekistonda urbanizatsiyaning umumiy koʻrsatkichi 1984-yilda 42 % dan ortiqroq edi. Keyingi paytda urbaniza siya koʻlamiga shahar aholisining tabiiy oʻsish darajasining kamayib borishi ham taʼsir etmoqda.


Urbanizatsiya darajasining qisqarib borishiga qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan tezroq koʻpayishi, shaharlarda (ayniqsa, sanoat markazlarida) tashqi migratsiyaning kuchayishi, yangi shaharlarning vujudga kelmasligi ham sabab boʻldi. Ammo qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilma va sanoat korxonalari, dam olish maskanlarining tashkil etilishi, qishloq xoʻjaligiga tegishli boʻlmagan iqtisodiy tarmoqlarda tadbirkorlikning rivojlanib borishi urbanizatsiyaning haqiqiy holatini ifodalab beradi. Mazkur oʻzgarishlar hamda shaharlar rivojlanishi asosida Oʻzbekistonda yaqin-yillarda urbanizatsiya umumiy koʻrsatkichining qisqarib borishi toʻxtab, oʻsa boshlaydi.





Yüklə 86,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə