6Bi-21 guruhi talabasi Bekmurodov Dilshodning Moliya va Moliyaviy texnologiyalar fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 19,82 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü19,82 Kb.
#160225
  1   2   3   4   5
6Bi-21 guruhi talabasi Bekmurodov Dilshodning Moliya va Moliyaviy

6Bi-21 guruhi talabasi Bekmurodov Dilshodning Moliya va Moliyaviy texnologiyalar fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari.

  • Reja 1. Moliyani o‘rganishning zarurligi 2. Fanning maqsadi va vazifalari 3. Moliyaning mohiyati va zarurligi 4. Moliyaning funksiyalari

Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o‘zbek olim va mutafakkirlarining ulkan hissalari bor. To‘g‘ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur9 kabi vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy asarlar yozishmagan. Lekin ular o‘zlarining boshqa nomlar bilan atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek davlatlarining ayrim hukmdorlari esa o‘z amaliy faoliyatlarida moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo‘lgan soliq sohasini rivojlantirish bo‘yicha ulkan ahamiyatga molik islohotlar o‘tkazishgan.
“Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz xizmatlari
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070-yillarda yozilgan “Qutadg‘u bilik” (“Saodatga eltuvchi bilim”), Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”(1310-yil) asarlari, Ulug‘bek Mirzo (1394-1449)ning islohotlari ham mazkur sohada muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) “Hiloliya”, “Vaqfiya, “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asarlarida adolatli davlat, adolatli soliq masalalari bo‘yicha o‘z fikr-qarashlarini bayon etgan.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan davrida aholi uchun soliq miqdorining adolatli bo‘lishi uchun kurashgan
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan. U o‘z saltanatida soliqlar adolatli bo‘lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to‘g‘riligini tushunish uchun uning “Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik faoliyatida o‘tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir “Temur tuzuklari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga juda katta e’tibor bergan. U o‘z ixtiyoridagi mamlakatlarda soliqqa tortish, uning miqdori va to‘g‘ri yig‘ib olish jarayonida qat’iy tartib o‘rnatgan.
Buyuk Temur davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini oshirib yuborishning salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o‘z saltanatida bunga yo‘l qo‘ymagan.
“Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
• maqsadli pul fond1 larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); • moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida).
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi. Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Moliya» fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud.
Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin: • mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun; • biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun; • qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun; • shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun; • shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun.

Yüklə 19,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə