Reja: Fizika fani va uning boshqa fanlar bilan aloqasi Fizikaning tadqiqot usullari Asosiy birliklar Qo


N- massasi 1kg bo‘lgan jismga ta’sir qilib, unga ta’sir yo‘nalishida 1m/s



Yüklə 325,47 Kb.
səhifə5/13
tarix17.12.2023
ölçüsü325,47 Kb.
#149895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Бьлkirish-fayllar.org

1N- massasi 1kg bo‘lgan jismga ta’sir qilib, unga ta’sir yo‘nalishida 1m/s2 tezlanishni beradigan kuch.
Kuch impulsi, Nyuton sekund (N.S).


1N.s-1s davomida ta’sir etuvchi 1N kuchning impulsi.

1. MEXANIKANING FIZIK ASOSLARI




Mexanika - fizika bo‘limi bo‘lib, materiya harakatining eng sodda va eng umumiy shakllarini o‘rganar ekan, u jismlarning yoki jismlar qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishini ifodalovchi mexanik harakat haqidagi ta’limotdir.
Mexanikani fan sifatida rivojlanishi eramizdan oldingi III asrlarga borib taqaladi. O‘sha davrdayoq qadimgi yunon olimi Arximed (287-212 eramizdan oldingi yillar) richagning muvozanatlik qonunini shakllantirishi uning mexanika fanini rivojlanishiga dastlabki qo‘shilgan hissasi deb qarash mumkin. Mexanikaning asosiy qonunlarini Italiya olimi Galiley (1564-1642) aniqlagan bo‘lsa, ingliz olimi Nyuton (1643-1727) bu qonunlarni uzil-kesil ta’riflab berdi va fundamental qonun sifatida shakllantirdi.
Galiley va Nyuton mexanikasi klassik mexanika deb yuritiladi va yorug‘lik tezligiga qaraganda ancha kichik tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar harakat qonunini o‘rganadi.
Yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklarda harakat qilayotgan makroskpik jismlar harakat qonunlarini A.Eynshteyn (1879-1955) kashf etgan nisbiylik nazariyasi o‘rganadi. Mikroskopik jismlar (alohida atomlar va elementar zarrachalar) harakat qonunlariga kelsak, bularni klassik mexanika tushuntira olmaydi. Ularni kvant mexanika o‘rganadi.
Mexanika quyidagi uch bo‘limni o‘z ichiga oladi: kinematika, dinamika va statika.

Kinematika - jismlar harakatini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab emas, balki ularni harakat davomida qoldirgan izlariga (trayektoriyasiga) qarab o‘rganadi.

Dinamika jismlarning harakat qonunlarini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab, ya’ni kuch ta’sirida jismlar harakatini o‘rganadi.

Statika jismlar sistemasining muvozanatlik qonunlarini o‘rganadi. Agar jismlar harakat qonunlari ma’lum bo‘lsa, ulardan muvozantlik qonunlarini ham aniqlash mumkin.

Yüklə 325,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə