Reja : Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi. Tarixiy metod. Eksperimental (tajriba) metodi. Tabiatshunoslik fanining muammolari. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati Tayanch iboralar: Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi



Yüklə 20,84 Kb.
səhifə3/4
tarix21.10.2023
ölçüsü20,84 Kb.
#129388
1   2   3   4
3-k-3-ma`ruza

Immunologik metod zamonaviy metodlardan biri bo`lib, u qon guruhlari va rezus-omilning irsiylanishini o`rganish asosida yuzaga kelgan. Hozirda odam immun tizimining irsiylanish xillarini o`rganishda qo`llaniladi. Bu tadqiqotlar tufayli oilani rejalashtirish va rezus-muammo sababli homila nobud bo`lishining oldini olish mumkin. Organ va to`qimalar transplantatsiyasi uchun donorlarni tanlashda mazkur metoddan foydalaniladi.
Biokimyoviy metod. Odamda uchraydigan juda ko`p patologik holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil o`zgarishlar yuzaga kelishiga bog‗liq bo`ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qandli diabet kasalligining sabablari o`rganiladi. Bu kasallik me‘da osti bezining odatdagi faoliyati buzilishiga bog‗liq bo`ladi, bu bez qonga insulin gormonini kam ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori ko`payib, odam organizmidagi moddalar almashinuvida jiddiy o`zgarishlar ro`y beradi. Populatsion statistik metod genetikaning eng muhim metodlaridan biridir. Populatsiyada u yoki bu allelning tashuvchilar soni (alohida olingan odam genotipini emas) va turli genotiplarning foizlardagi nisbati, ya‘ni genofond strukturasi aniqlanadi. 1908-yili ingliz matematigi G. Xardi va nemis antropogenetigi V. Vaynberg hozirda Xardi-Vaynberg qonuni deb ataladigan formulani ishlab chiqishdi. Bu qonunga muvofiq, populatsiyada genotiplarning nisbatini hisoblab topish mumkin. Bitta genotip vakillari (masalan retsessiv gomozigota – aa) sonini bilgan holda boshqa vakillarning (masalan, geterozigota – Aa) sonini osongina hisoblab topish mumkin. Bu metod yordamida populatsiyaning genetik strukturasi aniqlanadi, ya‘ni normal va patologiyasi bo`lgan genlarning nisbati hisoblab topiladi. Bu formula ideal populatsiya uchun ishlab chiqilgan bo`lib, undagi ko`rsatkichlardan cheklanishlar mutatsion jarayonning yo`nalishi u yoki bu guruhlarning yashovchanligini aniqlash, populatsiyalarning kelajagini oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Odam irsiyatini o`rganish metodlari organizmdagi belgilarning irsiylanish tiplari haqida muayyan xulosa chiqarish imkonini beradi. Odam genetikasi ulkan amaliy ahamiyatga ega, odam belgi va xususiyatlarining normal va patologik holatidagi irsiylanishi va o`zga rishining qonuniyatlarini kashf etadi. Odam genetikasi odamdagi irsiyat va o`zgaruvchanlik qonuniyatlarini molekula, hujayra, organizm va populatsiya darajalarida o`rganadi.

Yüklə 20,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə