Режа: Банклар томонидан қимматли қоғозлар билан амалга ошириладиган операцияларнинг турлари ва моҳияти


Tijorat banklari tomonidan oʼz aksiyalarini muomalaga chiqarish va ularning hisobini yuritish tartibi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə2/7
tarix27.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#113572
1   2   3   4   5   6   7
13-МАВЗУ. БАНКЛАРДА ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БИЛАН ОПЕРАЦИЯЛАР ҲИСОБИ

7.1.2. Tijorat banklari tomonidan oʼz aksiyalarini muomalaga chiqarish va ularning hisobini yuritish tartibi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning emitent bankka berilgan nusxasiga asosan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari»;

Kt 96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq»

Obuna qilinganda va aksiya oldi-sotdi shartnomasi tuzilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
a) imtiyozli aksiyalar bo‘yicha:




Dt

30303



«Imtiyozli aksiyalar uchun obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (kontr-passiv)»;




Kt

30309



«Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli»;

b) oddiy aksiyalar bo‘yicha:




Dt

30306



«Oddiy aksiyalar uchun obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (kontr-passiv)»;




Kt

30312



«Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy».

Aksiya uchun to‘lov to‘liq yoki qisman olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i;




Kt

30303



«Imtiyozli aksiyalar uchun obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (kontr-passiv)» yoki 30306 — «Oddiy aksiyalar uchun obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (kontr-passiv)».

To‘lov to‘liq olingandan so‘ng bitim amalga oshirilganda, aksiya bo‘yicha egalik huquqi o‘tkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvarag‘idan olingan tegishli ko‘chirmaga asosan bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) imtiyozli aksiyaning nominal qiymatiga:




Dt

30309



«Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli»;




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli»;

b) oddiy aksiyaning nominal qiymatiga:




Dt

30312



«Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy»;




Kt

30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy»;

v) obuna bahosi va nominal qiymat o‘rtasidagi ijobiy farq summasiga:




Dt

30309



«Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30312



«Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy»;




Kt

30603



«Qo‘shilgan kapital»;

g) joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha:




Dt 96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt 90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari».

Aksiyalarni chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 56795 — «Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvarag‘ining «Aksiyalarni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Agar aksiyalar chiqarilishidan avval aksiyaning qiymati potensial aksiyadorlar tomonidan to‘liq yoki qisman to‘langanda, aksiyalar bo‘yicha oldindan to‘lovlar, aksiyalar chiqarilishiga qadar majburiyatlarda aks ettiriladi. Shuningdek, bankning yangi aksiyalariga obunada ishtirok etish kafolati uchun potensial aksiyadorlar tomonidan omonat (depozit) qo‘yilishi mumkin.
Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) oldindan to‘lov amalga oshirilganda:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i;




Kt

29830



«Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar»;

aksiyalar sotilganda, aksiya bo‘yicha egalik huquqi o‘tkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvarag‘idan olingan tegishli ko‘chirmaga asosan:




Dt

29830



«Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar» — to‘lov summasiga;




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy» — aksiyaning nominal qiymatiga;




Kt

30603



«Qo‘shilgan kapital» — to‘lov summasi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq summasiga.


7.1.3. Eʼlon qilingan dividendlarni hisoblash va toʼlab berilishini
hisobda aks ettirish.
E’lon qilingan dividendlarning hisoblanishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:




Dt

31203



«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» (yillik dividendlarni hisoblashda);







31206



«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» (oraliq dividendlarni hisoblashda);







30903



«Umumiy zaxira fondi» (foyda yetmaganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha);




Kt

29822



«To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar».

Dividendlar to‘langanda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

29822



«To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar»;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i.

Hisoblangan dividendlar qonunchilikda belgilangan tartibda bank ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

29822



«To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar»;




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy» — aksiyaning nominal qiymatiga;




Kt

30603



«Qo‘shilgan kapital» — nominal qiymatidan yuqori summasiga.

Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish hisobiga ustav kapitali ko‘paytirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

30603



«Qo‘shilgan kapital» yoki







31203



«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» yoki 31206 — «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» (30603 hisobvarag‘ida mablag‘ yetmaganda);




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy».

Taqsimlanmagan foydani kapitallashtirish hisobiga qo‘shimcha aksiyalar joylashtirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

31203



«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»;




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy» — aksiyaning nominal qiymatiga;




Kt

30603



«Qo‘shilgan kapital» — nominal qiymatidan yuqori summasiga.

Ilgari chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga erkin ayirboshlash hisobiga bank aksiyalari joylashtirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarni boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga ayirboshlanganda:




Dt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» — aksiyaning nominal qiymatiga;




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy» — aksiyaning nominal qiymatiga;

b) erkin ayirboshlanadigan obligatsiyalar ayirboshlash uchun taqdim etilganda:




Dt

23602



«Chiqarilgan obligatsiyalar» balans hisobvarag‘ining «Erkin ayirboshlanadigan obligatsiyalar» shaxsiy hisobvarag‘ida — erkin ayirboshlashga taqdim etilgan qimmatli qog‘oz qiymatiga;




Kt

30315



«Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli» yoki







30318



«Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy» — aksiyaning nominal qiymatiga;




Kt

30603



«Qo‘shilgan kapital» — nominal qiymatidan yuqori summasiga, ayirboshlash koeffitsiyenti 1 dan yuqori bo‘lganda.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə