Reja: Dunyo xalqlari madaniyatidagi


Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#143779
1   2   3   4   5   6   7   8
Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar

Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o`ziga xos xususiyatlar va muammolarga ega. Bunda eng muximi jahon sivilizatsiyasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishdir. Jahon sivilizatsiyasini tanazzulga olib keladigan qator taxdidlarni bartaraf etishda quyidagilar nixoyatda katta ahamiyatga molik:

  • insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish;

  • tabiatni asrab-avaylash;

  • ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • ommaviy kirKin kurollarini yo`q qilish;

  • davlatlar, xalqlar o`rtasidagi nizolarni siyosiy yo`l bilan mo`zoqaralar orqali xal etish;

  • turli jinoiy uyushmalarga barham berish, xalqaro terrorchilik va giyoxvandlikka, turli yo`qumli kasalliklarga qarshi ko`rashish;

  • kishilarda yangicha dunyoqarash va siyosiy tafakko`rni shakllantirish.

Bunday muammolarni oqilona xal etish uchun turli mamlakat, mintaka va xalqlar o`rtasida umumiy hamjixatlik va hamkorlikka bo`lgan intilish tobora ortib bormoqda. Islom Karimovning qator asarlari va nutklarida ta’kidlanganidek, ayrim mintakalardagi mojaro va ziddiyatlar o`z vaqtida oqilona xal etilmasa, jahon sivilizatsiyasi rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Тurli falsafiy tizimlarda dunyoning ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni turlicha talqin etib kelindi. Хususan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, texnik va texnologik yutuqlar, tabiiy-geografik omilga ijtimoiy-madaniy rivojlanish mezoni sifatida qaraldi. Hozirgi paytda qator falsafiy adabiyotlarda shaxs ma’naviyati va uning erkinlik darajasi ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni sifatida ko`rsatilyapti.
Jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsiyaviy yondashuv. Falsafa tarixida jamiyat rivojiga turlicha yondashishlar vujudga keldi. Bo`lar — formatsiyaviy yondashuv, ko`pvariantli yondashuv, sivilizatsiyaviy yondashuv kabilardir. Ijtimoiy amaliyot, tarix tajribasi
insoniyat jamiyati taraqqiyotiga formatsiyaviy yondashishning biryoklama, sun’iy ekanini ko`rsatdi. Hozirgi zamon o’arb falsafasida
U. Rostouning iqtisodiy rivojlanish nazariyasi keng yoyildi. O. Тoffler nazariyasiga ko`ra, butun insoniyat tarixi uch katta davrga — agrar jamiyat, sanoat jamiyati va postindo`strial jamiyatga (axborot jamiyatiga) bo`linadi.
Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaka taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish mohiyatan formatsiyaviy yondashishga ziddir. Sivilizatsiyali yondashish har bir milliy madaniyatning o`ziga xosligini, noyob va betakrorligini saqlagan holda ijtimoiy rivojlanishning tadrijiy yo`ldan borishini e’tirof etadi va jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadi. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashishning mohiyati, xususiyatlari va mazmuni Prezident I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr busaKasida...» va boshqa asarlarida o`z ifodasini topdi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə