Режа: Банклар томонидан қимматли қоғозлар билан амалга ошириладиган операцияларнинг турлари ва моҳияти


-MAVZU. BANKLARDA QIMMATLI QOGʼOZLAR BILAN OPERATSIYALAR HISOBI (2 SOAT)



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə6/7
tarix27.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#113572
1   2   3   4   5   6   7
13-МАВЗУ. БАНКЛАРДА ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БИЛАН ОПЕРАЦИЯЛАР ҲИСОБИ

14-MAVZU. BANKLARDA QIMMATLI QOGʼOZLAR BILAN OPERATSIYALAR HISOBI (2 SOAT)
Reja:
14.1. Tijorat banklari tomonidan qarz qimmatli qogʼozlarini chiqarish va ularning toʼlovini amalga oshirish bilan bogʼliq operatsiyalar hisobi.
14.2. Banklarning qimmatli qogʼozlarni sotib olishga doir operatsiyalari.
14.3. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʼozlar bilan muddatli bitimlarni amalga oshirish va ularni hisobga olish tartibi.
Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28


14.1. Tijorat banklari tomonidan qarz qimmatli qogʼozlarini chiqarish va ularning toʼlovini amalga oshirish bilan bogʼliq operatsiyalar hisobi.
Tijorat banklari qonunchilik hujjatlariga muvofiq obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va bozorda muomalada bо‘ladigan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarishi mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi ularning nominal qiymati bо‘yicha 23600 — «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvaraqlarida yuritiladi.
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda, quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq».




Dt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq».

Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bо‘yicha joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya о‘tkazmalari amalga oshiriladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i;




Kt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar».




Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari».






Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari».

Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilganda sotish bahosi va nominal qiymat о‘rtasidagi farq (mukofot) 23696 — «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha mukofot (premiya)» hisobvarag‘ining kreditiga sotish kunida quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali о‘tkaziladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga;




Kt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga;




Kt

23696



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha mukofot (premiya)» — qimmatli qog‘ozni sotish qiymati va nominal qiymati о‘rtasidagi farq summasiga.

Bir vaqtning о‘zida blanka yozib berilganda yoki investorning depo hisobvarag‘iga о‘tkazilganda, quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari».




Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari».

Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi о‘rtasidagi farq (diskont) 23698 — «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha diskont (kontr-passiv)» hisobvarag‘ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali о‘tkaziladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga;




Dt

23698



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha diskont (kontr-passiv)» — qimmatli qog‘ozni nominal qiymati va sotish qiymati о‘rtasidagi farq summasiga;




Kt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — qimmatli qog‘ozni nominal qiymatiga.

Diskontlar balans hisobotida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy summasidan chegirma kо‘rinishida aks ettiriladi.

Mukofotni amortizatsiya qilish va foizli daromadlarni tan olish hamda diskontni amortizatsiya qilish va foizli xarajatlarni tan olish real foiz stavkalarini qо‘llagan holda «Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tо‘g‘risida»gi nizomga (2004 yil 30 yanvar, rо‘yxat raqami 1306 — О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2004 yil yanvar, 4-son) muvofiq amalga oshiriladi.


Agar qimmatli qog‘ozlar foizlarni tо‘lash davrlari orasida sotilgan bо‘lsa, sotilgan va tо‘lanishi lozim bо‘lgan foizli majburiyatlar quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali sotish sanasida hisobga olinadi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i;




Kt

22414



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha hisoblangan foizlar».

Qimmatli qog‘ozlar sо‘ndirish yoki qayta sotish shartlari bilan sotib olinganda, qimmatli qog‘ozlar balansdan chiqariladi. Agar sotib olish balans qiymatida bо‘lsa, quyidagi buxgalteriya о‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) ilgari nominal qiymatda sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:




Dt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — nominal qiymatga;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — nominal qiymatga;

b) ilgari diskont bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:




Dt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — nominal qiymatga;




Kt

23698



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha diskont (kontr-passiv)» — diskontning qoldiq qiymati doirasida;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotib olish qiymatiga;

v) ilgari mukofot bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:




Dt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — nominal qiymatga;




Dt

23696



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha mukofot (premiya)» — mukofotning qoldiq qiymati doirasida;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotib olish qiymatiga;

g) hisoblangan foizlarni tо‘lashda:




Dt

22414



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha hisoblangan foizlar»;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i.

Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi о‘rtasida ijobiy farq 45994 — «Boshqa foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ining «Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi о‘rtasidagi salbiy farq 55995 — «Boshqa foizsiz xarajatlar» hisobvarag‘ining «Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bо‘yicha qilingan xarajatlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi.
Agar bank qimmatli qog‘ozni bekor qilish maqsadida sotib olgan bо‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 1 sо‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali hisobga olinadi:




Dt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq».




Dt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq».

Agar bank qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish maqsadida sotib olgan bо‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 90337 hisobvarag‘ida nominal qiymat bо‘yicha, quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:




Dt

90337



«Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha kontr-hisobvaraq».



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə