Reja: Internet tushunchasi


Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə7/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish. Ko’rib o’tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog’i orqali o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so’z yoki jumla bo’yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog’ida ma’lumotlar shunchalik ko’pki, ta’kidlab o’tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo’shimcha usullari bo’yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:

  • ma’lumotlarni uning tili bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.

WWW.UZ Milliy axborot–qidiruv tizimi. WWW.UZ milliy axborot – qidi-ruv tizimi — bu Internet tarmog`i milliy segmentining axborotidan tez foydalana olish mexanizmi. WWW.UZ tizimining asosiy xususiyatlari axborotning ko`p tilli (o`zbek, rus) qidiruvi va boshqa milliy axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari bilan uzviy integratsiya hisoblanadi. WWW.UZ axborot–qidiruv tizimi quyidagilar orqali veb – sayt qidiruvini amalga oshiradi:
• Manzil bo`yicha.
Mazmuni bo’yicha WWW.UZ servislariga quyidagi bo’limlar kiradi:
Katalog
• Top – reyting
Jamlama statistika
• Yangiliklar
WWW.UZ ning «Katalog» bo`limi — bu Internet tarmog’ida ochiq foydala-nish mumkin bo`lgan mavzu kataloglari bo`yicha ro’yxatga olingan va tartibga solingan, O’zbekiston Respublikasi saytlarining tavsiflari.
Katalog qidiruv ruknini taklif qilib, resurs qidiruvini engillashtiradi (Fan, Madaniyat, Sport, Jamiyat, Biznes, Yangiliklar, h.).
Katalog qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari va WWW.UZ moderatorlari tufayli har kuni yangi resurslar bilan to’ldiriladi. ID.UZ tizimida ro`yxatga olingan har bir foydalanuvchi yangi saytning manzilini katalogga qo`shish mumkin.
Katalog qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari va WWW.UZ moderatorlari tufayli har kuni yangi resurslar bilan to`ldiriladi. ID.UZ tizimida ro’yxatga olingan har bir foydalanuvchi yangi saytning manzilini katalogga qo`shish mumkin.
WWW.UZ ni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo’yicha ishlarni UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi amalga oshiradi. WWW.UZ ni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo’yicha ishlarni UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi amalga oshiradi.
Mavzular bo`yicha ruknlarga qo`shimcha ravishda foydalanuvchiga ulardagi axborotning tipi bo`yicha saytlarning tasnifi taklif qilinadi (Konferentsiyalar va seminarlar Kutubxona, Muzeylar, Hodisalar, Forumlar va chatlar, Tashkilotlar va h.).
WWW.UZ bu ko`rib chiqish uchun ochiq va hamma foydalana oladigan top–reyting va saytlarning jamlama statistikasi. WWW.UZ tizimi O`zbekiston saytlari-ning ochiq statistikasini yuritadi. Bu bilan resursning ommaviyligi belgilanid va baholanadi. Reytingda ishtirok etuvchi barcha saytlarda WWW.UZ tizimining hisoblagichlari o`rnatilgan. WWW.UZ dan har bir foydalanuvchi resurslarning reytingi va statistikasi bilan tanishishi mumkin.




Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə