Reja: Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli



Yüklə 29,07 Kb.
səhifə3/4
tarix25.04.2023
ölçüsü29,07 Kb.
#106932
1   2   3   4
iqtisodiyot nazariyasi

Vazirlik – o`ziga tegishli tarmoqning xo`jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo`g`ini hisoblanadi. U tarmoqning ahvoli, rivojlantirish istiqbollari, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi, mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo`lgan talabni qondirish uchun mas`uldir. Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan vazir rahbarlik qiladi.
Davlat qo`mitalari – vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir.
Kontsern – ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o`zgarishi, xilma-xilligining ko`payishi) asosida tarkib topadigan ko`p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxona va muassasalar ixtiyoriylik asosida kiradi.
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalarning negizi bo`lib aktsionerlik jamiyatlari hisoblanadi. Ular muayyan mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi. Korporatsiyalar sarmoyalar kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki bo`ladi, mahsulotning raqobatbardoshligi va hayotiy tsiklini uzoq davom etishini ta`minlaydi.
Konsortsium - aniq vazifalarni, ya`ni fan-texnika, qurilish, tabiatni muhofaza qilish bo`yicha va boshqa yirik dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan birlashmadir. U mustaqil firmalarning vaqtinchalik ittifoqi yoki moliyaviy muammolarni hamkorlikda hal qilish maqsadida tuzilgan banklararo va sanoat korxonalariaro bitim ko`rinishida bo`lishi mumkin. Konsortsium ko`pincha aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta sarmoyali sohalar bo`yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so`ng konsortsium o`z faoliyatini to`xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.
Assotsiatsiya – korxonalarning paychilik asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish-xo`jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnoma asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Xolding kompaniyasi – bu, eng avvalo, moliyaviy jamg`arma bo`lib, korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketi kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va dividentlar ko`rinishida foyda olishdir.
Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiyotning birlamchi va asosiy bo`g`ini korxona va firmalar hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotni boshqarish deganda, eng avval shu korxona va firmalar faoliyatini boshqarish tushuniladi. Bozor munosabatlari sharoitida boshqarish tushunchasi xo`jalik sub`ektlari faoliyatini faqat yuqori tashkilot va organlar tomonidan tartibga solishni qamrab olmaydi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi bozordagi talab va taklif asosida ularning o`zini-o`zi boshqarishidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, korxona va firmalar boshqaruv tizimida shunchaki ijrochigina emas, balki shu tizimning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan xo`jalik sub`ekti bo`lib, o`ziga tegishli mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmat ko`rsatadi.
Firma - korxonadan farqli o`laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi yoki davlat muassasasi uchun ham, savdo-vositachilik faoliyati uchun ham, sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan ham qo`llash mumkin.
Respublikamizda vujudga kelgan vaziyatga nazar solar ekanmiz, O`zbekiston qisqa davr ichida o`zining davlatchilik, siyosiy va iqtisodiy qurilishida mutlaqo yangi bosqichga o`tganligini, milliy iqtisodiyot taraqqiyotida real ijobiy o`zgarishlarga erishganligini ko`ramiz. Xususan, mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi, ko`p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning 70 foizdan, sanoat mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va qishloq xo`jalik mahsulotlarining 99 foizi nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelayotgani fikrimizning dalilidir.
Eng muhimi, o`tgan davr ichida mamlakatimizda bozor munosabatlariga o`tish va ularning samarali amal qilishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan huquqiy-me`yoriy baza yaratildi. Qabul qilingan qonunlar iqtisodiy islohotlarni o`tkazishda muhim rol o`ynadi.
Bular sobiq Sovet Ittifoqining barcha mamlakatlarini qamrab olgan iqtisodiy bo`hronlar davrida vaziyatni engillashtirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ilk davrida (1991-1995 yillar) mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz bergan tanazzul MDHning boshqa davlatlaridagi singari og`ir kechmadi. Makroiqtsodiy barqarorlik 1995 yilda boshlandi va 1996 yildan boshlab iqtisodiy vaziyatning jonlanishi sodir bo`ldi. 1997 yildan boshlab O`zbekistonda iqtisodiy o`sish tendentsiyasi ko`zga tashlanadi. Bu haqda quyidagi keltirilgan jadval ma`lumotlari dalolat beradi.
Ko`rinib turibdiki, 1997 yil O`zbekistonda barqaror rivojlanishning boshlanish yili hisoblanadi. Rekonstruktsiya va rivojlantirish Evropa bankining tadqiqotlari shu narsadan guvohlik beradiki, aynan shu yili sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari ichida O`zbekiston 1989 yilga nisbatan YAIMning eng yuqori darajasiga erishgan (86-88%). Mazkur ko`rsatkich Belorusiyada 72-74 foiz, Rossiya 61-64 foiz, Qozog`istonda 63-66, Turkmanistonda 55-57, Qirg`izistonda 68-70 foizni tashkil etgan bo`lsa, ayrim MDH mamlakatlarida hatto 50 foizdan ham kam bo`lgan.
Markazning xomashyo bazasi va tayyor mahsulotlar bozori rolini bajarib kelgan O`zbekistonda mustaqillikning qisqa davri ichida bunday muvaffaqiyatga erishilishi, avvalambor, davlatning oqilona iqtisodiy siyosati natijasidir. Bu siyosat o`zining mazmun va mohiyatiga ko`ra bozor munosabatlariga inqilobiy yo`l bilan (birdaniga) emas, balki evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich o`tishni nazarda tutadi. O`tgan davrga shu nuqtai nazardan baho beradigan bo`lsak, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotgani va o`tish davrining asosiy qiyinchiliklari ortda qolganini ko`ramiz.
Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda bozor munosabatlarining qaror topishi nihoyasiga etdi va ular to`laqonli tarzda amal qilmoqda, deb bo`lmaydi. Mamlakatimiz oldida turgan bir qator dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish ko`p jihatdan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq.
Xo`sh, bu muammolar nimadan iborat?
Birinchi navbatda iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni chuqurlashtirish va uning eksportga mo`ljallangan tarkibini shakllantirish zarur. 1991-2001 yillar davomida etishtirilayotga n paxta tolasini mamlakat ichida qayta ishlash 12 foizdan 24 foizga ko`paygan bo`lsa-da, uning asosiy qismi hanuzgacha qayta ishlovsiz qolmoqda. Bu iqtisodiyotni hamon xomashyo etkazib beruvchi yo`nalishda qolayotganidan dalolat beradi.
Yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishda energiya va materiallar sarflash miqdori hozirga qadar yuqori darajada, bu rivojlangan davlatlardagiga nisbatan 2.5-3,0 marta ortiqdir. Asosiy fondlarni o`rtacha eskirish darajasi 40-50 foizga teng. Ko`pgina korxonalarda yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga e`tibor etarli emas.
Iqtisodiyotga jalb etilayotgan yirik investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy investsiyalarning samaradorligi ayrim hollarda past. Chet el investitsiyalarini jalb etishni rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish talab qilinadi. Shu maqsadda huquqiy-me`yoriy bazani takomillashtirish, iqtisodiyotning shu sohaga mas`ul davlat tizimlari javobgarligini oshirish, xo`jalik sub`ektlarini moliyaviy-kredit ta`minoti, jumladan, mikrokreditlar bilan ta`minlashni kuchaytirish zarur.
Eksport qilishga mo`ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash, qayta ishlovchi sanoat ulushini ko`paytirish, iste`mol mollari ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muhim vazifalarni hal etish ko`p jihatdan bozor munosabatlari tizimining mukammallik darajasiga bog`liq.
Qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan kutilgan natijalarga hali to`la-to`kis erishilgani yo`q. Zarar ko`rib ishlayotgan va kam samarali qishloq xo`jalik korxonalarini fermer xo`jaliklariga aylantirish o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatdi. Biroq fermerlik faoliyatini rivojlantirish va rag`batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, bu boradagi mavjud to`siqlarga barham berish o`ta dolzarb vazifaga aylanib qoldi.
Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda aniq dastur tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning tashkiliy, huquqiy, mexanizmlarini yaratish lozim.
Bu tadbirlar qatoriga paxta va g`alla etishtirish bo`yicha davlat buyurtmasini aniq shartnomalar asosida belgilash, qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini kamaytirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish, marketing va baholar kon`yukturasini o`rganishni tashkil qilish, kredit va moliya tizimlarini takomillashtirish masalalarini hal qilishni kiritish mumkin.
Davlat qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishda, tovar ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash va yordam berishda muhim rol o`ynashi kerak. Ayniqsa, investitsiya siyosatini amalga oshirishda, soliq va kredit imtiyozlarini qo`llashda, suv inshootlarini samarali ishlatishda, sanatsiya jarayonlarini amalga oshirishda o`zining aniq rejalarini amalga oshirishi lozim.
Bozor munosabatlarining samarali amal qilishida raqobat muhitining ahamiyati, ayniqsa, katta. Raqobat yo`q joyda iqtisodiy o`sish ham bo`lmaydi. Shu munosabat bilan monopoliyalarga qarshi kurashning aniq va ta`sirchan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish talab qilinadi.
Ishlab chiqarishga va tadbirkorlikka xizmat qiladigan keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni nihoyasiga etkazish bozor munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Ayniqsa, moliya va bank tuzilmalari, ulgurji bozorlar, investitsiya fondlari, lizing va konsalting kompaniyalari, sug`urta tashkilotlari ishining ham samaradorligini oshirish talab qilinmoqda.
Moliya va bank tizimini yanada erkinlashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo`lishiga qaramay, mazkur tizimning samaradorligi hanuzgacha talab darajasida emas. Bu sohadagi asosiy muammolardan biri bank tizimi samaradorligini oshirish uchun xususiy banklar tarmog`ini kengaytirish va banklararo raqobatni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qo`shma banklar tashkil qilish ham bu yo`nalishdagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta ko`rib chiqish, ma`muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga o`tishni tezlashtirish zarur. Faqat shu yo`l bilan respublika Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi va uning imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo`lishi mumkin.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishi, bu - iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy erkinlik va mustaqillikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati uchun qulay huquqiy va iqtisodiy muhit yaratish, bu faoliyatni tartibga solishda faqat bozor mexanizmidan foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili hisoblanadi. Korxona va firmalar xo`jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xususiy biznesni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga behuda aralashmasliklari darkor.
Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini bozor munosabatlariga to`la-to`kis javob berishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 29,07 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə