Reja : Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi. Tarixiy metod. Eksperimental (tajriba) metodi. Tabiatshunoslik fanining muammolari. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati Tayanch iboralar: Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi



Yüklə 20,84 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü20,84 Kb.
#129388
1   2   3   4
3-k-3-ma`ruza

Eksperimental (tajriba) metodi. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o`rganish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalari mohiyatini tajribalar yordamida chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi. G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o`rganishga bag‗ishlangan ishlari fanda tajriba usulini qo`llashning yorqin namunasidir. Bio logik tadqiqotlar uchun zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo`lishi bu usuldan keng foydalanish imkonini berdi
Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo`l lanilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o`rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo`nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro`y berishi mumkin bo`lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.
Sitogenetik metod so`nggi yillarda katta ahamiyat kasb etdi. U odamda uchraydigan irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko`pgina materiallar beradi. Bu usul odam xromosomalar to`plamidagi ko`rinadigan darajadagi o`zgarishlarni o`rganish imkonini yaratdi. 13

Xromosoma va genom mutatsiyalari sitogenetik usul bilan aniqlanadi. So`nggi yillarda har qanday odamning xromosoma tuzilishi va sonini unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o`rganishga imkon beradigan yangi usullar ishlab chiqilgan, masalan, odam qonidagi, qon leykotsitlari ajtatib olinadi va 37° C da alohida oziq muhitiga tushirib qo`yiladi, ulardan xromosomalar soni va tuzilishi ko`rinib turadigan preparatlar tayyorlanadi. Keyinchalik odam xromosomalarini alohida bo`yoqlar bilan bo`yash usullari ishlab chiqildi, bular xromosomalar sonini sanab, hisoblab ko`rishdan tashqari ayrim xromosomalardagi ancha nozik o`zgarishlarni ham o`rganishga imkon berdi.


Egizaklar metodi belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o`rganishdan iborat. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga hayron qolarli darajada o`xshash bo`ladi, chunki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o`rtasidagi tafovutlar esa faqat muhit ta‘siriga bog‗liq bo`ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar aka-uka yoki opa-singillardek, bir xil yoki har xil jinsli bo`ladi.

Yüklə 20,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə