Reja : Kirish. “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgn adabiy-tanqidiy maqolalarga umumiy tavsif



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə2/6
tarix08.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#108999
1   2   3   4   5   6
SHARQ YULDUZI

Mazkur yillar oralig’ida chop etilgan maqolalar ichida jadidchi olimlarimiz hayoti va ijodini o’rganishga ham chuqur kirib borilgani bizda shukronalik xissini uyg’otmasdan qoldirmaydi, boisi mustaqillikdan avval ularni o’rganish ta’qiqlangani, ularning shaxsi qoralanganligi sababli adabiyotimiz qahramonlarini o’rganishning imkoni bo’lmagan edi. Mustaqillik sharofati bilan ularning nomlari oqlanib, ijodlarining asl mohiyatini ochish imkoni tug’ildi.


Ushbu yillardagi maqolalar tarkibida mumtoz adabiyotimiz vakillariga bag’ishlangan maqolalar ham talaygina ekanligi kishini quvontirmay qo’ymaydi. Xususan, Botir Oqbo’tayevning “Darvesh desam ulus uza shoh” nomli maqolasida Navoiyning tasavvufiy qarashlari, darveshlik axloqi, darveshlik axloqini qabul qilgan odil podshohlarni bir umr orzu qilganligi to’g’risida ma’lumot beradi.Shuning uchun ham do’sti ,podshoh Xusayn Boyqaroda aynan shu xislatlarni shakllanishiga harakat qilganligi ta’kidlanadi. Sanjar Sodiqning “Tanqidchiligimizning mashaqqat yo’li” nomli maqolasida bugungi tanqidchilikdagi fikriy sayozlik yoki dalil-u mushohadalar ifodasining nomukammalligi , natijad ayrim mashxur shoirlar ijodining ulug’vorligi, so’z ishlatishdagi san’atkorning yuksakligi nihoyatda pasaytirilib,yerga urib yuborish holatlari haqida baxs yuritiladi. Mazkur yillarda yana bugungi kunda yetishib chiqayotgan yangi ijodkorlarimiz hayoti va ijodi, yaratilayotgan asarlarning yutuq va kamchiliklari, yangi kirib kelayotgan janrlar, tanqidchilik, tarjimonlik soxasidagi yutuqlar o’z ifodasini topganlari borki ularni ta’riflab adog’iga yetib bo’lmayi.
Botir Oqbo’tayev. “Darvesh desam ulus uza shoh” Sharq yulduzi Maqolada Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlari, darveshlik axloqi, darveshlik axloqini qabul qilgan odil podshoxni orzu qilganligi aytib o’tiladi. Darveshlar olam boyligiga, rohat-farog’atlariga ruju qo’ymaslik olloxni dilda mustahkam saqlab halol mehnat bilan kun kechiruvchi qanoatli kishilardir. Mutaffakir shoir Alisher Navoiy yurt ravnaqi, xalq farovonligi, darvesh axloqini qalbida mujassam etgan odil podshohlar faoliyatiga bog’liq deb hisoblaydi.Shuning uchun ham do’sti Xusayn Boyqaroda aynan shu xislatlarni shakllanishiga harakat qiladi.Alisher Navoiyning ushbu darveshlik axloqini qabul qilgan podshoh haqidagi qarashlari sharq tafakkur olamini adolatli xukmdor to’g’risidagi yana bir insonparvar fikr bilan boyitdi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə