Reja : Kirish. “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgn adabiy-tanqidiy maqolalarga umumiy tavsif


Abdurahim Soliyev.Satirik xarakter va mahorat. Sharq yulduzi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə5/6
tarix08.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#108999
1   2   3   4   5   6
SHARQ YULDUZI

Abdurahim Soliyev.Satirik xarakter va mahorat. Sharq yulduzi Abdulla Qahhorning “Og’riq tishlar” satirik komediyasi yaratilgan davrda adabiyotimizda teatr sohasida yangi bir hodisa bo’lganidek ,shu kunda ham o’z qimmatini yo’qotgan emas.U ayrim kishilardagi mansabini suiste’mol qilish hollariga zarba berishda , ota-onalardagi yosh qizlarni balog’atga yetmasdan ,orzu- xavas deb turmushga chiqishlariga qarshi kurashda xozir ham muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida bayon qilinadi. Abdulla Ulug’ov. “Hur gulsan, hayot” Sharq yulduzi Insonning hayoti quvonch-u tashvishlardan iborat.Buni qalbdan his qilgan iste’dodli shoira Xalima Ahmedova o’z she’rlarida insonning ko’ngil kechinmalariga murojat etadi.Shoiraning aksariyat she’rlari o’zining ma’nodorligi ,ohangdorligi,ravonligi va badiiy xususiyati jixatidan mukammal , uning she’rlari o’xshatishlarga boyligi, turli taqqoslashlarga to’laligi bilan maftun etadi Baxodir Rahmonov.Tog’lar yurtining tog’dek shoiri. Sharq yulduzi Rasul Xamzatov she’riyati o’z vatanini ,o’z millatini ulug’lovchi she’riyatdir.Rasul Xamzatov ayrim adabiyotshunoslar ta’kidlaganidek, dunyo she’riyatiga tog’lar ruhiyatini birinchilardan bo’lib olib kirdi.Bu chin ma’nodagi milliylik degani,shoir she’riyati bilan oshno bo’lgan har bir o’quvchi o’zini anglashga xarakar qiladi,xalqini o’ylashga, uning dardi bilan yashashga intiladi.

Olimjon Davlatov.Bir bayt sinoat Sharq yulduzi Uy bino aylab ajabtur elni mehmon aylamak, Ulki bu uy ichra besh kun mehmone emas. Alisher Navoiy she’riyatida tushunilishi oson bo’lgan bayt va g’azallar anchagina. Jumladan , yuqorida keltirilgan baytda “besh kun” va “besh emas” iboralarida so’z o’yini –tajnis o’yini qo’llanilgani bois aloxida diqqat talab qiladi.Navoiy besh kunlik dunyo haqiqatini teran anglagan , ushbu haqiqat asosida hayot kechirgan va shu sabab ikki dunyo saodatiga muyassr bo’lgan ulug’ zot edi.

Xakimjon Karimov .Bugungi nasrning xususiyati va tamoyillari. Sharq yulduzi Bugungi romanlar kechagi romanlardan bir qancha xususiyati bilan keskin farq qiladi.Ya’ni odamning qalb iztiroblari,quvonchlarining betakror tahlili va ruhiyatining turfa ko’rinishlari bilan ,shuningdek voqea- xodisalar tasvirining batafsilligi hamda ularning har biri maqsad sari yo’naltirilgani haqida bayon qilinadi.Xozirgi davr adabiyotida yangicha shakllarni qo’llash,shakllantirishda turli tajribalar qilib ko’rishga urinishlarni kuzatish mumkin.Xulosa qilganda bugungi adabiyot o’z o’zaniga tushdi,ya’ni mavzular bir xilligidan qochib ,o’z nigohini keng olamga –inson qalbiga qaratdi.Ijodkor o’z asari orqali ilgari surmoqchi bo’lgan konsepsiyasini plyuralizm tamoyiliga asoslanib aks ettirishi bugungi adabiyotning bosh xususiyatidir.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə