Режа: Банклар томонидан қимматли қоғозлар билан амалга ошириладиган операцияларнинг турлари ва моҳияти


Banklarning qimmatli qogʼozlarni sotib olishga



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə7/7
tarix27.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#113572
1   2   3   4   5   6   7
13-МАВЗУ. БАНКЛАРДА ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БИЛАН ОПЕРАЦИЯЛАР ҲИСОБИ

14.2. Banklarning qimmatli qogʼozlarni sotib olishga
doir operatsiyalari.




14.3. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʼozlar bilan muddatli bitimlarni amalga oshirish va ularni hisobga olish tartibi.
Hisobga olish maqsadida, qimmatli qog‘ozlar bilan muddatli bitimlar deganda bitimni tuzish sanasidan farq qiluvchi hisob-kitoblarni amalga oshirishning aniq sanasi kо‘rsatilgan holda shartnomalar bilan rasmiylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari (REPO bitimlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va h. k.) tushuniladi. Bunda, muddatli bitim tuzishda hisob-kitobni amalga oshirish sanasi bitimni tuzish sanasi bilan mos kelmaydi. Muddatli bitimlar Markaziy bankning meyoriy hujjatlariga muvofiq bitim tuzish sanasidan boshlab, hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatiga qadar kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Hisob-kitoblar boshlangan kuni bir vaqtning о‘zida belgilangan tartibda balans hisobvaraqlarida aks ettirish bilan birga bitimlarni kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olish tо‘xtatiladi.
REPO (qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuv) bitimi deganda ma’lum muddatdan sо‘ng oldindan kelishilgan bahoda sotib olish majburiyati bilan qimmatli qog‘ozlarni sotish bо‘yicha tuzilgan bitim tushuniladi. REPO bitimlari quyidagi tamoyillarning biri bajarilgan holda moliyalashtirish operatsiyalari sifatida hisobga olinadi:
1) avval sotilgan qimmatli qog‘ozlarning о‘zi qayta sotib olinsa;
2) agar qayta sotib olinayotgan qimmatli qog‘ozlar barcha jihatlariga kо‘ra sotilgan qimmatli qog‘ozlarga о‘xshasa.
Qimmatli qog‘ozlar quyidagi shartlar bajarilsa «barcha jihatlariga kо‘ra о‘xshash» deb qaraladi:
a) qimmatli qog‘ozlar о‘z zimmasiga majburiyatlar olgan bir shaxsga ega bо‘lishi lozim;
b) qimmatli qog‘oz egalari bir xil tavakkalchilik va huquqlar bilan ta’minlanishlari uchun ushbu qog‘ozlar shakl va kо‘rinishi jihatidan bir xil bо‘lishi kerak;
v) qimmatli qog‘ozlar bir xil foiz stavkasiga ega bо‘lishi kerak;
g) qimmatli qog‘ozlar bir xil tо‘lash muddatiga ega bо‘lishi kerak;
d) qimmatli qog‘ozlar bir xil nominal qiymatga ega bо‘lishi kerak.
Aks holda REPO bitimlari qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi operatsiyalari sifatida hisobga olinadi.
REPO bitimlari hisobi moliyalashtirish operatsiyalari hisobining bir qismi hisoblanadi.
REPO bitimlarining yuridik shakli oldi-sotdi bitimi bо‘lganligi sababli, ushbu operatsiyalarning iqtisodiy mohiyati sotib olingan (sotilgan) qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan moliyalashtirishdir.
REPO bitimlari qimmatli qog‘ozlar garovi asosida kreditlash operatsiyalaridan (lombard krediti) shu bilan farq qiladiki, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi tо‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi qarzdor (qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi)dan kreditor (qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi)ga о‘tadi. Ushbu operatsiyalarda qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi qarzdor, sotib oluvchi esa pul mablag‘lari kreditori rolini bajaradi. REPO kelishuvida kо‘rsatilgan muddat tugagach, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilgan taqdirda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi qayta kreditordan qarzdorga о‘tadi.
REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar 22300 — «REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar» balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bank tomonidan bitimning birinchi qismi bо‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish summasida quyidagi buxgalteriya о‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;




Kt

22300



«REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar».

Bir vaqtning о‘zida kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bо‘yicha:




Dt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.

Kelishuvning ikkinchi qismi bо‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bо‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish bahosi о‘rtasidagi farq о‘z mohiyatiga kо‘ra olingan pul mablag‘lari uchun tо‘lov hisoblanadi.
Kо‘rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi tо‘g‘risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli xarajatlar hisobvarag‘iga olib boriladi:




Dt

54300



«Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bо‘yicha foizli xarajatlar»;




Kt

22300



«REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar».

Agar REPO kelishuvning birinchi qismi bо‘yicha REPO summasi foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayishi kо‘zda tutilgan bо‘lsa, u holda REPO summasi dastlabki sotib oluvchi tomonidan olingan foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayadi va quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

22300



«REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt REPO bitimining obyekti bо‘lgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha olinishi lozim bо‘lgan foizlarning tegishli hisobvarag‘i.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning ikkinchi qismi bо‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar summasiga quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

22300



«REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning о‘zida kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida, kelishuvning ikkinchi qismi bо‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatida quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar».

Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuv har bir tomon о‘z majburiyatlarini bajarmasa, odatda jarima choralari kо‘zda tutiladi. Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan hamda qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi portfeliga о‘tkazilgan taqdirda sotuvchi bank quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasini amalga oshiradi:




Dt

22300



«REPO bitimlari bо‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar» — bitimning ikkinchi qismi bо‘yicha qimmatli qog‘ozni qayta sotib olish summasiga;




Kt

10700



«Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari»,







10800



«Sotishga mо‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»,







15900



«Sо‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»,







11300



«Sotib olingan veksellar» — qimmatli qog‘ozni balans qiymatiga.

Kelishuvning ikkinchi qismi bо‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bahosi va uning balans qiymati о‘rtasidagi farq tegishli foyda yoki zarar hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Bir vaqtning о‘zida kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bо‘yicha muddatli bitimlar».

57. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda, qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi bank kelishuvning ikkinchi qismi bо‘yicha qimmatli qog‘ozlarning sotib olish summasiga quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasini bajaradi:




Dt

11800



«REPO bitimlari bо‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning о‘zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari tо‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bо‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasini amalga oshiradi:




Dt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bо‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bо‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bо‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə