Reja : Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi. Tarixiy metod. Eksperimental (tajriba) metodi. Tabiatshunoslik fanining muammolari. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati Tayanch iboralar: Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi


Tabiatshunoslik fanining muammolari



Yüklə 20,84 Kb.
səhifə4/4
tarix21.10.2023
ölçüsü20,84 Kb.
#129388
1   2   3   4
3-k-3-ma`ruza

Tabiatshunoslik fanining muammolari. Biologiya fanida hali o`z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo bo`lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o`rganish orqali tafakkur va xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida to`qima, organlar va organizm rivojlanishini o`rganish 14

shular jumlasidan Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko`p yillardan beri qo`llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi – genlarni sintez qilish, ko`chirib o`tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen – organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo`ladi. Insonlardagi irsiy kasalliklarni o`rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining rivoji bilan uzviy bog‗liq. Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri ekologik muhitning yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali bo`lgan o`simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol ko`zga tashlanadi. Biologiya fani oldida turgan muammolardanbiri hayvonlar, o`simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi va shaxsiy hayotda turli kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida tobora ortib borayotgan sanoat, transport va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, tabiat ifloslanishining oldini olish muhim vazifa hisoblanadi.


Tabiatshunoslik fanining ahamiyati. Hozirgi davrda insoniyat oldida bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan biri oziqovqat bilan bog‗liq muammodir. Jahon aholisining soni yildan yilga ko`payib bormoqda. XXI asrning boshida sayyoramiz aholisining soni 6 mlrd dan ortib ketdi. Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha-kunduzda 100—120 g oqsil iste‘mol qilishi zarur. Vaholanki, ko`pchilik aholining iste‘mol qiladigan kunlik oqsili 50—60 g dan oshmaydi. Inson hayoti uchun zarur bo`lgan yog‗li, uglevodli oziqalarning yetishmasligi ham sezilmoqda. Binobarin, tabiatshunoslik fani oldida turgan birinchi vazifa insonlarning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko`p yillardan beri qo`llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, genetik injeneriya — genlarni sintez qilish, ko`chirib o`tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo`ladi. Biologiya fanining ikkinchi muammosi inson salomatligi bilan aloqador. Inson genetikasi sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlarning e‘tirof etishicha, hozirgi vaqtda odamlarda 5000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi, funksiyasining o`zgarilishi bilan bog‗liq. Insonlardagi irsiy kasalliklar genetikasini o`rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish faqat inson genetikasigina emas, shu bilan birga genetik injeneriya va biotexnologiya rivoji bilan uzviy bog‗liq. Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning tobora kambag‗allashib borayotganligidir. Bu ayniqsa, inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bo`lgan o`simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida ko`zga yaqqol tashlanadi. Faqat O`zbekistonning o`zida 400 dan ortiq o`simlik turi, 400 ta hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir. Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan, mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba‘zan esa tamomila yo`qolib ketmoqda. Xususan, Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 ta zotidan 115 tasi tamomila yo`qolib ketish arafasida turibdi. Demak, biologiya fani oldida turgan muammolardan yana biri yovvoyi, xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o`simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Yangi shaharlar, sanoat markazlarining bunyod etilishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi va


shaxsiy hayotda turli kimyoviy moddalardan foydalanish, sanoat, transport va inson chiqindilari tufayli tabiatning ifloslanishi avj olmoqda. Tabiatni muhofaza qilishda qishloq xo`jaligida o`z-o`zidan bargini to`kadigan g‗o`za navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish, parazit va zararkunanda hasharotlar va boshqa organizmlarga qarshi kurashning, shuningdek, suv, havoning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, sho`rlanishning oldini olishning biologik usullarini izlab topish va amaliyotga qo`llash nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Ma`ruzachi: I.Elmurodova.
Yüklə 20,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə